Prezident tashabbusi bilan bosh vazir otkazgan 17-apreldagi tarixiy videoselektor. Stenogramma

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 17-aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov joylarda majburiy mehnat holatlari oldini olishga qaratilgan videoselektor yigilishi otkazdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlari, shuningdek, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, internet-nashrlarning muxbirlari ishtirok etdi.Daryo internet-nashri oz yonalishida tarixiy hisoblangan ushbu videoselektor yigilishidagi muloqotning toliq matnli talqinini etiborga havola etadi.Abdulla Aripov, Ozbekiston bosh vaziri: Ozbekistonda bolalar mehnati tugatilgan bolsa-da, joylarda xodimlarni, ayniqsa, talim va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari kamayayotgani yoq. Aksincha, bazi hududlarda ayrim rahbarlari buni ozining kasalligi deb biladi. Bunda, ayniqsa, muhtaram Yurtboshimizning hududlarga amalga oshirayotgan tashriflaridan avval talim, tibbiyot xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etish respublikamizning barcha hududlarida avj olgan. Bu esa milliy va xalqaro qonun hujjatlari qopol ravishda buzilayotganini korsatmoqda. Bu haqda muhtaram Prezidentimiz bir necha bor haqli etiroz bildirganlar va bunday holatlarga yol qoyish mumkin emasligi togrisida ogohlantirganlar.Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida qatnashib kelganlaridan keyin, Oliy Majlis Senati huzurida majburiy mehnat boyicha alohida komissiya ham tashkil etildi. Yurtboshimizning topshiriqlariga asosan 2017-yilgi paxta yigim-terim ishlariga jalb qilingan talabalar hammasi joyiga qaytarildi. Ammo joylardagi aksariyat rahbarlar bundan xulosa chiqarish orniga, aksincha, talabalarni qaytarishga qaytarib, oqituvchi va shifokor xodimlarni kocha tozalashdan tortib uy-joy buzishgacha bolgan ishlarga jalb etib kelyaptilar.Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Sirdaryo viloyati faollari bilan bolgan uchrashuvda Samarqand viloyati Kattaqorgon tumani 42-son maktab oqituvchisi Diana Yenikeyevaning kocha tozalashga chiqqan vaqtida mashina urib ketishi natijasida vafot etganligini qanchalik kuyunib gapirganliklarini, mana, televizorda kordingiz. Va bunga ozlarini xuddi aybdordek his qilayotganliklarini aytib otdilar.Bundan tashqari, Yurtboshimiz kop joylarda kozboyamachilikka yol qoyilayotgani togrisida aytib otdilar. Yurtboshimizning sozlari bilan aytadigan bolsak, Prezidentimiz: Ochigi, bu menda nafrat uygotmoqda. Oqituvchilarni majburlab, obodonlashtirish, kocha supurtirishga jalb etish bu biz olib borayotgan siyosatga xiyonat! Bu harakatlar faqat menga emas, davlatimiz olib borayotgan siyosatga ham xiyonat, dedilar.Hozirgi kunda internet, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarning orni aholi ortasida juda katta ahamiyatga ega bolayotganligini hisobga oladigan bolsak, siz rahbarlarning notogri xatti-harakatlaringiz bilan davlatimiz ijro organlariga, qolaversa, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga qattiq salbiy tasir korsatmoqda. Shu sababli, bugungi yigilishimizda bir necha marotaba ogohlantirishlariga qaramasdan, oqituvchi va shifokorlarni faoliyatiga taalluqli bolmagan boshqa ishlarga jalb qilinishi holatlarini muhokama qilib olishimiz lozim.Bu boyicha Yurtboshimiz alohida topshiriq berdilar. Hukumatga shunday topshiriq boldiki, bundan buyogiga mana shunday holatlarning har birini alohida, prokuratura organlari bilan, boshqa huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda xuddi bir favqulodda holat, favqulodda hodisa sifatida korib chiqiladi.Shuningdek, hech kimga sir emaski, keng jamoatchilik vakillari tomonidan turli ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida ham mahalliy hokimliklar tomonidan talim hamda sogliqni saqlash tizimi vakillarini turli boshqa ishlarga jalb etish holatlari uchrayotganligi keng muhokama etilmoqda.Masalan, Qashqadaryo viloyatida kocha yuzida issiqxonalarni tashkil etishda, Jizzax viloyatida kollej oquvchilaridan tekstil fabrikasi xodimlari sifatida foydalanish holatlari yuz bergan. Bunday holatlar esa aholi ortasida turli norozichilik kayfiyatlari kelib chiqishiga asosiy sabablardan bolmoqda.Masalan, Andijon viloyatining Andijon shahri, Xojaobod, Marhamat, Qorgontepa, Jalaquduq tumanlarida kocha tozalash, mahallalarni obodonlashtirish, daraxtlar ekish, kocha va mahallalardagi chiqindilarni chiqarish va dala ishlariga maktab, maktabgacha talim tizimida faoliyat olib yuritayotgan xodimlar muntazam ravishda jalb etib kelinmoqda. Mazkur holatlar ayrim rahbarlar tomonidan nafaqat majburiy ishlatish, moddiy manfaatni ham kozlab amalga oshirilmoqda.Jumladan, Andijon viloyati hokimi orinbosari Rahmonov, Andijon shahar hokimi Rahmatullayev barcha yigilishlarda ochiqdan-ochiq maktabgacha talim muassasalari rahbarlariga shahar kochalarini obodonlashtirish uchun oz ish haqlaridan qimmat narxlarda gul va daraxt kochatlarini sotib olishga majbur qilishgan. Agar topshiriq bajarilmasa yoki bajarishni xohlamagan xodimlar bolsa, ishdan boshatish bilan ham qorqitishgan. Endi ayting, Andijon viloyatining rahbarlari talim, sogliqni saqlash tizimida shuncha islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda oqituvchi, shifokorlar qachon oz ustida ishlaydi-yu, qachon ozi mehnat qilayotgan maskanda shu islohotlarni amalga oshiradi? Olib chiqib ishlatgani mayli, ustiga ustak, masalan, 1000 somlik kochatning ustiga yana qanchadir mablag qoyib, uning hammasini bir tashkilotning xodimlariga majburiy ravishda olishga zorlagan.Xuddi shu kabi Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi bogchalar xodimlari ham shahardagi qabristonlarni obodonlashtirish ishlariga muntazam jalb etib kelinmoqda. Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabgacha talim muassasalari xodimlari esa zarur vositalarni oz hisobidan sotib olib, yangi qurilgan kop qavatli uylarni tozalashga jalb qilingan.Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Fargona viloyatlarida ham maktabgacha talim muassasalari xodimlaridan obodonlashtirish ishlariga ishchi kuchi yollash maqsadida pul yigilayotganligi boyicha vazirlikka bir necha marotaba murojaatlar bolgan. Endi bir oylab koring, shu mablaglarni topish uchun tegishli boshqarmalar qanday yol tutadi? Albatta, qonun buzilishi holatlariga yol qoyadi.Sizlarga malum, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamgarmalari tashkil etilgan. Lekin, afsuski, buni ishlatish boyicha mexanizmni koplab hokimlar hali tasavvur ham qilib kormagan. Bilmaydi ham! Ozbekiston Prezidenti necha milliard som mablagni joylarda shu ishlarni tashkil etish uchun, odamlarga pul tolab, ishsiz yurgan odamlarni yollab, shu ishlarni amalga oshirish uchun pul ajratganlar, lekin bazi hokimlarimiz kasal. Bazi tuman hokimlari, bazi shahar hokimlari, bazi mutasaddi rahbarlar kasal. Bular ozining sodiqligini korsatish uchun ham ortiqcha odamlarni olib chiqib ishlatib, mana shunaqangi majburiy mehnatga jalb etyapti.Jamoat ishlari jamgarmasini tashkil etishdan kozlangan asosiy maqsad ham barcha hududlarda, ayniqsa, chekka tumanlarda band bolmagan fuqarolarni ish haqi tolash orqali obodonlashtirish, uy-joy kommunal xojaligi obektlarini tamirlash, infratuzilmani yaxshilash ishlariga keng jalb etishdan iborat. Ammo, boya aytganimdek, turli darajadagi hokimlar shuncha imkoniyatlar yaratilishiga qaramasdan, tahdid qilish orqali byudjet tashkiloti ishchilarini majburiy ishlatishni tizimga aylantirib olgan.Birgina 2018-yil uchun ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb etishga Yurtboshimiz 714 milliard som mablag ajratib berganlar. Tasavvur qiling, 714 milliard somni bemalol hududlarda olib, ishlatish mumkin. Qani, bandlik va mehnat munosabatlari gapirsin shu haqda.Sherzod Kudbiyev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri: Abdulla Nigmatovich, jami 714 milliard som ajratilgan. Shundan bugungi kunga kelib 42,8 milliard som mablag ozlashtirilgan. Birinchi chorak uchun 140 milliard som mablag ajratilgan bir vaqtda atigi 42,8 milliard somini ishlatib boldik, xolos.Abdulla Aripov: Yani, 30 foizi ham ishlatilmagan! Pul bor, turibdi. Hamma byudjetlarda bor, togrimi? Yoq, bular kasal boyagi byudjet tashkilotlari xodimlarini olib chiqib ishlatish bularga oson. Vaholanki, shu ishni amalga oshirsa, bir tomondan, hali ish bilan band bolmagan aholini ham olib chiqib, shu ishga jalb qilish imkoni paydo bolardi, ularda ham oz uyiga qonuniy, haqqoniy yol bilan uyiga 3-4 som pul olib borishiga imkoniyat paydo bolardi. Shuncha pul berilganiga qaramasdan, bor-yogi 42,8 milliard somi ishlatilgan. Bu hududlardagi koplab hokimlarning hujjatlarni oqishni mutlaq bilmasligi, Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan toliq foydalanishni bilmasligidan yaqqol dalolat va namuna.Joriy yilning otgan davrida mehnat organlari tomonidan otkazilgan monitoringlar mehnat qonunchiligi boyicha jami 10 mingga yaqin qonunbuzarliklarni aniqlagan bolib, ularning salmoqli qismi yoki 30 foizi xalq talimi, 10 foizi tibbiyot muassasalari hisobiga togri kelyapti. Joriy yilda muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan hududlarda Obod qishloq yoki Obod mahalla (masalan, Toshkent shahrida) loyihasi amalga oshirilishi boshlandi. Ammo, yana janob hokimlarimizning tashabbuslari bilan, ushbu loyihalarni amalga oshirilishi jarayonida ham byudjet tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning oz faoliyat yonalishiga taalluqli bolmagan ishlarga jalb etish holatlari uchramoqda.Masalan, Andijon viloyati Ulugnor tumanidagi Obod, Andijon viloyati Oltinkol tumanidagi Shahriobod, Andijon viloyati Boz tumanidagi Golib, Buxoro viloyati Peshku tumanida Turkiston, Xorazm viloyati Qoshkopir tumanida Ittifoq, Xorazm viloyati Urganch tumanida Turkman mahallalarida olib borilayotgan Obod qishloq loyihasi boyicha ishlarga maktab oqituvchilarini ommaviy jalb etish holatlari kuzatilgan. Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi Jom qishlogida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga nafaqat Nurobod tumani tashkilotlari, balki viloyatning boshqa tumanlarining oqituvchi va shifokorlari ham jalb etilgan. Bu esa viloyatdagi oqituvchi va shifokorlarning katta etirozlariga sabab bolmoqda.Bundan tashqari, oqituvchi va shifokorlarni qishloq xojaligidagi ishlarga ham keng jalb etish amaliyoti tizimga aylanib qolyapti. Masalan, organishlar davomida Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida xalq talimi bolimi xodimlari va ayrim tuman orta talim oqituvchilarining chigit ekish ishlariga jalb qilinganligi aniqlandi. Qoraqalpogiston Respublikasining Qongirot tumanida kasb-hunar kolleji direktorlari qishloq xojaligi ishlarini tashkil etish uchun fermer xojaliklariga vakil sifatida biriktirib qoyilgan. Andijon viloyatining Oltinkol tumanidagi barcha kollej direktorlari tomorqadan samarali foydalanish ishlarini tashkil etishga, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi sakkiz kollej uzumchilik boyicha fermer xojaliklariga biriktirilib, tokni komish, ochish, kesish ishlariga jalb etilgan.Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlari jarayonida kollej oqituvchilarini alohida uylarga biriktirish, noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlariga jalb qilish holatlari ham mavjud. Urganch shahridagi 13 ta kollej, Urganch tumanidagi sakkizta kollejning barcha oqituvchilari ozlariga biriktirilgan xonadonlarga panjaralarni olib tashlash, inshootlarni buzish, hojatxonalarni tartibga keltirish ishlariga jalb qilinmoqda. Xorazm viloyati Bogot tumanidagi yetti kollejning har biriga torttadan xonadonni obodonlashtirish va 300350 metr yol chekkasini tozalash doimiy ravishda majburiyat sifatida biriktirib qoyilgan. Fargona shahridagi 25 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga Kichik halqa yolini obodonlashtirish, Margilon shahridagi 12 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari oqituvchilarining har biriga esa Ahmad Yassaaviy kochasidagi 2-3 tadan xonadonni buzish topshirilgan.Korib turganingizdek, talim muassasalari xodimlari talim sifatini yaxshilash, oquvchilarga chuqur bilim berish orniga umuman boshqa ishlar bilan shugullanib yurishibdi. Yoki sogliqni saqlash muassasalarida ishlovchi tibbiyot xodimlari oz ustlarida ishlab, koproq patronaj masalasi bilan shugullanib, xonadonma-xonadon yurib, oziga biriktirilgan xonadonlardagi bemorlarni aniqlash, ularni profilaktika qilish ishlari orniga har xil majburiy boshqa ishlarga kocha tozalash, obodonlashtirish ishlariga jalb etib kelinmoqda. Eng qizigi, men tibbiyot xodimlarining harakatini men tushunmayman kocha supurgani oq xalatning ozida chiqadi-da, keyin yana osha steril oq xalatda bemorlarga ukol qiladi, ularga qaraydi, boshqa muolajalarni qiladi. Bu, albatta, hokimlarimizning say-harakatlari bilan amalga oshirilayotgani ham sir emas. Buning oqibatini hech kim oylamaydi. Natijada keyingi yigilishlarimizda yoshlar ortasida jinoyatchilikning oshib ketayotganligini, maktab va kollej oquvchilarining chetga chiqib ketayotganligi yoki ularning bilim saviyasi tushib ketayotganligi bularning hammasini muhokama qilib, ozimizga ozimiz qator manaviy zararlar yetkazayotganimizni oylab ham kormaymiz.Nafaqat bolalar bogchasi, maktab va akademik litseylar, kollejlar, balki oliy talim tizimidagi muassasalarning xodimlarini, talabalarini majburiy ishlatish holatlari ham koplab uchrab turadi. Oliy talim muassasalarining 2017-2018-yillardagi holati tahlil qilinganda, respublika boyicha kocha supurish ishlariga 17 ming nafar, ariq tozalash ishlariga 4 ming nafar, buzish-qurilish ishlariga 7 ming nafar, dala ishlari, chopiq, chekanka, yigim-terimga 23 ming nafar talaba va oqituvchilar oliy talim muassasalaridan majburan jalb etilganligi aniqlangan. Masalan, Qoraqalpogiston Respublikasida jami 9 ming nafardan ortiq, Andijon viloyatida 8,5 ming nafar, Jizzax viloyatida 5 ming nafar, Namangan viloyatida 2,6 ming nafar, Toshkent viloyatida 5,5 ming nafarga yaqin talaba va oqituvchilar turli ishlarga jalb etilgan.Shuncha muammo yigilib qolishiga qaramay, soha rahbarlari bolgan vazirlarimiz ham ushbu muammolarni bartaraf etish orniga kuzatuvchi bolib otiribdi. Xalqimizning kop yaxshi maqollari bor Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, deydi. Mana, xalq talimi vaziri janob Ulugbek Inoyatov, nimaga shu kungacha bu borada aniq bir chora korilmagan? Yoki bolmasa taklif kiritmagan? Ish beruvchi sifatida ham nima uchun birorta oqituvchining manfaatini himoya qilib chiqmagansiz? Talim-tarbiya mazmuni, uning sifatini qachon yaxshilaysiz? Agar oqituvchilaringiz shu tarzda obodonlashtirish ishlariga jalb etilaversa, sifatni oshirish boyicha qachon bir natijaga erishishimiz mumkin boladi?Yoki sogliqni saqlash vaziri janob Alisher Shodmonov qaysi viloyat hokimi bilan ozingiz ushbu masalada gaplashgansiz? Gaplashganmisiz yo yoqmi? Mikrofonga gapiring. Biror bir hokim bilan gaplashganmisiz: Ey, baraka topkur, Prezidentimiz sogliqni saqlash sohasida shuncha islohot elon qilyaptilar, tibbiyot sohasini rivojlantirish, unga koplab imtiyozlar berish, tibbiy xizmat saviyasini oshirish boyicha shuncha ishlar olib borilayotgan bir vaqtda, ogayni, sen tibbiyot xodimlarini falon ishlarga jalb qilayotgan ekansan, deganmisiz? Yoki mening oldimga kelib yoki, mana, oz kuratoringiz bor bosh vazir orinbosari Qahramon Akmalovning oldiga kelib, Janob kattakon, bu hokimlarga bizning gapimiz otmaydi, siz aytib bering, Prezidentimiz olib borayotgan siyosatga hilof ish bolyapti, majburiy mehnat boyicha berilgan shuncha topshiriqlarga qaramay, ayrim hudud rahbarlari ozini xuddi, kechirasizu, osha joyning kichkina bir begidek tutmoqda. Ochigini aytadigan bolsak, beklar ham bunday qilmagan. Shularga chora korib bering yoki shuni bir masalasini hal qilish boyicha hukumatga, uning rayosatigami, rahbarlarigami bir malumot kiritib bering, degan masalani na siz (Ulugbek Inoyatov) va na siz (Alisher Shodmonov) qoymagansiz. Yo qoyganmisiz? Akmalov? Mikrofonga gapiring, ogayni.Qahramon Akmalov, bosh vazir orinbosari: Hozirgi kunda dolzarb bolgan juda togri masala kotarildi. Hozirgacha bu masala na vazirlik, na birorta hokimlik tomonidan kotarilmagan.Abdulla Aripov: Balki men eshitmay qolgandirman, siz kompleks rahbari bolib, kompleks yigilishida bu masalani korgandirsizlar?Qahramon Akmalov: Yoq, korilmagan.Abdulla Aripov: Korilmagan! Siz ham tomoshabin bolib yuravergansiz. Internetda u-bu chiqadi, chora kor, deyiladi. Nima korildi, deydi, pastdan: Chora korildi, deb spravka yozib beradi, shu bilan: Ha, chora korilibdi-ku, deb tinchiydi. Hatto selektor yigilishiga tayyorgarlik jarayonida majburiy mehnat holatlari boyicha: Holat bormi, fakt bormi?, deb Sogliqni saqlash vazirligidan sorasak, Bizning tizimda bunday holat yoq, deydi. Bizda hatto jannat!, deydi. Qayerdadir kimdir kimnidir jalb qilayotgandir balki, lekin sogliqni saqlashdan biror bir odam jalb qilingani yoq, deydi. Shunaqa javob boldimi, janob Shodmonov? Akmalov, menga kelib, shunaqa dedizmi?Qahramon Akmalov: Togri.Abdulla Aripov: Keyin majbur bolib, biz boshqa-boshqa joylardan sorab-surishtirib, mana, ming rahmat, ommaviy axborot vositalari bor, bular ham bizga yordam berdi. Bundan buyogiga, men oylaymanki, biz ommaviy axborot vositalari bilan keng kolamda ish olib borishimiz lozim boladi. Chunki ularda ham imkoniyat keng, odamlar vazirliklardan kora koproq ularga ishonadi. Mana, oddiy bir misol, ozim internetda korib qoldim, shundan keyin janob Akmalovga aytdim: Ey, baraka topkur, qarasangiz bolmaydimi, deb.Mana, internetda chiqdi Andijon viloyatida dalada ajriq yigib yurishibdi, tepada harbiylarning qanaqadir vertolyoti uchayotgan ekan, shuni korsatib: Mana, ichida kattakonlar bor ekan, shular korishi bizni olib chiqqan, ajriq yigyapmiz, deydi. Ular ham qanaqadir klinikaning xodimlari edi, togrimi? Shodmonov bolsa bizda bunday holat yoq, deb aytadi. Bu bizda emas, boshqa joyda bolsa kerak, deydi. Ozbekcha gapirib turibdi: Biz Andijon hududidagi falon-falon klinikaning xodimlarimiz, deb ayollar qorqmay aytib turibdi, telefonga qarab.Bundan korinib turibdiki, ushbu masala bilan umuman shugulanmagansiz, janob Shodmonov. Eng achinarlisi, oppoq xalatlarni kiyib, tibbiyot xodimlarini yol chetlarida ishlatilganligi, odamlarni davolash orniga boshqa ishlarni bajarayotgani sizni umuman qiziqtirmayapti. Ishga sovuqqonlik bilan qarashinglar yaqqol korinib turibdi. Kompleks rahbarining, bilmayman, vaqti yoq bu masalaga qarashga. Otiringlar. Hozircha. Hali soz beraman.Afsuski, mazkur vazirliklar tizimida bunday holatlar yagona emas. Xuddi shu gaplarni boshqa yonalishlarning rahbarlariga ham aytishimiz mumkin. Samarqand viloyatida, Qashqadaryo viloyatida, Jizzax viloyatida bunaqangi holatlar, kozboyamachiliklar koplab uchraydi. Bundan keyin, boya aytganimdek, har bir shunday holat favqulodda holat deb korilib, har bir rahbarga choralar koriladi. Marhamat, kun tartibi muhokamasiga otamiz. Soz Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jorayevga. Marhamat.Turobjon Jorayev, Samarqand viloyati hokimi: Assalomu alayum, Abdulla Nigmatovich! Darhaqiqat, hozir ozingiz juda togri takidlab aytdingiz, ijtimoiy soha xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish boyicha viloyatda yol qoyilgan va aytilgan kamchiliklar haqiqatan ham orinli. Biz muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 13-aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida otkazilgan viloyat faollar yigilishini diqqat bilan kordik. Yigilishda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan odamlarni, ayniqsa, ijtimoiy soha vakillarini, oquvchi va talabalarni majburiy ravishda obodonlashtirish ishlariga olib chiqishlarni qattiq qoraladilar. Ochigini aytadigan bolsak, bu men tomondan yol qoyilgan kamchilik. Biz ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga olib chiqmaslik togrisida yigilishlarda bir necha bor aytganmiz, ozi otgan yildan boshlab turib bularning birortasi na dala ishlariga, na paxta yigim-terimiga jalb qilinyapti.Lekin shunga qaramay, Kattaqorgon tumanida bolib otgan hodisa hammamizni, viloyatdagi yetti yoshdan yetmish yoshgacha bolgan barcha fuqarolarni qattiq bir qayguga solgan. Biz bu holatni osha kunning ozida organib, ichiga kirganimizda haqiqatan ham 13-mart kuni tumanda yigilish qilinib, u yerda barcha tuman korxonalari rahbarlari ishtirokida Navrozoldi umumxalq hashariga jalb qilingan. Shundan keyin tuman xalq talimi bolimi mudiri butun maktab direktorlarini yigib, ozining hududidan tashqari hududlarga, yani, 42-maktab joylashgan mahalladan otadigan M-37 trassada ishlashga jalb qilgan. Osha yerda bolgan baxtsiz hodisada Diana Yenikeyeva KAMAZ yuk mashinasi urib ketishi oqibatida shifoxonada olamdan otgan. Bundan keyin biz yol qoyilgan xatoni qayta-qayta muhokama qilib, bugungi kunda choralar kordik.Lekin bu korgan choralarimiz u odamni qaytarib bermaydi. Buni hammamiz togri tushunganmiz. Bundan keyin bir necha marotaba shu masala boyicha tushuntirishlar berdik. Shaxsan men ozim fuqaroning oilasini, uning farzandini otaliqqa olib, bundan keyingi nimasiga doimiy etiborda bolishlikni boynimga olganman. Jazo chorasi sifatida xalq talimi mudirini, xalq talimi vazirimiz bilan birga kelishib, Alisher Jumanazarovni egallab turgan lavozimidan ozod etganmiz. Shu bilan birgalikda 42-maktab direktori Nargiza Boltayeva ham egallab turgan lavozimidan osha kunning ozida ozod etganmiz.Abdulla Nigmatovich, men juda yaxshi tushunaman, Ozbekistonimiz Xalqaro mehnat tashkilotining 10 dan ortiq konvensiyalariga qol qoygan, qabul qilgan. Bunda majburiy mehnatni, bolalar mehnatini taqiqlovchi moddalar ham bor. Bu talablarni tolaqonli bajarishimiz nafaqat burchimiz, qolaversa, davlatimizning obroini saqlash, obroini kotarishga bolgan hissamiz boladi. Men sizga vada beraman osha kunning ozida men ijtimoiy saytlarda ham chiqib murojaat qilgandim, ijtimoiy sohaning birorta xodimi majburiy mehnatga, dala mehnatiga, obodonlashtirish ishlariga mutlaqo jalb etilmaydi. Bu togrisida men ijtimoiy tarmoqlarga ham chiqib, oz munosabatimni ham bildirganman. Bundan keyin ham qattiq nazoratga olaman. Biz shuni qilmasak, nafaqat mamlakatimizga, balki Prezidentimizga ham xiyonat qilgan bolamiz.Bu masalani chuqur tushunganman. Barcha tashkilotlarning rahbarlariga bu masalani yetkazib, bundan keyin birorta shunday ishlarga jalb qilmasliklari uchun ulardan tilxat ham olib qoydik. Bu ishlarni amalga oshirish uchun muhtaram Prezidentimiz barcha sharoitlarni yaratib berganlar. Bundan tashqari, hududlar byudjetlarida orttirib qolgan mablaglari yetarli darajada, shu bois biz ijtimoiy soha xodimlarini jalb qilishimizga zarurat ham yoq. Ularni olib chiqishning umuman keragi yoq. Mablag ham yetarli, texnikalar ham yetarli. Viloyat obodonlashtirish tashkilotlarida 4 mingga yaqin ishchi-xodimlar bor, joylarga chiqib, obodonlashtirish bilan shugullanish ularning vazifasi. 156 ta maxsus texnikamiz bor. Birinchi chorakning ozida biz 71 milliard som qoshimcha daromad topdik. Mana shu mablaglar ishsiz yurganlarni yollab, ularni jamoat ishlariga jalb qilishimiz uchun yetarli. Men, avvalambor, muhtaram Prezidentimizdan uzr sorayman, sizdan uzr sorayman mana shunaqangi hodisa aynan Samarqandda yuz berganligi uchun. Bundan keyin Samarqand viloyatida katta yigilishda, katta selektorda soz beryapman birorta ijtimoiy soha xodimlari majburiy mehnatga jalb etilmaydi.Abdulla Aripov: Rahmat. Turobjon Ikromovich, siz xalq talimi vaziri sifatida ham ishlagansiz, bu masalani bilasiz oqituvchilarning turli boshqa ishlarga jalb etilishi talim sifatining tushib ketishiga sabab boladi. Shuning uchun, boya juda togri aytdingiz, nafaqat Prezidentimiz tomonidan Jamoat ishlari jamgarmasiga ajratgan mablaglar, balki hozir barcha tuman, shahar byudjetlarida qolayotgan erkin qoldiqlardan ham foydalansa boladi. Hokimlar haqiqiy zamon talabiga, Prezidentimiz olib borayotgan siyosatga loyiq rahbar bolib ishlayman desa, shu mablagdan bir qismini shu masalalarga ajratish mumkin. Bahonada juda katta ijtimoiy masalalar hal boladi joylarda ish topolmay yurgan odamlar vaqtinchalik mehnatga jalb etish orqali bu ishlarni amalga oshirishi va odamlarga qonuniy pul ishlab topish imkonini yaratib berishga yonaltirish mumkin. Hozir shu masalalarga etiborni koproq qaratish kerak. Tushunarlimi?Turobjon Jorayev, Samarqand viloyati hokimi: Juda togri. Tushundim.Abdulla Aripov: Marhamat, endi Andijon viloyati. Viloyat hokimi hozir Xitoyga xizmat safari bilan uchib ketdi, shuning uchun Andijon viloyatidan hokimning birinchi muovini qatnashyapti. Egamberdiyev, marhamat.Abdujabbor Egamberdiyev, Andijon viloyati hokimi birinchi orinbosari: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich! Hozir aytilgan etirozlarning hammasi orinli. Prezidentimizning Sirdaryo viloyatidagi 13-apreldagi chiqishlarini korganimizdan keyin, viloyatimiz hokimi 15-aprel kuni hamma faollarni yigib, ijtimoiy soha rahbarlarini yigib, katta selektor otkazdi, ularga 100 foiz topshiriq berdi. 16-aprel kuni televideniye orqali chiqib, ijtimoiy soha xodimlarini boshqa ishlarga jalb qilmaslik togrisida murojaat qildi, topshiriq berdi.Yana bir narsani aytib otishim kerak siz Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jamoat ishlari fondini tashkil qilib berganingizdan keyin, shu fondning ozidan foydalansak, ijtimoiy sohaga hech qanday muhtojligimiz qolmaydi. yoBirinchi oyning ozida bizga 14 milliard som ajratilgan bolsa, 2,2 milliard som mablag ozlashtirildi, xolos. Yani, biz shu fond hisobidan jamoat ishlariga jalb qilishimiz mumkin bolgan odamlarni ishlata olmadik. Hokimiz shularning barini gapirib, hamma soha rahbarlaridan, tuman hokimlari, tortta sektor rahbarlaridan ham ogohlantirish xatlarini ham oldi, bu boyicha kafolat xati berdik, hamma orinbosarlar ham ogohlantirildi.Bundan keyin bunday holatlarga yol qoyilmaydi. Bu kamchiliklar qilinmaydi, etirozlar chiqmaydi. Chiqqan taqdirda javobgarlikka tortish togrisida hammasi ogohlantirildi.Abdulla Aripov: Egamberdiyev, qarang-da, ogayni, hatto chiqarilgan hujjatni ham bilmaysiz. Jamoat ishlari fondi bu Vazirlar Mahkamasining hujjati emas, bu Prezidentimizning qarorlari bilan bolgan narsa. Men aytayotganim sizlar unga qoshimcha qolgan erkin mablagdan ham jalb qilishingiz kerak. Vazirlar Mahkamasi bu qaror ijrosini taminlash boyicha masul. Bunday qaror Ozbekiston tarixida bolmagan. 714 milliard som! Sizlar odamlarga foydasi tegsin deb qonuniy qilingan ishni ham yolga qoya olmaysizlar!Abdujabbor Egamberdiyev, Andijon viloyati hokimi birinchi orinbosari: Xulosa qildik, Abdulla Nigmatovich. Bundan keyin takrorlanmaydi.Abdulla Aripov: Qani, takrorlab koring ham-chi... Marhamat, Qashqadaryo viloyati hokimi.Zafar Roziyev, Qashqadaryo viloyati hokimi: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich. Hozir hamma topshiriqlarni juda yaqqol tushundik, Prezidentimiz 13-aprel kuni Sayxunobod tumanida bildirgan fikr-mulohazalarini juda chuqur anglab yetdik. Haqiqatan ham bizda ham mana shunaqa holatlar bolgan. Biz oqituvchilar, ijtimoiy soha vakillarini jalb qilmaganmiz, plyonkani tagiga ekmay, kozboyamachilik qildi, deb chiqarishdi.Abdulla Aripov: Bu bitta holat. Sizlar axborot texnologiyalari zamonida yashayotganimizni esdan chiqarmasliklaring kerak plyonka ostida nima bor, nima yoq hammasini olib, ochiq-oydin kotarib, chiqarib yuborishyapti. Butun dunyoga sharmanda boldingiz, ogayni.Zafar Jorayev, Qashqadaryo viloyati hokimi: U yerga ekilgandi-da, Abdulla Nigmatovich.Abdulla Aripov: Ekilmaganini ham korsatib qoyibdi, xohlasangiz sizga yuboraman.Zafar Jorayev, Qashqadaryo viloyati hokimi: Togri, biz bundan ozimizga xulosa chiqaramiz. Abdulla Nigmatovich, hamma gaplarni aytdingiz, hammasi 100 foiz tushunarli, birorta bunaqa jalb qilinmaydi. Hozir yana bir marta kengashib olamiz, jamoatchilik ishlari uchun ham, boshqa, obodonlashtirish ishlari uchun ham pullarimiz yetarli. Shuning uchun, men vada beraman, Abdulla Nigmatovich, Qashqadaryo viloyatida birorta bunday holat takrorlanmaydi. Birorta oqituvchi, talaba, tibbiyot xodimini jalb qilmaymiz.Abdulla Aripov: Bugun Yurtboshimiz topshiriq berdilar, bu masala boyicha Ozbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komiljon Allamjonov ham chiqib aytdi. Yopiq qarorni jonatdik, olgan bolsanglar kerak. Bu ishlarga yol qoyib bolmasligi haqida qattiq ogohlantirish berganmiz, ikkinchidan, hududlarda bu ishlarni amalga oshirish uchun agar zarurat boladigan bolsa, Jamoat ishlari jamgarmasi mablaglaridan foydalanish mumkin, bundan tashqari, kerak bolsa, obodonlashtirish tuzilmalarida qoshimcha shtat birliklari ajratish masalalari boyicha ham Vazirlar Mahkamasiga viloyatlardan takliflar kiritish talab etiladi. Tushunarlimi? Marhamat, Fargona viloyati hokimiga soz.Shuhrat Ganiyev, Fargona viloyati hokimi: Assalomu alaykum, hurmatli Abdulla Nigmatovich! Haqiqatan ham Fargona shahri Kichik halqa yolida kasb-hunar kollejlari direktorlari jalb qilinganligi bor gap. Bu yerda xonadonlarning ichkarisidagi tomorqasidan tortib jalb qilgan. Buning uchun shaharning barcha tegishli rahbarlari chorasini oldi. Shaharda eng kop aholi bola turib, korxona-tashkilotlar ham kop bola turib, obodonlashtirishda ham xodimlar yetarli bola turib shunday ish qilinganligi juda katta uyat. Margilon shahridagi Ahmad Yassaviy kochasini kengaytirishda aholi uylarini buzish ishlarida kasb-hunar kollejlari direktorlarini shtab azolari sifatida biriktirish holatlari bolgan.Hurmatli Abdulla Nigmatovich, biz ham chuqur xulosa qildik, ayniqsa, mana shu yaratilgan sharoitdan samarali foydalanmaganimiz, 84 milliard som mablagdan biz ham bugungi kunda 5,6 milliard som ozlashtirdik, xolos. Bu juda katta imkoniyat. Siz aytgan barcha topshiriqlarni men yana bir marta chuqur xulosa qilib, mulohaza qilib, yozib oldim. Talim, tibbiyot sohalari, byudjet tashkilotlari xodimlarini dagdaga bilan ishlatadigan hokimlar, rahbarlarning hammasiga chora koramiz. Siz tomondan yuborilgan maxsus topshiriqni ham chuqur oqidim. 20-aprelgacha uchta yonalishni belgilab bergansiz, deputatlar, boshqa faollar bilan birgalikda ertadan katta muhokama qilamiz.Abdulla Aripov: Rahmat! Bu muhokamaga joylardagi jamoatilik tashkilotlarini ham jalb etish kerak. Joylardagi hudud rahbarlari bu masalani umuman tola anglab yetayotgani yoq, Prezident qarori bilan ajratilgan mablaglar borligini bilmaydi ham, oqimagan ham. Bular kasal, deyapman-ku. Eng osoni, anavi kollejni olib chiq, deydi, shunga organgan. Endi bunaqasi ketmaydi. Bu faqat hokimlarning ishi emas, Yurtboshimizning majburiy mehnatni bartaraf etish boyicha topshiriqlari ijrosi nazoratiga deputatlar, hamma saylab qoyiladigan organlarning vakillari, fuqarolarning mahalliy ozini ozi boshqarish yiginlari, boshqa jamoat tashkilotlari, joylardagi turli fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etish kerak.Nafaqat ular, balki joylardagi ijro hokimiyati organlariga bunaqangi faktlarni aniqlashda eng katta yordamchi va eng yaxshi komakdosh bolishi mumkin bolgan tomon ommaviy axborot vositalaridir. Davlat va nodavlat OAVlarning hammasidan biz iltimos qilamiz, turli internet-nashrlar bor, ulardan ham iltimos qilib qolamiz majburiy mehnat holatlarini bartaraf etishda bizga komakdosh bolishlarini, shunday xabarlarni bizga yetkazib turishlarini, OAV orqali Davlat rahbarimiz olib borayotgan siyosatlarini tushunmaydigan rahbarlarni, kechirasizlaru, qulogidan tortib, oftobga olib chiqarishni tashkillashtirishda OAV bizga keng kolamda hamkor boladi degan niyat bildiramiz va shu masalada bizga yordamchi bolib, birgalikda bizning yonimizda bolib, shunday bemani illatlarni yoq qilishda va Yurtboshimizning bergan topshiriqlarini bajarib, yuzimiz yorug bolishida yordam berishlarini ulardan iltimos qilib qolamiz. Yana qaytarib aytyapman, bu kurashda eng samarali yordamchi bolishi mumkin bolgan tomon bu jamoat tashkilotlari va OAV. Marhamat, soz Jizzax viloyati hokimi Soliyevga.Ergash Soliyev, Jizzax viloyati hokimi: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich, videoselektor ishtirokchilari! Haqiqatan ham, bu amaliyot yaqin-yaqin vaqtlargacha davom etib kelayotgan edi. 14-martdagi fojia va 13-aprel kuni Sayxunobodda viloyat faollari ishtirokida otkazilgan yigilishda Davlatimiz rahbari bergan topshiriqlari, bugungi selektorda siz tomondan berilayotgan topshiriqlar boyicha men viloyatdagi katta selektorda topshiriqlar berdim.Haqiqatan ham, obodonlashtirish ishlariga ham, qishloq xojaligi ishlariga ham va boshqa ishlarga ham talabalar, maorif xodimlari, tibbiyotchilarni jalb qilingan edi, shunday amaliyot bor edi. Lekin men vada beraman, Abdulla Nigmatovich, viloyatda bu masalalar boshqa takrorlanmaydi. Bugun ham viloyatdagi barcha studiyalarda otirgan rahbarlar kelajakda shunday holatlar takrorlanadigan bolsa, men boshchiligimda javob beramiz. Oldingi qilgan ishlarimiz uchun yana bir bor Davlat rahbarimizdan va sizdan uzr sorayman.Abdulla Aripov: Rahmat! Siz ham, ochigini aytadigan bolsa, talim tizimi, ilm sohasiga begona emassiz. Ozingiz yaxshi bilasiz, agar oqiyotgan, oqitayotgan jamoalar vakillarini har xil boshqa ishlar bilan vaqtini otkazadigan bolsa, bu bevosita davlatni aldash. Davlatning pulini behuda, besamar ishlatish bilan bab-baravar. Bu dushmanlik bilan bab-baravar! Shuning uchun, bu masalaga juda ham jiddiy kirishish kerak. Chunki kop hududlarda, kop tumanlarda boya aytilgan Bandlik jamgarmasiga ajratilgan mablaglarni ishlatish mexanizmi ham, uning ozi borligini ham, pul ajratilganini ham kop-kop tuman rahbarlari tushunishmaydi.Oldinlari hokimlar olib kelinib, Toshkentda oqitilardi. Endi, ochigini aytsak, ular hammasi 10 kunga Toshkentga kelib, dam olib ketardi. Yurtboshimiz: Bu bolmaydi, deb aytdilar. Endi joyiga borib, osha yerga mutaxassislarni olib borib, joyidagi holatdan kelib chiqib, shu joydagi muammoni korsatgan holda mutaxassis yechimini korsatib berishi kerak. Shu munosabat bilan Prezident Davlat maslahatchisi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektoriga alohida topshiriq boldi, bugun biz ham Vazirlar Mahkamasidan, hamma komplekslardan katta-katta mutaxassislarni, bosh boshqarmalarning boshliqlarini, vazir orinbosarlari, vazirlarning birinchi orinbosarlaridan tashkil topgan juda katta guruh vakillarini Jizzax viloyatining Arnasoy tumani hududidan boshlab oqitishga shu haftadan boshlab yuboryapmiz. Ular joylarga borib, hokimlarni ham oqitadi.Bu vaziyatda yangi tayinlangan band va mehnat munosabatlari vazirimizga topshiriq boladi sizdan muovingiz boradi, u aytilgan jamgarmani qanday ishlatish mumkin, necha puldan maosh bersa boladi, necha kunga odamlarni yollasa boladi, qaysi ishlarga yollasa boladi, bularning hammasini joylarga borib, tuman hokimlariga tushuntirib berishi kerak. Dastak qilib qoliga berishi kerak.Chunki, eng qizigi, pul bor, faqat osha mexanizmini amalga oshirishga, osha mexanizmni oqishga bularning erinchogligi tutib, oson yolini topib olgan: Ana, rayONO chiqsin, deydi, Maktabni olib chiq, deydi yo Rayzdravga ayt, deydi. Endi bunday holatlar qaytarilmasligi uchun bu masala boyicha ham oddiy, sodda, vaqti eng ziq hokim ham qoliga olganida bir oqishda tushunadigan dasturcha qilib berish kerak. Shuningdek, har bir tumanga qancha pul ajratilganini ham korsatib berish kerak.Materialning bu qismi toldiriladi.Marhamat, soz Xorazm viloyatiga.Ilgizar Sobirov, Xorazm viloyati hokimi: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich! Prezidentimiz Sirdaryo viloyati faollari bilan otkazgan yigilishdagi topshiriqlari ijrosini taminlash nuqtai nazaridan ham bugun siz tomonidan qayd qilingan kamchiliklar bizda bolgan, buni men inkor qilolmayman. Buni bartaraf qilish choralarini koryapmiz. Prezidentimiz otkazgan yigilishdan song biz selektor yigilishida rahbarlarga byudjet tashkilotlari xodimlarini turli ishlarga jalb qilmaslik boyicha qattiq topshiriq berdik.Biz bugungi selektor yigilishida korsatib otilgan barcha holatlar boyicha xulosa chiqaramiz, bunday kamchiliklarga yol qoymaymiz. Ikkinchi masala, ishsiz yurgan fuqarolarni ishga jalb qilish boyicha, hukumatimizga rahmat, mana shu masalaga 41,2 milliard som yonaltirilgan, bugungi kungacha 4,5 ming aholini ish bilan taminlab, 2 milliard somdan ortiq mablagni ishlatdik. Bundan keyin bu masalani juda qattiq nazorat qilib, kamchiliklarni bartaraf qilamiz.Abdulla Aripov: Birinchi chorakka ajratilgan mablagning qanchasini ishlatsa bolardi? Bir yilga 41,2 milliard ajratilgan bolsa, birinchi chorakda shuni 10 milliardini ishlatsanglar bolardi. Bor-yogi 2 milliardini ishlatgansiz. Togrimi? Mayli, 2 milliardini ishlatganinglar ham yaxshi, shu bilan 4,5 ming odam qonuniy pul topgan. Bir martalik boladimi, mavsumiy boladimi, odamlarni majburlamay, haq tolab, u bilan mehnat shartnomasiga qol qoyib, ishga yollash imkoniyati paydo boldi. Qachon bolgan bunaqasi, qachon? Bundan foydalanish kerak, ogayni! Sizlar bolsa oson yoliga otib olgansizlar. Yana qaytarib aytyapman, yangi elon qilingan Obod qishloq, Obod mahalla dasturlarida bunday ishlarga yol qoyish qatiy man etiladi. Tushunarlimi? Navoiy viloyati, marhamat.Qobul Tursunov, Navoiy viloyati hokimi: Assalomu alaykum, hurmatli Abdulla Nigmatovich! Hamma masalalar tushunarli. 13-apreldagi yigilishni korganimizdan song, ozimiz ham yigilish otkazib, shu masalani gaplashib olgan edik. Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov otkazgan brifingni ham diqqat bilan eshitdik. Bolayotgan voqealar boyicha bizning ham ichimiz achidi. Shunday holatlarning oldini olish boyicha, sizni ishontirib aytamanki, bizda bunaqa narsa bolmaydi. Bolmagan ham, bolmaydi ham. Kafolatini beraman, Abdulla Nigmatovich.Abdulla Aripov: Rahmat. Buxoro viloyati, marhamat.Oktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich! Muhtaram Prezidentimiz Sirdaryoda gapirgan barcha gaplarini diqqat bilan eshitdik. Buxoro viloyatida ham hamma mana shu gaplardan keyin viloyat rahbarlari, tuman va shahar hokimlari bilan qatiy kelishib oldik. Hammamiz vada beramiz bundan keyin bunaqa holatlar qaytarilmaydi. Umuman, hech kimni jalb qilmaymiz. Ozi otgan yildan boshlab Prezidentimiz siyosatlari shu yonalishda bolganidan beri bu masalalarga jiddiy qarayapmiz.Togrisini aytish kerak, oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Hozir endi mutlaqo boshqa siyosat. Buni kopchilik hali tushunib yetmayapti. Lekin bugungi selektordan keyin, muhtaram Prezidentimizning kechagi gapirgan gaplaridan keyin hammaga yetib bordi. Oylaymanki, hammaning masuliyati va vijdoni ozida, bunday masalalarga nisbatan ozimiz ham qattiq va keskin choralarni koramiz.Abdulla Aripov: Albatta, toppa-togri aytib otdingiz. Oldin majbur qilardik ozimiz, ozimiz bosh bolib, bayroqni kotarib, majbur qilib, chiqmaganni: Nega kam odam olib chiqding! Buncha odam oqiydi yo buncha odam ishlaydi, nega kam chiqdi?, deb ozimiz ham shunday ishlar qilganmiz. Lekin siyosat ozgardi. Yurtboshimiz umuman boshqa siyosat, xalqparvar siyosat elon qildilar. BMTning eng yuqori minbaridan turib, Shunaqa kamchiliklarimiz bor, shunaqa ishlarni amalga oshiramiz, deb aytib otdilar.Bu boyicha endi biz sobitqadamlik bilan, Prezidentimiz bergan topshiriqlariga yeng shimarib qatiyatlik bilan kirishishimiz kerak. Boldi, bundan buyogiga qonun doirasida ishlashimiz kerak. Qonun doirasida deganim jamoat ish boladi, buni rad etib bolmaydi, lekin bunga boya aytilgan Bandlik jamgarmasi mablaglarini ishlatib, vaqtincha ishsiz yurgan odamlarni jalb qilish kerak. Kerak bolsa, erkin qoldiqlardan foydalaninglar. Mana, Buxoro viloyati ham birinchi chorakdan qancha-qancha daromad bilan chiqdi. Togrimi?Oktam Barnoyev: 152 milliard som.Abdulla Aripov: E, qachon bolgan bunaqasi, qachon?Oktam Barnoyev: Hech qachon bolmagan.Abdulla Aripov: Shuning uchun, shu masalalarda ham endi buyogiga qolgan hamma tuman, shahar rahbarlaridan ham tilxatini olib, qattiq nazoratga olish kerak boladi. Rahmat, rahmat! Sirdaryo viloyati, marhamat!Gofurjon Mirzayev, Sirdaryo viloyati hokimi: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich! Telefonda aytdingiz, bugun yopiq hujjatingizni oldik.Muhtaram Prezidentimiz Sayxunobodda gapirganlarida Sirdaryo namunasi degan bir gapni gapirdilar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda biz fondni juda yaxshi ishlatyapmiz. Bugungacha 3,8 ming kishini ishga oldik. Maruzangizda Gulistondagi qabristonlarni obodonlashtirishga jalb etilgani haqida gapirildi, bu masala boyicha oxiriga yetib, javobini sizga aytaman. Bu masala boyicha muammo bolmaydi. Endi Sirdaryoning birorta joyida ijtimoiy soha xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlari bolmaydi. Men sizga vada beraman, Abdulla Nigmatovich.Abdulla Aripov: Rahmat. Mabodo qayerdadir qoshimcha shtatlar kerak boladigan bolsa, qoshimcha qandaydir yordam kerak boladigan bolsa, bu borada ham takliflarni berasiz, bu boyicha ham biz iqtisodiy kompleks bilan birgalikda bu masalalarni korib chiqamiz. Xudoga shukr, imkoniyatimiz juda katta. Yurtboshimiz ajratgan mablag, bundan tashqari, byudjetlardagi erkin qoldiq mablaglar. Yurtboshimiz kerak bolsa yana qoshimcha mablag ajratishga topshiriq berdilar. Biz bu masalalarni korib chiqishga tayyormiz. Imkonimiz bor. Faqat buni endi togri va samarali ishlatib, bachra byudjet tashkilotlari xodimlarini oz ishi bilan shugullanishiga imkon yaratib berishimiz kerak. Shundagina meditsina xizmatlarining ham sifati oshadi, talim sifati oshadi va hokazo. Kelishdikmi? Marhamat, Toshkent viloyati.Odilxon Rustamov, Toshkent viloyati hokimi birinchi orinbosari: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich! Yigilishda aytilgan holatlar bizda ham mavjud. Tozalash, obodonlashtirish ishlariga ijtimoiy soha xodimlarini jalb qilmaslik boyicha barcha chora-tadbirlarni belgilab oldik. Tortta raqamga toxtalib otmoqchi edim. Toshkent viloyatida hali hech bunaqa bolmagan birinchi chorak daromadlarini 156 milliard somga bajarib, 100 milliard somdan ortiq pul ozimizda qoldi.Ikkinchidan, jamoat ishlari boyicha bizga 84 milliard som berilgan, hozir 1 milliarddan ortiq maosh tolab, 2,5 mingdan ortiq odamni ishga oldik, bu yerda ham juda katta zaxiramiz bor. Birinchi chorakda bemalol 20 milliardini ishlatsak bolardi, lekin pastdagi hokimlar ham, biz ham pulni korib, ishlatishni bilmay turgandik. Uchinchi masala Obod qishloq dasturini ishlab chiqishda ozim ham ishtirok etgandim, bu dastur Prezidentimiz oldiga besh-olti marta kirib chiqdi. Shunda ular bir masalani qoydilar har bir ishlatiladigan mixni ham, ishchini ham mablagi bilan birga korsat, dedilar. Shunda 177 milliard som pulni topib berdilar, 50 foizini mahalliy byudjetning ortib qolganidan, qolgan 50 foizi men respublika byudjetidan beraman, dedilar. Buning hisob-kitobini qilib qoyganmiz, Obod qishloq uchun mablag yetarli.Tortinchi dalaga olib chiqib ishlatish boyicha. Paxta va gallaning narxlari oshirilganidan keyin ozim tahlil qilib kordim. Oxirgi 10 yildan beri fermerlar 100 million somdan 500 million somgacha maosh tarqatgan ekan. Bugungi kunda hozir 9 milliard somdan ziyod maosh berdik. Oldin pul bolmagani uchun odamlarni dalaga olib chiqishga majbur bolingan. Biz toliq xulosa chiqardik. Viloyatdagi barcha tuman va shaharlar hokimlari, barcha joylardagi rahbarlardan shu kabi holatlarga yol qoymaslik boyicha kafolat xatlari olindi. Abdulla Nigmatovich, vada beramiz Toshkent viloyatida bu kabi holatlar qaytarilmaydi.Abdulla Aripov: Rahmat! Marhamat, soz Toshkent shahar hokimiga.Rahmonbek Usmonov, Toshkent shahar hokimi: Hurmatli Abdulla Nigmatovich, kecha sizdan kelgan xatni olib, berilgan topshiriqlar boyicha 18-aprel kuni soat 15:00 da Toshkent shahar deputatlar kengashini otkazamiz. Bundan tashqari, salbiy holatlar bizda ham bor. Yaqinda ozingizga ham hisobot berdim, Yashnobod tumanidagi tibbiyot xodimlari Ashxobod parkiga (tozalashga) chiqqani boyicha. Bunga ham ozimiz sababchi. Bunga ozimiz yol ochib berganmiz. Shu holatlarni ham etiborga olib, qatiyat bilan aytamanki, bugungi majlisdan keyin, hurmatli Prezidentimizning bugungi bergan topshiriqlaridan keyin agar kimdir shu ishni qiladigan bolsa, bu hozir biz olib borayotgan siyosatimizga teskari ish, siyosatimizga xiyonat deb qabul qilamiz. Bu balandparvoz gaplar emas. Mana, telestudiyada ham hamma eshitib otiribdi.Bundan tashqari, topshirigingiz boyicha birinchi marta mana shunday ichki majlisimizga ochiqchasiga chaqirdik. Ular ham kelishib oldik majburiy mehnatga jalb etish bilan bogliq voqealar boladigan bolsa, ikkilanmay, ochiq-oydin nazoratga oladigan boldik. Biz ham hech narsani yashirmay borini beramiz, jurnalistlarimiz ham qoshib yozmay, borini korsatadigan boldi. Qanchalik oshkoralik bilan ishlasak, qilayotgan ishlarimizga shuncha foyda boladi, deb oylayman. Man sizga vada beraman bundan keyin Toshkent shahrida birorta bunday hodisa ham, xabar ham bolmaydi.Abdulla Aripov: Rahmat! Rahbarlar bir narsani tushunishi kerak bundan buyogiga yana shunday holat bolishi xiyonat. OAV vakillarini jalb etganinglar juda yaxshi ish bolibdi. Biz ijro hokimiyati organi sifatida ularni hamkorlikka chaqiramiz. Buxoro viloyati hokimi Oktam Barnoyev togri aytdi, oldinlari qolga kaltakni olib, Qani, dalaga chiq!, Qani, paxtaga chiqar odamlarni!, deb, hammasiga doq-popisa qilinardi. Hozir zamon ozgardi. Prezidentimiz zamonni umuman ozgartirdilar. Yondashuvni ozgartirdilar. Umuman yondashuv boshqacha boldi.Majburiy mehnat degan bemani illatlarni biz faqat oz kuchimiz bilan tag-tugi bilan yoq qila olmaymiz. Jamoatchilik yonimizga qoshilishi kerak. Ular bizga maslahatchi bolib, shunday holatlar bolsa, bizni xabardor etib tursa, uzoqni kora bilmagan kaltabin rahbarlarga chora korish boyicha faktlarni malum qilib tursa, ommaviy axborot vositalaridan ham biz iltimos qilamiz mana shunday holatlar boyicha bizga yordam bersa, faktlarni bildirib tursa, bunday holatlarni ommaviy axborot vositalarida elon qilib borsa. Aslida, mana shunaqangi bemani illatlarga qarshi kurashish jurnalistikaning jamiyat oldidagi asosiy majburiyatlaridan biri.Men davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalaridan iltimos qilaman majburiy mehnat degan illatni tag-tugi bilan yoq qilishda biz bilan hamkorlik qilishsin, bizga yordam berishsin. Nafaqat shahar hokimligi, balki tuman hokimliklari ham bu masalada OAV bilan hamkorlikni yolga qoyishi kerak. Chunki, ochigini aytish kerak, bazida aynan ijtimoiy sohadagi ayrim shaxslarning ozi ham ozini mana shunday illatlardan soqit qila olmaydi. Shuning uchun bu illat bilan biz doimiy, kundalik ravishda kurashishimiz kerak. Marhamat, soz xalq talimi vaziri Ulugbek Inoyatovga.Ulugbek Inoyatov, xalq talimi vaziri: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich, yigilish ishtirokchilari. Togrisini aytadigan bolsak, rahbar sifatida ozimda ham bu borada jurat, qatiyat yetishmagan. Bir xayrixoh bolib, bu narsani vatanparvarlikka ham yoyib, shu ishlarga birgalikda chiqish masalasida ozim ham tepasida turganman. Osha vaqtda siyosatimizning ozi ham shunga mos edi. Chunki biz ziyolilar bu jarayonda qatnashmasak, ozimizni chetga olib tursak, bu ham bizning jamiyatdagi ozgarishlarga bizning munosabatimiz sifatida qaralgan. Hozirgi kunda xalq talimi tizimida 675 ming nafarga yaqin xodimlari ishlashadi, bu pedagog, texnik xodimlari. Albatta, bu juda katta kuch. Men bularning har biriga yetib borolmayman, lekin ularga huquqlari, mehnat qilish huquqi, qonuniy va noqonuniy mehnatning farqi togrisidagi tushunchalarni berib boramiz, seminarlar tashkil qilamiz. Bugundan xulosa chiqardik, ozimizning kollegiyada ham, yigilishlarimizda ham bu masalani yetkazib, har bir xodimning oz huquqini himoya qilish masalasini yetkazib qoyamiz.Togrisini aytadigan bolsak, bunday ozgarishlarga moslasha olmadik. Shuni oqibatida mana shu holatlar kelib chiqdi. Samarqanddagi holat boyicha shaxsan ozib borib, bu masala boyicha shugullanganimda malum boldiki, bu hammasi ogzaki-ogzaki topshiriqlarga aylanib ketgan, lekin hech kim qogozda bunday topshiriq bergan emas. Xalq talimi bolimi mudiri, boyniga olib: Men ogzaki topshiriq bergandim, deb ozi tan olib, ariza yozib bergach, osha kuni ishdan olindi. Maktab direktori ham joyida bolmagan, direktor orinbosari osha yonalishga chiqarib yuborgan. Biz uchun bu juda ayanchli holat, deb qarayman. Ozimiz shu masalada togri turmaganmiz, xavfsizlik qoidalariga ham rioya etilmagan. Xodimlar bundan buyon ham jamoat ishlariga jalb qilingudek bolsa, bu qonuniy asosida bolishini taminlash, agar rostdan ham qatnashadigan bolsa, daromad korishlari uchun shartnomalar tuzgan holda bu jarayonda qatnashishlari boyicha ish olib boramiz. Yoki bolmasa, hali paxta yigim-terimi davri keladi, ayrim xodimlar, texnik xodimlarda pul ishlash masalasi boladi shunda ham shartnomalar tuzgan holda, qonuniy ravishda ishlash lozimligini yetkazishga soz beramiz.Abdulla Aripov: Bir narsani togri aytdingiz, kopchilik hozirgi yangi talablarga, ozgargan sharoitga moslasha olmayapti. Hali ham osha eskicha ura-ura! Bir fikringizga qoshila olmayman togri, 675 ming kishi kop, lekin ularning hammasiga yetib bora olmayman deyish orinsiz. Vazir nazoratda ushlab turishi kerak, aks holda bu qanaqa rahbar boladi? Shodmonov, siz nima deysiz?Alisher Shodmonov, sogliqni saqlash vaziri: Assalomu alaykum, hurmatli Abdulla Nigmatovich, yigilish qatnashchilari! Haqiqatan ham men rahbar sifatida shu masalaga etibor bermaganman va nazoratga olmaganman. Muhtaram Prezidentimiz Sayxunobod tumanida otkazgan yigilishidan song ertasiga Jizzax viloyatida butun soha vakillarini, rahbarlarini toplab, deputatlar, kasaba uyushmasi, jamoatchilik ishtirokida hokimiyat vakillari bilan birgalikda yigilish otkazdik. Bunda mana shu masalalar korib chiqilib, har bir viloyatda shunday yigilish otkazish boyicha reja qilib oldik. Shu bilan bir qatorda 19-aprel kuni soat 14:00 da bosh vazir orinbosari Qahramon Akmalov boshchiligida butun respublika boyicha selektor otkazishni rejalashtirdik.Shu bilan bir qatorda har bir boshqarmamizda va vazirlikda nazorat guruhlarini tashkil etdik. Ishonch telefonlariga xabar berish tizimini yolga qoyyapmiz. Har bir rahbarimiz va xodimlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish boyicha ham ishlar olib borishimiz kerak. Bu borada ham ozimizga chora-tadbirlar belgilab oldik. Men muhtaram Prezidentimizga va sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki ijtimoiy soha, ayniqsa, tibbiyot xodimlarini bunday noqonuniy ishlarga jalb etishdan qalqon bolib, tosiqlarni qoyib beryapsizlar. Shuning uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu borada ortiq bunday xatoliklarga yol qoymaslikka vada beraman.Abdulla Aripov: Endi, ogayni, mahalliy hokimiyat organlariga advokatlik qilishni yigishtirib qoyasiz. Tushundingizmi? Sizni ogohlantirib qoyaman. Agar shunaqa fakt boladigan bolsa, sizga boshqacha chora koriladi. Siz oz qol ostingizda ishlayotgan xodimlarga advokat bolishingiz kerak. Mahalliy hokimiyat organlarining yonini olib, ularga gap tegmaydigan qilish yoki ular bilan munosabatni buzib qoyishdan qorqib yashaydigan bolsangiz, ish ketmaydi unda. Marhamat, Namangan viloyati.Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati hokimi: Assalomu alaykum, Abdulla Nigmatovich! Hamma etirozlar togri. Bugungi yopiq xatingizni ham oldik. Prezidentimizning Sayxunoboddagi faollar yigilishida aytgan gaplarining oziyoq hammamizga yetarli. Haqiqatan ham, hammamiz organib qolgandik. Oldin boshqa kuchimiz ham, boshqa vositamiz ham yoq edi. Ozingiz hamma narsani aytdingiz. Hozir hamma imkoniyat, sharoitlar bor. Mahalliy byudjetdagi erkin qoldiqlar, qolaversa, jamoat ishlarini tashkil qilish boyicha ajratilgan 60 milliard som pul bor. Abdulla Nigmatovich, hammasi tushunarli. Biz osha kuniyoq, Sayxunoboddagi yigilishdan keyin tezkor yigilish qilib, hamma kafolat xatlarini oldik, kelishib oldik. Bu masalani qatiy nazoratga olamiz, birorta bunday holatga yol qoymaslik kafolatini beramiz.Abdulla Aripov: Rahmat. Sozga chiqadiganlar bolmasa, u holda yakunlaymiz, videoselektorning barcha ishtirokchilari yozib olishlarini sorayman. Quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:Birinchidan, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hududiy va tuman (shahar) hokimliklarining hududlarni obodonlashtirish ishlari uchun masul bolgan boshqalari faoliyatini tanqidiy organib chiqishlari va samaradorligini oshirish, kerak bolsa, ozgartirish kiritish boyicha taklif kiritishlari lozim boladi. Hudud miqyosida otkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik korish boyicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda xodimlar mehnat huquqlari buzilishining oldini olish va fuqarolarning jamoat ishlariga qonuniy jalb etilishiga alohida etibor qaratilishi topshiriladi.Ikkinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev), Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov) bilan birgalikda majburiy mehnatga yol qoymaslik yuzasidan davlat va jamoatchilik nazoratini tashkil etadilar, bunda ayniqsa byudjet tashkilotlari xodimlarini qishloq xojaligi, kommunal xojalik, obodonlashtirish, qurilish, ikkilamchi xomashyo yigish ishlariga majburan jalb etilmasligini alohida nazoratga oladilar. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlarini ogohlantirish va ularning oldini olish boyicha tasirchan choralarni koradilar.Majburiy mehnatni bartaraf etishga qaratilgan say-harakatlari doirasida joylarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan xodimlarning huquq va manfaatlarini taminlanishi, ayniqsa, qishloq xojaligi ishlaridagi faoliyati yuzasidan tizimli monitoringni kuchaytiradilar. Ommaviy axborot vositalari va internet-nashrlarda yoritiladigan majburiy mehnat togrisidagi malumotlarni tizimli ravishda organib boradilar hamda OAV va internet-nashrlar bilan hamkorlikni yolga qoyadilar. Majburiy mehnat va inson huquqlari kamsitilishi aniqlangan har bir vaziyat boyicha oz vakolatlari doirasida chora koradilar va Vazirlar Mahkamasida maxsus komissiya tuziladi.Uchinchidan, Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov)ga tegishli tarmoq kasaba uyushmalari bilan birgalikda korxona, tashkilot-muassasalardagi xodimlarni majburiy mehnatga jalb etishga qarshi qatiy choralar korish, bunda mehnat inspeksiyalari, sud, prokuratura organlari bilan hamkorlikni yol qoyish, hokimiyat topshirigiga binoan xodimlarning ish haqlaridan qonunga hilof ravishda mablag ushlab qolish, goza parvarishi, paxtakorlarga, kommunal tolovlarga, tekshiruvchilarga, obodonlashtirishga, gul yoki daraxt kochatlarini sotib olish va hokazolarga, qonun hujjatlaridagi tartibga rioya etmagan holda hashar va shanbaliklar elon qilish amaliyotiga barham berish, xodimlar mehnatini muhofaza qilishga, shu jumladan, ularni tibbiy korikdan bepul otkazishga, zararli mehnat sharoitlarida ishlovchilarni maxsus kiyim-bosh va shartli himoya vositalari, sut mahsulotlari, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan taminlashga mablag ajratilishini tashkil etish tavsiya etiladi.Tortinchidan, Xalq talimi vazirligi (Inoyatov), Sogliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Maktabgacha talim vazirligi (Shin), Kasb-hunar talimi markazi (Xolmuhamedov) vazirlik va idoralar tizimidagi xodimlardan ularning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni qonunga hilof yoki xodim va boshqa shaxslarni hayoti, sogligi uchun xavf tugdiruvchi, ularning shani va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishning oldini olish boyicha keskin choralar koradilar. Mahalliy hokimliklar tomonidan xodimlarni boshqa ishlarga majburan jalb etish togrisida topshiriqlar berilganida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishonch telefonlariga zudlik bilan xabar berish yolga qoyiladi.Nafaqat ularga xabar berish kerak, men aytganimdek, bosh vazir orinbosari Qahramon Akmalov rahbarligida komissiya tuziladi, unga azo bolasizlar, osha komissiyaga xabar berasizlar. Tushunarlimi? Qahramon Akmalov esa menga xabar beradi.Tizimdagi barcha malaka oshirish muassasalarida xodimlarning mehnat sohasidagi huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan oquvchilarni tashkil etasizlar.Beshinchidan, Ozbekiston Bosh prokuraturasi mehnatga majburlash holatlari yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar korib borishini sorab qolamiz.Oltinchidan, OzMTRK (Xodjayev), OzA (Kochimov), OzMAA (Tangriyev) va boshqa nodavlat ommaviy axborot vositalarida OAV majburiy mehnatga yol qoyayotgan rahbarlarni chiqarib, ularni butun jamoatchilikka korsatish va majburiy mehnatga yol qoymaslik boyicha malumotlar va ijtimoiy roliklar berib borilishini yolga qoyish soraladi.Mavjud holatlar boyicha:Maktabgacha talim muassasalari rahbarlariga shahar kochalarini obodonlashtirish uchun ish haqlaridan ozlariga tegishli bolgan tadbirkorlardan qimmat narxlardan gul va daraxt kochatlarini sotib olishga majburlagan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev va Andijon viloyati hokimi orinbosari Rahmonovga xayfsan elon qilinadi va oxirgi marta ogohlantiriladi;Shahrixon tumani hokimi Hikmatullo Dadaxonovga talim tizimi xodimlarini kocha tozalash, mahallalarni obodonlashtirish, yol chetlariga gul ektirish, dala ishlariga muntazam ravishda jalb etish holatlari kuzatilgani uchun xayfsan elon qilinadi;Oltinsoy tumani hokimi Erkin Boyniyozovga tumandagi sakkizta kasb-hunar kollejini uzumchilik boyicha fermer xojaliklariga tokni komish, ochish, kesish, xomtok qilish boyicha biriktirib qoygani va kollejlarda 2 tonnadan 6 tonnagacha metallolom topshirish majburiyati yuklagani uchun xayfsan elon qilinadi.Metallolom majuriyati allaqachon qolmadi. Hamma oz ixtiyori bilan olib borib topshiryapti. Metkombinat tolaydigan pulini besh barobar oshirgan edi, odamlar shundoq olib borib topshiryapti. Bekobod metallurgiya kombinati hech qachon buncha metallolom qabul qilmagan. Hozir ortigi bilan metall olgan, omborxonalari tolib ketgan. Kollejlarni bunday ishga jalb qilish hech bir jihatga togri kelmaydi.Bogot tumani hokimi Jorabek Rahimovga tumandagi yetti kollejning har biriga torttadan xonadon, 300350 metrdan yol chekkasini obodonlashtirish uchun biriktirgani uchun xayfsan elon qilinadi;Uchkoprik tumani hokimi Yolchiboy Boyjigitovga talim tizimi xodimlarini kocha tozalash, mahallalarni obodonlashtirish, yol chetlariga gul ekish va dala ishlariga muntazam ravishda jalb etib kelgani uchun xayfsan elon qilinadi;Samarqand viloyati Xalq talimi boshqarmasi boshligi Rustam Yoldoshevga viloyat xalq talimi muassasalari xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni tizimli ravishda amalga oshirgani uchun xayfsan elon qilinadi;Toshkent viloyati Xalq talimi boshqarmasi boshligi Shukur Burhonovga viloyat xalq talimi muassasalari xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni tizimli ravishda amalga oshirgani uchun xayfsan elon qilinadi;Xalq talimi vaziri Ulugbek Inoyatov va Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga ham men xayfsan elon qilaman. Sogliqni saqlash vaziri bu faktlarni yashirishga harakat qilgani uchun, xalq talimi vaziri esa shunday holatlar bolganida bizga xabar bermay, prinsipsizlik qilgani uchun.Shuningdek, barcha viloyat, shahar va tuman hokimlarini qatiy ogohlantiraman biror bir shunaqangi holat qayd etilgudek bolsa, bundan buyogi, mana, Yurtboshimiz bahoni berib, aytdilar, Prezident matbuot kotibi ham oqib eshittirdi bu Davlat rahbari olib borayotgan siyosatga xiyonat boladi. Shunga yarasha nafaqat lavozimidan ozod qilinadi, balki qonun oldida ham javob beradi. Shuncha imkoniyatlar yaratildi, hududlar foydalanishi uchun erkin mablaglar qoldirilmoqda, jamgarma mablaglaridan foydalanish mumkin. Imkoniyatdan foydalmagani uchun ham endi rahbarlarga chora koramiz. Bu mahalliy hokimiyat rahbarlari boladimi yoki byudjet tashkilotlari rahbarlarimi yo vazirlar boladimi farqi yoq. Qonun oldida jazo muqarrarligini taminlaymiz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0