Navoiyda profilaktika inspektori yordamchisi yarim kechasi chaqaloq tugdirdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Toshquloq mahalla fuqarolar yigini profilaktika inspektori yordamchisi Sobir Eshnazarov tolgogi kelgan ayolga yordam korsatib, uning farzandini dunyoga keltirishiga yordam korsatdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.Voqea 19-dekabrga otar kechasi soat 03:30 atrofida yuz bergan. Oz xizmat vazifasini otayotgan Sobir Eshnazarov Jamoatchilik nazorat maskani yaqinidagi dokon oldida bir ayolning baqirayotganini eshitib qolgan. Zudlik bilan ovoz chiqayotgan tomonga borgan vaqti bir homilador ayol tuproqqa belanganicha yordam sorayotganini korgan.Sobir Eshnazarov zudlik bilan vaziyatni tushunib, ozi kiyib yurgan ustki kiyimini yechib, ayolning oz imkoniyatini ishga solib, farzand tugishiga yordam korsatgan. Bu harakati bilan Sobir Eshnazarov ona va farzandning tirik qolishiga sababchi bolgan, deyiladi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabarida.Shundan song zudlik bilan qol telefonida tuman tez yordam bolimiga qongiroq qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ona va bolani Xatirchi tuman tuguruq bolimiga olib ketgan. Hozirda ularning salomatligi yaxshi holatda ekanligini shifokorlar tasdiqladi, deyiladi viloyati IIB axborot xizmati xabarida. Foto: Navoiy viloyati IIBXatirchi tumani tuguruq bolimi navbatchi vrachi Ravshan Eliyevning sozlariga kora, ona va bolaga oz vaqtida yordam korsatilmaganida, ularning hayotini saqlab qolish mushkul bolardi, shu sababli ham profilaktika inspektori yordamchisining korsatgan jasorati ayni muddao bolgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0