Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi. Maktab direktorlariga qol kotargan Sayxunobod hokimi-chi?

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomasida odamlar bilan gaplashishni bilmaydigan, avvalgidek madaniyatsiz gaplar bilan majlis otkazadigan uchta rayon hokimi jazoga tortilganini malum qilgan edi. Davlat rahbari jazoga tortilganlarning kimligini aytmagan edi. 26-dekabr kuni Ozbekiston Bosh prokuraturasi talim muassasalari rahbarlarini haqorat qilgan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev jarimaga tortilgani haqida xabar berdi. Bu u yoki bu hudud rahbarining jamoatchilik tasiri ostida qonuniy jazoga tortilishi bilan bogliq, tabir joiz bolsa, birinchi holat.Andijon shahar hokimiga eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarima solindi. Dilmurod Rahmatullayev 16-oktabr kuni paxta yigim-terimiga hasharchilarni jalb etish masalasida otkazilgan yigilishda shahardagi bir qator talim muassasalari rahbarlarini nojoya sozlar bilan haqorat qilgan, jumladan, hokimlikning topshirigini bajarmagan kollejlarning direktorlarini Andijon shahrining dushmanlari deb atagan. Hokimning haqoratli chiqishi yozilgan audioyozuv noyabr oyida OAV tomonidan elon qilingan. Uni hatto davlat axborot agentligi OzA ham tanqid qilib, qoralab chiqdi.6-dekabr kuni Bosh prokuratura Rahmatullayevning bu harakatlari Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan organilayotganini elon qildi. Bosh prokuraturaning 26-dekabrdagi axborotida qayd etilishicha, sud Andijon shahar hokimini Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan mamuriy huquqbuzarlik (haqorat qilish, yani, shaxsning shani va qadr-qimmatini qasddan kamsitish)ni sodir etganlikda aybdor deb topgan va uni eng kam ish haqi (EKIH)ning 30 baravari (27-dekabr holatiga kora 5 167 200 som) miqdorida jarima solgan. Mazkur modda boyicha eng ogir jazo EKIHning 40 baravari miqdoridagi jarimadir.Dilmurod Rahmatullayev faqat bir holat boyicha jazolandi. Andijon shahar hokimi ishi boyicha sud qachon bolgani Bosh prokuratura axborotida aytilmagan, biroq sud faqat 16-oktabrdagi holatni korib chiqqani bildirilgan. Qayd etish joiz, dekabr oyi boshida Rahmatullayev ishtirokida boshqa bir muammoli audioyozuv paydo bolgan edi ovoz 11-noyabrdagi yigilishda yozib olingan va unda metallolom toplash masalasisi korib chiqilgan. Kun.uzning yozishicha, Andijon shahar bu yigilishda otirganlarni nafaqat uyatli sozlar bilan sokkan, balki majburiy mehnat va qonunlarda nazarda tutilmagan holat boyicha majburiyatlarni bajarishga undagan. Ikkinchi holatga na Bosh prokuratura va boshqa vakolatli organlar munosabat bildirdi.Maktab direktorlariga qol kotargan Nosirjon Egamberdiyev masalasi hamon ochiq qolmoqda. Andijon shahri hokimi bilan vaziyat noyabr oyida kotarilib, malum bolmoqda, dekabrda ozining dastlabki mantiqiy yakuniga yetdi. Biroq hokimlarning zoravonligi bilan bogliq 2017-yilning birinchi shov-shuvli voqeasi Sirdaryo viloyatida yuz bergan edi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev sentabr oyi boshida viloyatdagi Mustaqillik bayramiga yetarli miqdorda ishtirokchi olib kela olmagan maktablarning direktorlarini yigilishda turgazib qoyib, ularga qol kotargan edi.Video OAVda elon qilingan kunining ozidayoq Sirdaryo viloyati hokimi Gofurjon Mirzayev Sayxunobodda yigilish otkazgani, hokim Egamberdiyev qilgan ishi uchun oqituvchilardagn uzr soragani haqida xabarlar paydo bolgan edi. Osha yigilishda Egamberdiyev birgina uzr bilan qutula olmasligi va uning ishi paxta terimi mavsumidan song korib chiqilishi aytilgan. 13-sentabr kuni Bosh prokuratura bu holat boyicha bayonot berib, Egamberdiyev atrofidagi vaziyat Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirilayotgani, Bosh prokuratura tekshiruvning borishini nazoratga olganini elon qilgan edi.Kun.uzning yozishicha, 19-dekabr kuni Egamberdiyevning harakatlari yuzasidan olib borilgan tekshiruv boyicha izoh sorab Sirdaryo viloyat prokuraturasiga murojaat qilingan. Malum bolishicha, viloyat prokuraturasi otkazgan tekshiruv yakunlanib, natijasi Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Viloyat prokuraturasi vakillari 19-dekabr kuni tekshiruv boyicha xulosani Kun.uzga bir soat ichida taqdim etishni vada bergan. Afsuski, bu vada berilganiga bir hafta boldi, deb yozadi Kun.uz muxbiri.Talim muassasalari rahbarlariga nisbatan zoravonlik qilgan har ikkala hokim talim sohasidan chiqqan. Nosirjon Egamberdiyev 2016-yil oktabrida Sayxunobod tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar Sirdaryo viloyat orta maxsus, kasb-hunar talimi boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Dilmurod Rahmatullayev esa 11 yil davomida Andijon viloyat xalq talimi boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Malumotlarga kora, 2015-yili unga qarshi ish ochilgan, shu bois boshqarma rahbarligidan olingan. 2016-yilda esa Andijon shahriga hokim etib tayinlangan.Shavkat Mirziyoyev mushtumzor va zoravon hokimlarni Prezident siyosatiga qarshilar deb atagan. Ozbekiston Prezidenti raisligida 15-dekbar kuni bolib otgan videoselektor yigilishida Shavkat Mirziyoyev qol ostidagi xodimlarni behurmat qilib, haqorat qilayotgan, hatto ularga qol kotarayotgan rahbar xodimlarni qattiq tanqid qilgan. Barcha boginlardagi rahbarlar u vazir yoki hokim boladimi, idora yoki tashkilot boshligi boladimi bir haqiqatni juda chuqur tushunib olishingiz shart: bunday harakatlar davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanadi va aybdorlarga, albatta, tegishli jazolar qilinadi, degan edi Prezident.Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham bu masalaga toxtalib otdi. U hokimlarni madaniyatsizlikda ayblab, birovni haqorat qilish uchun ularga hech kim huquq bermaganini eslatib otgan. Odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Oldingi davrlardagidek madaniyatsiz gaplar bilan majlislar otkazadi, odamlarni haqorat qiladi. Kim ularga huquq beribdi? Hokimga kim huquq bergan birovlarni haqorat qilishga? Bu nimadan dalolat? Madaniyatsizligimizdan dalolat! Oqimaganimizdan dalolat! Manaviyatimiz pastligidan dalolat!, degan edi davlat rahbari. dle 11.2
0