Idlibda jangarilarning ikki hujumidan song 17 nafar suriyalik askar halok boldi

Suriyaning Idlib viloyatida 19-dekabr kuni kechqurun sodir bolgan ikkita jangarilik hujumida 17 nafar Suriya askari halok boldi, deb xabar bermoqda Kommersant. Foto: SANAInterfaksning yozishicha, yana 42 kishi yaralangan, umumiy hisobda jangarilarning 200 nafari yaralangan va halok bolgan.Qayd etilishicha, 19-dekabr kuni soat 21:45 da 300 ga yaqin jangari zirhli transport vositasi bilan Ajaz-Tell-Xazna hududida joylashgan Idlib shahridagi Sinjar qishlogiga otishga uringan. Suriya harbiy kuchlari bunga javoban artilleriyadan ot ochib, aviatsiyadan foydalangan. Natijada jangarilar toxtatilib, soat 3:00 da ularning bostirib kirishiga butunlay barham berilgan.Shu bilan birga, soat 10:05 da terrorchilik guruhining 400 ga yaqin azolari piyodalar jangovar mashinasi va yirik kalibrli pikaplar yordamida Idlibdagi Abu Dali shahriga otish uchun Sukkayat Zarzur qismidagi hukumat qoshinlariga hujum qilgan.Hujum mina maydonida toxtatilib, Suriya qurolli kuchlarining birinchi bolinmalari ularni oqqa tutgan. Soat 2:00 da hujum qaytarilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0