Peterburgda maoshi berilmay, yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilgan ozbekistonliklar boyicha qoshimcha malumot berildi

Dekabr oyi boshida Peterburgda ozbekistonlik migrantlarga maoshi berilmay, yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilgani aniqlangan edi.Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ICA Construction kompaniyasi xodimlari bolgan ushbu fuqarolarning asosiy qismi 19-dekabr holatiga kora ish haqlarini toligicha olgan. Qolganlarning maoshlari ham kelishilgan jadval asosida beriladi.4-dekabr kuni bosh konsulxona va Ozbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borgan edi.Ozbekistonliklar va ICA Construction kompaniyasining masul xodimlari bilan bolib otgan uchrashuvlarda Sankt-Peterburgdagi ozbekistonlik migrantlarning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish boyicha aniq kelishuvlarga erishilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
+1