Shayx Abdulaziz Mansur: Notogri tushunibsizlar dinimizda Yangi yilni bayram qilish yoq! (video)

Bir necha kun avval Islom sivilizatsiyasi markazi direktori orinbosari shayx Abdulaziz Mansurning milodiy Yangi yil bayramini nishonlash masalasiga doir mulohazalari elon qilingan edi.Mavzuga doir: Shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni nishonlash hukmi haqida fikr bildirdiUshbu mulohazalar jamoatchilik ortasida turli bahs-munozaralarga sabab boldi. Shu bois shayx Abdulaziz Mansur uning Yangi yil bayrami haqidagi mulohazalariga nisbatan bolayotgan etirozlariga munosabat bildirdi:Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alhamdulillah. Vassalatu-vassalamu ala Rasulillah. Ammo bad.Hurmatli aziz tinglovchilar! Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barakotuh.Kuni kecha milodiy yangi sana mavzusida efir orqali chiqish qilgan edim. Uni Ziyo studiyasi bir soat yozib olgan edi. Eshituvchilarga tushunarli bolsin, deb men dalillar bilan manbalarini korsatib, mana shu islom dinimizni nuqtai nazaridan bu mavzuga qanday qaralganligi togrisida bir soat izoh bergan edim. Lekin, afsuski, ertasi kuni mana shu bir soatlik suhbat besh daqiqaga qisqartirilibdi, shu sabab gaplar tushunarli bolmay qolibdi.Shuning uchun xalqimiz orasida, aholimiz ortasida turli tushunmovchilik va etirozlar paydo boldi. Goyoki: Shayx Abdulaziz Mansur Yangi yilni kutishga ruxsat beribdi, bir-birlarini tabriklashga ruxsat beribdi, Yangi yilni oqlab fatvo beribdi, degan har xil shov-shuv gaplar tarqaldi. Bu gaplar menga yetib keldi. Etirozlarning hammasidan xabarim bor. Shuning uchun, hozirgi chiqishimda mana shu etirozlarga oz munosabatimni bildirib, izoh bermoqchi edim.Yangi yil, Yangi yilni kutish yoki bu bayram bilan tabriklash yoxud uni bayram qilish kabi amallar bizning muqaddas Islom dinimiz manbaalarida hech qayerda korsatilmagan. U yoq narsa. Manbalarda Yangi yilni, u qaysi Yangi yil bolishidan qati nazar, hattoki hijriy yilni ham kutib olinsin, degan gap yoq. Shunday bolganidan keyin men qanaqasiga dini Islom manbalarida, ahkomlarida, shariatimizda yoq narsani xalqqa targib qilaman?!Men ustozlarni korgan, ularning tarbiyasini olgan ahli ilm odamiman. Men kormagan narsam bolsa, aniqlamagan narsam bolsa, manbalarini aniq bilmasam, konglim dilim taskin topmasa, u gaplarni gapirmayman. Tushunmovchilikni isloh qilib, tuzatib qoymoqchimanki, Yangi yilni kutib olish yoki tabriklash bu narsalar Islom dinimizda yoq. Bu odat dunyoviy odat bolib kelayotgan narsa. Buni dinga hech qanday taalluqli joyi yoq.Shu narsalarni eshitib, xalqimizga javob qilyapman, lekin bu narsalar kifoya qilmayapti. Shu sababli men xalqimizdan, eshituvchilardan iltimos qilamanki, bizni togri tushuninglar. Dinimizni qoldan kelgancha organib, xalqimizga yetkazishni niyat qilganmiz. Mana shu olgan ilmlarimizni faqat Islom dini yolida, xalqimizning etiqodi yolida sarflashni niyat qilganmiz.Shuning uchun Alloh subhanahu va taolo bunday tushunmovchiliklardan, zalolatdan ozi asrasin. Hidoyat uzra barchalarimizni sobit qadam qilsin. Vaassalamu alaykum va rahmatullohi taala va barakatuh.Shayx Abdulaziz MansurMavzuga doir: Ozbekiston musulmonlari idorasi archa bezatish sogliq uchun foydali ekanligini bildirdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0