Ozbekistonda xizmatchilar tasnifiga yangi lavozimlar kiritildi

Ozbekistonda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori kengaytirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. Foto: DaryoXizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifiga qoshimchalar kiritildi. Natijada umumiy royxatda lavozimlar soni ancha ortdi: Davlat xizmatchilariga Prezident Administratsiyasi, Xavfsizlik kengashi xodimlari, ombudsman va biznes-ombudsman devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boyicha milliy markaz, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda boshqa davlat tuzilmalari xodimlari lavozimlari kiritildi; Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi boshqaruv xodimlari va mutaxassislariga ekskursiyalar byurosi boshligi, madaniyat va istirohat boglari, chakana savdo korxonalari, mijozlar bilan ishlash korxonalari, mehmonxonalar direktorlari (mudirlari), mehmonxona xojaligida zal, uchastka mudiri, rejalovchi iqtisodchi, direktor yordamchisi, maslahatchisi, seysmolog, texnik-seysmolog va boshqalar; diniy tashkilotlar tinglovchilariga katexizator, protodiakon, ustavchi va boshqalar qayd etildi. Lavozim nomi keltirilgan qatorda mashgulotlarning milliy standart klassifikatori boyicha ularga muvofiq kodlar, xodimlar toifalari (mutaxassis, boshqaruv yoki texnik xodim), ular malumotining eng past darajasiga bolgan talab va talim yonalishi kodi korsatiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0