Eslatma: Saylovchilar nimalarni bilishi lozim?

22-dekabr kuni Oliy Majlis, viloyat, tuman va shaharlar deputatligi uchun saylovlar bolib otadi. Saylovlarda ovoz berishda ishtirok etadigan saylovchilar quyidagilarni bilishi lozim: ovoz berish ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 ga qadar davom etadi; saylovchida fuqarolik pasporti yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi bolishi lozim; qaysi saylov uchastkasida ovoz berish haqida malumotga ega bolmasangiz elections.uz/uz/site/polling-station manziliga kirib, tugilgan sana va pasport raqamini kiritgan holda ertaga ovoz beradigan saylov uchastkangizni aniqlab oling; saylov byulletenini yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchining yolgiz ozi toldirishi shart; ovoz berish tanlangan nomzodning familiyasi togrisida, ong tomonda joylashgan bosh kvadratga ? yoki ?? yoxud ?? belgisini qoyish lozim; saylov byulletenini mustaqil ravishda toldirish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchi oz xohishiga kora yashirin ovoz berish xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli; ovoz beruvchi toldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi; buzib qoyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga kora yangisiga almashtirilishi mumkin. Qoshimcha savollar, etiroz yoki shikoyatlar bolsa Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazining muntazam ishlab turgan umumrespublika 1197 telefon raqamiga bepul qongiroq qilish mumkin.Saylovlarda ishtirok eting, oz kelajagingiz uchun befarq bolmang!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0