Prezidentni maqtashga ikki yillik moratoriy elon qilgan bolardim. OzA Bi-bi-si Ozbek xizmati muharririning fikrlarini elon qildi

Ozbekiston Milliy axborot agentligi OzA Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi yuzasidan mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar, ekspertlarning fikrlarini berib bormoqda.27-dekabr kuni OzAda Bi-bi-si Ozbek xizmatining muharriri Pahlavon Sodiqning Prezident Murojaatnomasi yuzasidanfikrlari chiqarildi. Daryo Britaniyada faoliyat yuritayotgan va Ozbekiston yangiliklarini diqqat bilan kuzatib boruvchi jurnalistning munosabatini qayta elon qiladi.Pahlavon Sodiq: Ozgarishlar bor, ammo ular orqaga qaytmaydigan nuqtaga yetganicha yoq Pahlavon Sodiq.Foto: Bi-bi-si Ozbek xizmatiPrezident Shavkat Mirziyoyevning nutqidan bir kun oldin xabar topdik. Biz buni onlayn muloqot tarzida boladi, deb kutgandik. Ammo biz kutgan formatda bolmasa-da, Prezidentning nutqi tanqidiyligi va qamrovi jihatidan bizning kutishlarimizdan oshib tushdi. Va, albatta, davomiyligi bilan ham. Mening ozim nutqni London vaqti bilan ertalab soat 5:30 dan tomosha qilishni boshladim va nutq boshlanishi bilan Bi-bi-sining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida unga havola berdik. Bi-bi-sining on minglab tinglovchilari va mushtariylari Ozbekiston Prezidentining nutqini jonli efirda tomosha qildi.Shavkat Mirziyoyevning tanqidiy chiqishlari yangilik emas. Prezident hokimiyatning barcha organlari va boshqaruvning barcha boginlari faoliyatini oz chiqishlarida tanqidiy tahlil qilib kelayapti, ammo 22-dekabr kungi Murojaat avvalgilaridan ham tanqidiyroq edi. Bu safar Prezident ozini ham ayamadi. Bir xillar aytishi mumkin, sen 13 yil bosh vazir bolib otirib, shuni bilmaganmisan. Bilganman, lekin juda atrof chatoq bolgan, dedi Prezident nutq matnidan chetga chiqib. Mavzuga doir:Ahvol chatoq edi. Shavkat Mirziyoyev muammolarga nega bosh vazirlik vaqtida barham bera olmaganini tushuntirdi (video) Shavkat Mirziyoyevning tanqidchilari 13 yil davomida hukumatga rahbarlik qilgani va mamlakatdagi ayanchli ahvolga birinchi navbatda uning ozi masul ekanini aytib kelishadi va bu orinli tanqid. Prezident oxirgi chiqishida ana shu tanqidlarga javob berdi. Yani, yakka shaxs tomonidan boshqarilgan hokimiyat vertikalida nafaqat parlament, jamoatchilik yoki saylovchi, hatto davlatning ikkinchi raqamli odami bolgan bosh vazir ham oz soziga ega emasdi. Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi jamoatchilikka Men ana shu boshqaruv uslubini ozgartiraman, degan mujdani beryapti.Prezidentning ozi ham bunga izoh bergandek boldi. Mamlakatda tiyib turish va muvozanat tizimi ishdan chiqqanligini aytdi. Bu Murojaatning eng muhim jihatlaridan biri edi. Hokimiyatning bir idora qolida jamlangani va ortiq bunga yol qoyib bolmasligini takidladi. Takidlabgina qolmay, otirganlarga buni yodda tutinglar, deya uqtirdi. Prezident birinchi marta Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid qildi. Hozirgacha bu idora tanqidlardan chetda qolib kelayotgandi. Tanqid MXXning tuman, shahar va viloyat boshqarmalariga qaratildi, ammo umumiyat-la, MXX isloh qilinishi kerakligi aytildi. Bu Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon uning ichki siyosatga doir eng muhim bayonoti edi. Bayonotni aniq qadamlar taqib etadimi hozirda shu muhim. Soz va ish birligi muhim. Bu kabi tanqidlar marhum Birinchi Prezident boshqaruvining ilk yillarida ham yangragan, ammo amaliyotda mutlaq teskarisi bolgan edi.Yana bir muhim jihat: Prezident amaldorlarni, ayniqsa, sobiq hukumat mulozimlarining kopchiligini korrupsiya va boshqa jinoiy harakatlarda baralla ayblayapti. Agar Prezident kimnidir jinoyatda ayblasa, tergov va sud idoralari bunga qonuniy baho berishi kerak. Prezident investitsion loyihalarning talon-taroj qilingani haqida gapirdi, ammo aniq raqamlarni keltirgani yoq. Gap milliardlab dollar xalq mablaglari haqida borayotgan bolishi mumkin. Bu mablaglar xalqqa qaytarilishi kerak va jamoatchilik, matbuot buning uchun zarur huquqiy protseduralarni boshlashni talab qilishdan chekinmasligi kerak, nazarimda. Bitta odam, u Prezident bolsa ham, hamma narsani ozgartirolmaydi. Jamoatchilik fikri, qollovi, ayniqsa, matbuot va jurnalistlarning faolligi muhim.Matbuot Prezidentni maqtash boyicha poygaga otib ketmasligi kerak. Prezidentning nutqini tanqidiy tahlil qilishi togriroq boladi, deb oylayman. Ayrimlar Shavkat Mirziyoyevning nutqini Uinston Cherchillning 1946-yildagi Fulton nutqiga qiyosladi. Men bu kabi muqoyasa qilishga shoshmagan bolardim. Cherchillning nutqi Fulton nutqiga aylangunicha oradan bir necha on yil vaqt otgan, bungacha uning ozi shuhratparast va hayotdan uzilgan rahbar, deya istefoga majburlangan. Faqat vaqt Cherchillning nutqiga baho berdi. Shunga oxshab, Shavkat Mirziyoyev Murojaatiga ham eng yaxshi hakam vaqtdir. Mavzuga doir:Bugun Ozbekiston yana bir bor mustaqil boldi. Shavkat Mirziyoyev murojaatiga ozbekistonliklarning munosabati Menga qolsa, matbuotda Prezidentni maqtashga kamida ikki yillik moratoriy elon qilgan bolardim. Prezidentning ozi ikki yillik favqulodda holat elon qildi. Bu matbuotga ham joriy etilsa, yaxshi bolardi. Chunki matbuotimiz soz erkinligi deganda koproq hukumatni maqtashni tushunadi. Har holda, yaqin otmishda shunday edi.22-dekabr kuni meni Bi-bi-si Jahon xizmatining ingliz tilidagi dasturlaridan biriga Shavkat Mirziyoyevning nutqi haqida gapirib berish uchun taklif qilishdi. Boshlovchining birinchi savoli Kim bu odam, qanday rahbar?, degan savol boldi. Bi-bi-sining auditoriyasi katta va bu kabi savol tabiiy edi. Men Shavkat Mirziyoyevni ozim bilganimcha tarifladim va u ozining otmishdoshinikidan farqli boshqaruv uslubini namoyish etishga urinayotganiga urgu berdim. Bu muhim edi. Chunki otmishda Ozbekistondagi siyosiy boshqaruv borasida dunyoda juda ham salbiy fikr shakllangan. Bu fikrni ozgartirish uchun Shavkat Mirziyoyev hali bir emas, bir nechta Fulton nutqlarini qilishi kerak boladi va, bundan ham muhimi, qatiy siyosiy irodani namoyish etishi lozim boladi.Dunyo matbuoti songgi chorak asrda Ozbekistonda ijobiy ozgarishlarni kormagani bois, Shavkat Mirziyoyev qoyayotgan qadamlarni ehtiyotkorlik bilan olqishlayapti. Garb jurnalistlari ularni hatto galati ozgarishlar deb ham tariflamoqda. Mana, jahon nashrlarining sarlavhalaridan bir nechtasi: Ozbek bahori keldi, ammo yozgacha hali kop bor (The Economist, 2017-yil, 14-dekabr), Bir paytlar yopiq va repressiv Ozbekiston dunyoga ochilmoqda (The New York Times, 2017-yil, 25-oktabr), Ozbekistonga qaytish: iliqlashuv boladimi? (BBC News, 2017-yil, 22-noyabr), Bu Ozbek bahorimi? (RFE/RL, 2017-yil, 16-iyul). Jahon matbuoti va jamoatchiligi Ozbekistondagi ozgarishlarni yaqindan kuzatmoqda. Hozirgacha koproq yaxshi niyat va yaxshi bayonotlarni korayapmiz. Ozgarishlar bor, ammo ular hali muqarrar, orqaga qaytmaydigan nuqtaga yetganicha yoq.22-dekabr kungi Murojaati bilan Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi jamoatchilikni ozgarishlarning samimiyligiga bir qadar ishontirdi. Ammo ishonqiramayotgan, skeptik jamoatchilik ichkarida ham, tashqarida ham bor. Ular aniq qadamlarni kutayapti. Masalan, mamlakat qamoqxonalaridagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish, aybsizlarni reabilitatsiya qilish, qiynoqlarga butkul barham berish, soz, matbuot va ifoda erkinligini kafolatlash, xorijiy va mustaqil saytlarga qoyilgan tosiqlarni darhol olib tashlash, siyosiy muxolifatga yol berish, din erkinligini kengaytirish, yaqin otmishda yol qoyilgan xatolar haqida baralla gapirish va ularga siyosiy baho berish.Bular kop narsa emas. Inqilob ham emas. Bular normal, taraqqiy qilishni istagan jamiyatning atributlari, xolos. Shavkat Mirziyoyev ham, nazarimda, muammo bormi, hal qilish kerak, degan pragmatik bir mantiqdan kelib chiqayapti. Ortiqcha pafosga berilayotgani yoq. Bularning hammasi umid uygotadigan ishoralardir. dle 11.2
0