100 dollar 90 somga teng boladi: Ijtimoiy tarmoqlarda som denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqaldi, Markaziy bank buni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil 1 yanvardan boshlab som plastik kartalaridagi pullar 10000:1 ga nisbatda denominatsiya qilinishi, nollar soni torttaga kamayishi haqida xabarlar tarqaldi.Hozir muomaladagi 500, 1000, 5000, 10000, 50000 va 100000 somliklar 2020-yil 31-dekabrga qadar parallel ravishda amalda boladi. Denominatsiyadan keyin 1000 som 10 tiyinga, 10000 som yangi 1 somga teng boladi. 100 AQSh dollari 90 som atrofida boladi, deyiladi Facebookda tarqalgan xabarlarda.Ozbekiston Markaziy banki 21-dekabr kuni ushbu xabarlarga munosabat bildirdi. Unga kora, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi Ozbekiston hukumati va Markaziy banki tomonidan kozda tutilmagan, deyiladi Markaziy bank axborotida.Kun.uzning eslatishicha, 2019-yil boshida qator OAVlarda prezident Mirziyoyev 100 ming somlik yangi kupyurani valyutaning keyinchalik denominatsiyasi bilan chop etish togrisida korsatma bergani haqida xabarlar paydo bolgan. Oshanda Markaziy bank som denominatsiyasi qilinmasligini bildirgandi.2019-yil mart oyi boshlarida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov milliy valyutaning denominatsiyasini otkazish vazifasi qoyilmaganini bildirdi. Avgustda bolgan matbuot anjumanida esa Nurmurotov: Denominatsiya haqida gap ham bolishi mumkin emas. Bu hech kimning xayoliga ham kelgani yoq, degandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0