Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni ochirib tashladi

Facebook kompaniyasi ushbu ijtimoiy tarmoqda Gruziya hukumati va Gruziya orzusi hukmron partiyasiga aloqador onlab soxta akkauntlar va yuzlab sahifalar aniqlanganini malum qildi. Kommersantning yozishicha, umumiy hisobda 39 ta akkaunt, 344 ta sahifa va 13 ta guruh, shuningdek Instagramdan 22 ta akkaunt ochirilgan. Foto: SputnikQayd etilishicha, soxta akkauntlardan mahalliy auditoriyani jalb qilish maqsadida foydalanilgan. Ushbu sahifalar ozini yangiliklar manbasi sifatida korsatgan.Ular mamlakat ichidagi voqealar va siyosat togrisida saylovlar, hukumat ishi, amaldorlar va hokazolar haqida xabarlar joylashtirgan. Muxolifat va mahalliy faollar tashkilotlari faoliyati esa tanqidiy yoritilgan.Uning ortida turgan odamlar ozlarining kimligini yashirishga harakat qilganiga qaramay, izlanishlarimizda ularning Gruziyadagi Panda reklama agentligi va Gruziya orzusi boshchiligidagi hukumat bilan aloqadorligini korsatdi, deyiladi Facebook bayonotida.Facebook, shuningdek, misol tariqasida ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy yetakchilar togrisidagi postlardan skrinshotlarni ham keltirgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0