Eron AQShni tartibsizliklarga undashda ayblab, BMTga shikoyat yo‘lladi

Eronning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Ali Xushro‘y AQShni mamlakat ichki ishlariga aralashuvda ayblab, BMTga rasmiy shikoyat yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. G‘ulom Ali Xushro‘y. Foto: AP“AQSh rasmiylari davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquqning barcha tamoyillarini buzishda davom etmoqda. Donald Tramp boshchiligidagi Amerika ma’muriyati zo‘ravonlik va vayronkorlikka olib kelgan norozilik aksiyalarini qo‘llab-quvvatlab, Eronning ichki ishlariga tap tortmay aralashdi”, — deyiladi bayonotda.Diplomatga ko‘ra, Eron hukumati barcha davlatlardan bu xavfli siyosat qoralanishini kutadi va Qo‘shma Shtatlardan BMT Nizomi va xalqaro huquq tamoyillari asosida mas’uliyat bilan ish yuritishni talab qiladi. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий