The Diplomat muxbiri Toshkentda ayrim saytlarga kira olmayotganini malum qildi. AOKA cheklovlar yoqligini bildirdi

The Diplomat xalqaro internet jurnali muharriri Keti Puts Twitterdagi sahifasida Ozbekistonda inson huquqlari boyicha xorijiy veb-resurslariga kira olmayotgani haqida xabar yozib qoldirdi.Human Rights Watch tashkilotining sobiq vakili Stiv Sverdlov esa unga javoban Ozbekistonda inson huquqlari boyicha tanqidiy veb-resurslarga (Markaziy Osiyoda Inson huquqlari assotsiatsiyasi, Inson huquqlari uchun xalqaro sheriklik, Ozbek-German forumi, Norvegiya Helsinki qomitasi) kirish imkoniyati cheklanganini bildirgan.Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayevning malum qilishicha, ushbu holat yuzasidan agentlik mutaxassislari organish olib borgan va yuqorida tilga olingan veb-resurslarga kirishga cheklovlar mavjud emasligi aniqlagan.Ozbekistonda xorijiy yangiliklar saytlari hamda inson huquqlari boyicha veb-resurslarga bolgan cheklovlar allaqachon bartaraf etilgan. Ozbekistonning axborot siyosati cheklov va taqiqlarga emas, balki ochiqlikni taminlashga qaratilganini yana bir bor eslatib otmoqchiman, deb takidlagan Hikmatilla Ubaydullayev.Oradan biroz vaqt otib, Human Rights Watch tashkiloti sobiq vakili Stiv Sverdlov yuqoridagi saytlarni tekshirib korgani va ular ishlayotganini malum qildi. Shuningdek, Keti Puts buni korishdan mamnun ekanini bildirdi. U saytlarga ertalab kirib bolmagani, hozir esa buning uddasidan chiqqanini yozgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0