Aktam Hayitov: Ozbekiston parlamenti tarixida Konstitutsiyaga zid qonunlar qabul qilinmagan

Liberal demokratik partiyasi yetakchisi Aktam Hayitovning sozlariga kora, Ozbekiston Oliy Majlisi oz tarixi mobaynida konstitutsion normalarga zid keluvchi qonunlar qabul qilmagan. Bu haqda Hayitov 20-dekabr kuni bolib otgan Demokratik debatda aytib otdi, deb xabar beradi Kun.uz. Foto: DaryoDeputatlar Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga zid qonunlar qabul qilinishiga qarshi tura oladi. Men aniq bilaman, parlament tarixida hali Konstitutsiyamizga zid bolgan qonunlar qabul qilinmagan. Hozir ham, bundan keyin ham qabul qilinmaydi, deb takidladi OzLiDeP lideri.Aktam Hayitovdan oldin soz olgan Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov 2019-yil aprelida Fermer xojaliklari togrisidagi qonunga kiritilgan ozgarish boshqa bir qonunga zid bolganiga etibor qaratgan.Qonunchilikda haqiqatan bir-biriga teskari tushirib qoladigan normalar uchrab turadi. Huquqshunoslarimiz yaxshi bilishadi, bunaqa holat bor. Ayniqsa, misol uchun, Fermer xojaliklari togrisidagi qonun bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari togrisidagi qonunlar bir-biriga zid kelib qolgani kabi. Xuddi shunga oxshash qonunlar qabul qilinmasligi uchun bu safar fraksiyamiz juda ham mustahkam ishlashiga vada bera olamiz, deydi Qodirov.Aktam Hayitov bunga javoban tilga olingan ikki qonun ortasida yuridik kolliziya yoqligini ishonch bilan takidladi.Mavzuga doir: Biz juda kop gosht yeyapmiz. Ozbekiston fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov gosht narxi oshishiga izoh berdiAlisher Qodirov Fermer xojaliklari togrisidagi qonun boyicha oz fikrlarini bildirib otdilar. U yerda ham bir-biriga zid keladigan normalar yoq. Buni yuristlarimiz yaxshilab korib chiqishdi. Bizdagi yuristlarning saviyasi ham yetarli darajada. Ishoning, bundan keyin ham parlamentimiz qonun ijodkorligi borasida xalqimizga naf keltiradigan, bir-biriga zid bolmagan va hayotiy qonunlarni qabul qiladi, deydi OzLiDeP yetakchisi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0