Yunusobodda quduq ichidan jasad topildi

19-dekabr soat taxminan 13:45 da Toshkentning Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 5-uyning orqa tomonidagi quduq ichidan 55—60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining jasadi topilgan.“Postda.uz”ning yozishicha, tashqi ko‘rinishidan jasadga jarohat yetkazilmagan. Sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan jasad kimga tegishli ekanligini, marhumning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.“Surishtiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda”, — deyiladi nashr xabarida.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0