Toshkentda Ozbekistonning Gaaga konferensiyasiga azo bolishi muhokama qilindi

Tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Ilhom Nematov Ozbekistonga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga boladigan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun kelgan Xalqaro xususiy huquq boyicha Gaaga konferensiyasi bosh kotibi Kristof Bernaskoni bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Foto: TIV matbuot xizmatiUchrashuv chogida Kristof Bernaskoniga mamlakatning yangi tashqi siyosati, saylov jarayonini demokratlashtirish uchun Ozbekistonda joriy qilingan yangiliklar, jumladan, xorijda Ozbekiston fuqarolarining yashash joylarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkillashtirish, saylovda kuzatuvchilarning rolini oshirish togrisida batafsil malumot berildi.Mamlakatning Xalqaro xususiy huquq boyicha Gaaga konferensiyasiga azo bolishi va Ozbekistonning mazkur tashkilot doirasida qabul qilingan konvensiyalarda ishtirok etishi istiqbollari bilan bogliq masalalar ham muhokama qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0