Sharoit yaratib berilsa, bizdan ham hokim-u deputatlar chiqadi. Eshitish qobiliyatini yoqotgan ozbekistonliklarni nimalar qiynamoqda?

Ozbekiston Kar-soqovlar jamiyati azosi, shoira, Gavharim bor, Kongilga yol, Sukunat malikasi sheriy kitoblari muallifi Zilolabonu Xoliqova orttirilgan karlikdan aziyat chekadi u 14 yoshidan buyon ovozsiz dunyoda yashaydi. Avvallari u ozini juda yolgiz his qilgani, songgi bir necha yildan beri esa axborot texnologiyalari rivoji tufayli koplab dostlar orttirgani, natijada u kabi eshitish qobiliyatini yoqotgan, kar-soqov insonlarning ham oziga xos ovozi paydo bolganini takidlaydi.Shu bois, bazan imkoniyatim cheklangan, deb aytolmayman ham. Ayniqsa, virtual muloqotda boshqalar bilan teng ravishda bahs-munozaraga kirisha olamiz, deydi Zilolabonu. U ijtimoiy tarmoqlar orqali qismati ozinikiga oxshash, ayni vaqtda, kar-soqovlarning muammolariga befarq bolmagan insonlar bilan suhbat uyushtirdi. Ularning bari ozbekistonlik vatandoshlar: biri Kattaqorgonda hayotdan va hukumatdan umidvor, yana biri Germaniyada kar-soqovlarning hayotini yengillashtirish xayoli bilan band. Biri Sibirda eshitishni qayta organgan bolsa, yana biri bu darddan forig bolaman deya oz vaqtida boridan ayrilgan tadbirkor.Daryo Kar-soqovlar jamiyati azosi, shoira Zilolabonu Xoliqova tomonidan tayyorlangan suhbatlarni hamda shoiraning murojaatini tahrirlangan holda qayta elon qiladi. Ularning muammolari, ularning takliflari, ularning tashabbuslari sizni-da befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.Oysadaf Dehqonova Oysadaf DehqonovaYoshim 31 da. Samarqand viloyati Kattaqorgon tumani Seboston mahallasida Shor qishlogida yashayman. Oilada tort kishimiz. Otam 57 yosh, ishsiz. Onam 56 yosh, nafaqaxor. Singlim 21 yosh va ishsiz. 16 yoshimda surunkali bronxit, revmatoid artriti, pnevmaniya va otit kasalliklari oqibatida butkul eshitmay qolganman. Oshanda 8-sinfni tugatish arafasida edim. Eshitish qobiliyatim pasayib ketgach, maktabni davom ettirolmadim. Bolaligimdan kozim xira koradi, maxsus kozoynak taqaman.Shu paytgacha hech qanday nafaqa olmaganman. Faqatgina yaqin kunlar (2017-yil 1-noyabr)dan boshlab ilk bor nafaqa tayinlandi. Hali nafaqamni olmaganim uchun miqdorini ham bilmayman. Moddiy tarafdan oilaviy qiyin ahvoldamiz. Uning ustiga gaz yoq, uyni isitish juda qiyin. Togli hududda yashaganimiz uchun qishda juda sovuq boladi. Bu sharoit sogligimga togri kelmaydi, juda qiynalaman.Prezidentga murojaat qilish imkoni berilganda edi, Ozbekistonning chekka qishloq hududlarida men kabi etiborsiz qolib ketgan kar-soqovlarga ham tuman va shahar markazlarida yangi ish orinlari yaratilishini va ular sharoitga ega yotoqxonalar bilan taminlanishini soragan bolardim. Qaniydi, men ham ozimga mos mehnat faoliyati bilan mashgul bolib, umrimni mazmunli otkazsam, jamiyat rivojiga foydam tegsa. Oz ish haqim va nafaqam bilan imtiyozli kredit olib, sharoitga ega namunali uy olishdek orzum bor.Gulasal Shakirova Gulasal ShakirovaYoshim 50 da. Sibirning Kemerovo shahrida oilam bilan istiqomat qilaman. Turmush ortogim 3-guruh nogironi kar-soqov. Ikki qizimiz bor. Asli Qashqadaryoning Chiroqchi shahrida tugilganman. 4-5 yoshimdan eshitmay qolganman. Shifokorlar surunkali tonzillit deb tashxis qoygan.Karligimga qaramay, afsuski, onam meni oqishga odatiy maktabga bergan. Sinfdoshlar kalakasi, oqituvchilar tergashi hamon yodimda... Shunday bolsa-da, oqishga ishtiyoqim kuchli edi. Ammo harf organish juda qiyin bolgan. Ozbekistonda men korinmagan doktorlar qolmagandi. Axiyri akam meni Sibirga, bir tanish shifokoriga tekshirishga olib bordi. Tekshiruvlardan keyin shifokor operatsiya mumkin emasligi, lekin maxsus apparat yordamida eshitishim mumkinligini aytdi. Shu-shu, qulogimga apparat taqaman. 3-guruh nogironiman.Nogironlik nafaqasi miqdori Rossiya sharoitida unchalik yetarli emas, lekin davlat bizdek insonlarga yaxshi qulayliklar yaratgan. Har 24 yilda bir marta davlat tomonidan tekinga apparat, televizor, maxsus uyali telefon, qongiroqli soat, dam olish va davolanish maskanlariga yollanmalar beriladi. Kar-soqovlar farzand korsa, bolalari qaramogida bolgani uchun ularga ham nafaqa beriladi.1988-yildan beri Kemerovo shahri karlar jamiyati azosiman. Jamiyatimizda kar-soqovlar uchun hamma qulayliklar bor. Jamiyat azolari bosh vaqtlarini mazmunli otkazishlari uchun maxsus klublar faoliyat korsatadi. Bilyard, futbol, shaxmat va boshqa turli oziga yoqqan yonalishlarda hordiq chiqarishadi. Men madaniyatni tanladim. Xobbim raqs va imo-ishora orqali qol bilan qoshiq kuylash.Farxod Xolmurotov Farxod XolmurotovSoglom yigit edim. Shu dard keldiyu, birdan hayotim ozgarib ketdi. 2011-yil 1-sentabr hech esimdan chiqmaydi shu sana. Hammasi shu kundan boshlangan... Osha paytlar ham firma rahbari edim, 16 ishchim bor edi. Bir hafta muolaja olaman, sizlar ham dam olinglar, deb hammasiga javob berdim. Bunday holatga tushishim, butkul eshitmay qolishim yetti uxlab tushimga ham kirmagan edi.Bir yil ishni toxtatib, davolanish bilan band boldim. Lekin, afsuski, har gal muolaja olganim sayin eshitish qobiliyatim ham pasayib boraverdi. Avval ozimizdagi 4-5 kasalxonada, keyin Samarqand shahrida, undan keyin esa Toshkentda davolandim. Menda pul yetarli edi, shuning uchun bilganimdan qolmadim. Rahmatli ota-onamning gaplariga quloq solmadim. Ular muolajani toxtatishimni istashardi. Hozir ota-onamning gaplarini olmaganimdan ming afsus qilaman. Sekin sekin bor-budim yoq boldi. Salomatligim ham yoqoldi...Firmani yopish harakatiga tushdim, mulklarimni sotdim. Firma balansidagi oxirgi mulkka navbat kelganida, ayolim qarshilik qildi. Keyin qarz olib davolandim. Shifokorlardan najot chiqmagach, bormagan tabibim kam qoldi. Hammasi: Men sizni davolayman, deb katta gapirar, ishontirardi. Natija esa korinmasdi. Togrisi, goyoki tush korayotgandek yashayapman. Uygonsam yana avvalgidek bemalol eshitadigandekman. Ammo bu tush emas. Biror narsa qattiq tegsa, jonim ogriydi demak, tush kormayapman...Menga qoyilgan tashxislarning hammasi har xil. Avval bir qulogim eshitmay qoldi. Keyin yana davolanishni davom ettirdim. Orada quloqqa taqiladigan eshitish moslamasini dorixonadan sotib olib, qoyib kordim. Bemalol eshitdim, ammo or qilib taqmadim. Davolanib, yana oldingidek eshitadigan bolishim uchun harakat qildim. Ming afsuski, teskarisi boldi.2011-yil 10-oktabrda kenja oglim tugildi. Tuguruqxonaga borganimda bir qulogim eshitardi. Keyingi muolajalar ham akstasir qildi va sekin-sekin eshitish pasayib, oxir-oqibat bir yillik davolanish sababmi, umuman eshitmay qoldim. Bolalarim och qolishdi, qiynalishdi, men esa ishsiz, ozidan-ozi qorqadigan odamga aylanib qoldim. Ish boyicha kop joylarga borardim. Kattakonlarni kabinetiga kirsam, Ustimdan kulyapsanmi?!, deb haydab yuborganday gapirishardi. Menga nafaqa tolanmaydi.Salomatligimni tiklash uchun qattiq ishladim. Ozim bormagan bolsam ham, Xitoydan ishlab chiqarish uskunalari olib keltirdim. Hozir uchta zavodim ishlayapti, 65 ishchi ish bilan band. Sizga qanday yordam berishni oylayapman, Zilola. Siz juda yaxshi qiz ekansiz. Aqlingiz va irodangizni hurmat qilaman.Men ozim davolanishga qorqib qolganman. Yana boshqa joyimni kasal qilib qoyishsa, nima qilaman?! Yoshgina uch farzandim bor. Meni bu holga tushishimga chalasavod vrach professorlar sababchi boldi. Biri 90 foiz, ikkinchisi 150 foiz eshitmaydi, deb qogozga chizmasi bilan chiqarib bergan.Binafsha Kalandarova Binafsha KalandarovaMen bir necha yillardan beri Germaniyada oilam bilan yashayman. Turmush ortogim huquq yonalishida hamda ozim media va kommunikatsiya sohasida ilmiy ish qilamiz. Turli tillarga qiziqishim bois, universitetimizda bepul tashkil qilingan nemis kar va soqovlar tilini ham biroz organdim.Eng qizigi, oqituvchimizning ozi kar va soqov. Eng birinchi darsda 30 daqiqa davomida tarjimon darsning tashkil etilishini tarjima qilib turgan, keyin chiqib ketgandi. Shaxsan men oqituvchi kar va soqov bolishini kutmagandim. Tarjimon ketgach, oqituvchi sekin-sekin imo-ishoralar bilan gapira" boshladi xonaga sukunat chomdi... Biz ishtirokchilar xavotir aralash hayajonda. Nima qilamiz endi?! Lekin bu xavotirimiz uzoq chozilmadi. Chunki oqituvchimiz Peter shunchalik vazmin, oziga ishongan, xushchaqchaq, axborot texnologiyalari bilan qurollangan va professional muallim ediki, biz birinchi darsdanoq kar va soqovlar tilida ancha-muncha sozlasha oladigan bolgandik.Peterning qolida bu kursni 3-darajagacha ikki yil davomida oqidim. U bilan biz ishtirokchilar shunchalik inoqlashib ketdikki, haligacha aloqadamiz. Peter orqali boshqa kar-soqov dostlar topdim. Har oyda bir marta boladigan shahrimizdagi kar-soqovlar jamiyati umumiy yigilishlariga imkon bolganida borib turaman. Ular davralarida men kabilarni korib, juda xursand bolishadi. Oralarida juda samimiy, dilkash, turli joylarda ishlaydigan malakali mutaxassislar bor.Shunday vaqtlarda Ozbekistonda ham shunday ijobiy ishlar qilinishi zarurligi haqida oyga tolaman. Ozbekistonda ham kar-soqovlar tili faqatgina shu toifaga kiruvchilar yoki mutaxassislarga orgatilmasdan, bu boyicha shunday odamlarning yaqinlari, dostlari, umuman barcha qiziquvchilarga ochiq bolgan til kurslari tashkil qilinishi kerak. Shuni ishontirib ayta olamanki, kar-soqovlar tili judayam qiziq, uni organish ham, unda gaplashish ham juda maroqli. Muloqot davomida miyam umuman boshqacha ishlayotganini his qilaman. Alohida bir chet tilini organishdan tamomila farq qiladi. Bu tilni xobbi qilib oilaviy organdik.Songgi marta yurtimga borganimda bir bankka ishim tushgandi. Bankdan ishimni bitirib, chiqib ketayotganimda imo-ishora bilan gaplashayotgan ayol va yosh bir qizga kozim tushdi. Germaniyada bunday odamlar bilan gaplashib korganim uchun ular bilan bilganimcha salomlashdim. Nega bilganimcha deyapman? Chunki kar-soqovlar tili, har bir davlatda normal tillar har xil bolganidek, ozgacha boladi. Masalan, nemis kar-soqovlar alifbosi buyuk britaniyalik inglizlarnikidan tamomila farq qiladi. Vaholanki, nemis va ingliz tillari alifbosi deyarli bir xil. Hatto Germaniyaning ozida kar-soqovlarning har bir federal yer, hatto alohida shaharlarida oz shevalari bor. Lekin turli millatga mansub kar-soqovlar malum foizda bir-birlarini tushunishlari mumkin. Shuni bilganim uchun ozbekcha kar-soqovlar tilida gaplashayotgan yangi tanishlarim bilan muloqotga kirishdim. Keyin bildimki, osmir qiz eshitar va gapirar ekan. Ayol esa uning xolasi va bu qiz tilmoch sifatida bankka birga kelgan ekan. Dastavval ular meni oqituvchi deb oylashdi. Keyin men nemischa gapirayotganimni aytib bersam, rosa hayron qolishdi. Hammadan ham shu ayol men unga etibor qilib, u bilan kulishib, uzuq-yuluq bolsa-da, muloqot qilganimga juda-juda xursand boldi.Qizning telefon raqamini olgandim, afsuski, keyin yoqotib qoydim. Uning ota-onasi ham kar-soqov ekan va bu qiz tilni ota-onasidan organgan ekan. Men ular orqali ozbekcha kar-soqovlar tilini orgatadigan kitob yoki oquv qollanma topmoqchi edim. Keyinroq tasodifan tanishim orqali maxsus internatda ishlaydigan odam bilan uchrashib qoldim. U menga bir kitob korsatdi, lekin hadya qilolmadi. Sababi, kitob juda kam tirajda chiqqan ekan. Keyin kitobni qidirishga vaqtim qolmadi, qaytishim kerak edi. Nemis va ozbek kar-soqovlar tillari ortasida qanaqa farqlar borligiga juda qiziqqandim.Kar-soqovlar tilini orgatish va organish, umuman bunday insonlarga imkoniyatlar yaratish boyicha Germaniya tajribasini Ozbekistonga tatbiq etish boyicha loyihalar qilish uchun goya va rejalarim bor. Germaniyada, masalan, imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus kongilochar tadbirlar, sayohatlar tashkil qilinadi. Germaniyada kar-soqovlar uchun maxsus moliyaviy imtiyozlardan tashqari turli ehtiyojlari uchun tarjimonlik xizmatlari davlat tomonidan qoplanadi. Bu sohadagi tarjimonlik xizmatlari ota zamonaviy, internet va boshqa smart texnologiyalar yordamida masofali ham bolishi mumkin. Har bir shaharda kar va soqov insonlarning bir nechtadan jamiyat va klublari bor. Turli tadbirlar tashkil qilishadi, teatrlar sahnalashtirishadi, raqsga tushishadi, sport bilan shugullanishadi va hokazo. Saarland universiteti yosh olimlari tomonidan yaratilgan avatar asosan veb-saytlar matnini kar-soqovlar tiliga ogirib berishga moljallangan. Bu ilmiy tadqiqotga eshitish imkoniyatiga ega bolmagan, kar-soqovlar tili oqituvchisi Peter Shaar (suratning quyi qismida) ham jalb qilingan.Foto: Alexis HeloirOqituvchim Peter hatto universitetda ilmiy tadqiqotlarda ham qatnashadi. Universitetimizning Germaniya boyicha informatika sohasidagi Maks Plank nomli yirik tadqiqot markazida shu yonalishda ilmiy loyihalar qilinayapti. Xususan, avtomatlashgan avatar-tarjimonni yaratishayapti. Lekin kar-soqovlar tilida emotsiya judayam muhim. Bunday odamlarning ozaro muloqotini kuzatsangiz, koz, ogizlaridan juda intensiv foydalanishadi. Chunki aynan shu emotsional ifodalar bu tilning negizini tashkil qiladi. Shunga bunday avatarni yaratish oson kechmayapti. Avatar emotsiyasi, yuz ifodasi haqiqiy odamnikidek chiqishi qiyin bolayapti. Bu avatar uchun Peter prototip vazifasini bajarayapti. Lekin ilmiy jamoa izlanishdan toxtamayapti. Agar nemis kar-soqovlari uchun avtomatik tarzda ishlaydigan avatar-tarjimon yaratilsa, unda buni boshqa tillarga ham bemalol tatbiq qilsa boladi.Zilolabonu Xoliqova Zilolabonu XoliqovaImkoniyatim malum darajada cheklangan bolsa-da, mening ham oz orzularim, intilishlarim, boshqa odamlardan qolishmaydigan salohiyatim bor. Biroq bularni royobga chiqarish uchun quruq niyatning, harakatning ozi yetmayapti. Orttirilgan va tugma karlik oqibatida hayotdan uzilib qolgan yoshlarning jamiyatda oz ornini topishlari uchun maxsus oliy oquv yurti yoki mavjud oliy talim muassasalari huzurida eshitish imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus oquv yonalishlari tashkil etilishini Ozbekiston rahbariyatidan sorab qolaman.Takidlashim kerakki, men kabi orttirilgan karlik muammosiga ega insonlar odatda tugma kar insonlardan kora talim olishda koproq tosiqlarga duch keladi. Oz misolimda aytadigan bolsam, 14 yoshimda aynan maktabda kelajak hayotim uchun eng muhim bolgan fanlarni ozlashtirishim lozim bolgan pallada umuman eshitmaydigan bolib qolganman. Menimcha, osha payti taqdirga tan berilib, menga aslida kar-soqovlar tilini organishim uchun imkoniyat yaratilishi kerak edi. Ota-onamni ayblamayman, lekin talimga masul tashkilotlar shunday holatda bola tosatdan eshitish imkoniyatiga ega bolmay qolganda uning sifatli talim olishi qanday amalga oshirilishi haqida ota-onaga, u oqiyotgan maktab mamuriyatiga togri yolyoriq korsata olishlari kerak edi, deb hisoblayman. Zilolabonu Xoliqovaning faxriy yorliqlariAfsuski, yetarlicha malumotga ega bolmaslik yoki kattalarning notogri qarori tufayli kar-soqovlar tilini organmaganman. Mana, endi ulgayib, ozimni anglab, oz yolimni topish uchun kar-soqovlar tilini astoydil organmoqchi bolganimda kerakli kitob va oquv materiallarini ham topa olmayapman. Istardimki: biz kabi orzulari olam, lekin ilojsizlikdan qiynalayotgan yoshlarga ham biroz etibor qaratilsa, talim olishga bolgan yuqori intilishimiz, istaklarimiz qollab-quvvatlansa; talim vazirliklari, yoshlar tashkilotlarida maxsus bolimlar tashkil qilinsa va bu masalalar rivojlangan davlatlarda qanday yechilgani muhokama etilib, hayotga tatbiq qilinsa; kar va soqovlar jamiyati xodimlari har bir tuman, chekka qishloqlargacha kirib borib, etibordan chetda qolib ketgan shunday insonlarni topib, ularni azolikka taklif qilsa, savod va malumotlarini oshirishga komaklashsa; zavod va fabrikalarda mehnat qilayotgan eshitish imkoniyati cheklangan xodimlar uchun alohida gazeta-jurnallar, onlayn videokanallar (ommaviy axborot vositalari) tashkil qilinsa, bu xodimlar orasidan ijodkorlari tanlab olinib, ular ham marifiy ishlarga jalb qilinsa; eshitish qobiliyati cheklangan insonlarga yoshidan qatiy nazar kar-soqovlar tilini organishlari uchun sharoitlar yaratilsa; kar-soqovlar tilini orgatadigan maxsus kurslar nafaqat eshitish imkoniyatiga ega bolmagan insonlarga, balki ularning yaqin qarindoshlari uchun ham imtiyozli tarzda tashkil qilinsa; kar-soqovlar tilini orgatadigan sifatli darslik va kitoblar kop adadlarda bosib chiqarilsa (bu taklifning royobga chiqarilishi kar-soqovlar tilini mustaqil organish istagidagilar uchun ayni muddao bolardi). Va yana bir orzum hozirda qurilayotgan namunaviy uylardan bizdek jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun bir mahalla alohida ajratilsa va bu yerda ozimizdek insonlar qonim topsa; bu kichik mahallalarda maxsus oqish va ish-joylari yaratilsa shunda biz kabi insonlar ozini yolgiz sezmay, odamlardan berkinmay, bir-birini qollab-quvvatlardi, bunday muhit va shart-sharoit bizga yanada kuchli motivatsiya bergan bolardi. Zilolabonu Xoliqovaning sotuvdagi Sukunat malikasi kitobiBizdek yoshlar moslashtirilgan sharoitlarda oqisa, ular orasidan ham yetuk mutaxassislar, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol kadrlar, hokim va deputatlar ham chiqadi. Biz hech kimdan kam emasmiz va bu sinovlarni, albatta, yengamiz. Lekin jamiyatda oz ornimizni topishimizda qollab-quvvatlovga muhtojmiz. Yangi yil biz kutgan natijalarni berishiga ishonamiz. Biz umid bilan yashayapmiz. Ushbu murojaatimizga tegishli tashkilotlar munosib javob yollashlarini barcha darddoshlarim nomidan umid qilib qolaman. dle 11.2
0