Buxoroda 3 oy davomida maoshini olmagan 1500 ga yaqin ishchi-xodimlarga 9 milliard 300 million som undirib berildi

Buxoroda 3 oydan buyon oylik maosh bilan taminlanmagan Buxgazsanoat qurilish aksiyadorlik jamiyatining 1500 ga yaqin ishchi-xodimlariga 9 milliard 300 million som mablag undirib berildi. Bu haqda Daryoga viloyat prokuraturasi axborot xizmati malum qilmoqda. Foto: Buxoro viloyat prokuraturasi axborot xizmatiXabarga kora Buxoro xalqaro aeroporti huzurida barpo etilayotgan rasmiy mehmonlarni kutib olish binosi qurilishida ish bajarib kelgan Buxgazsanoat qurilish aksiyadorlik jamiyatining 1500 ga yaqin ishchi-xodimlari Ozbekneftegaz milliy xolding kompaniyasi obyektlarining gaz konlarida qurilish-montaj ishlarini bajarib kelgan. Mazkur obyektda ishlar toliq bajarilishiga qaramasdan ishchi-xodimlarga oylik maosh oz vaqtida tolanmagan.Aniqlanishicha, joriy yilning may oyidan buyon qurilish ishlari davom etayotgan mazkur obyektda ishlayotgan ishchilarning mehnat haqlari Ozbekneftegaz milliy xolding kompaniyasi tomonidan 4 oy kechiktirilgan.Buxoro viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida moliyaviy-soglomlashtirish ishchi-guruhi tuzilgan. Ishchi-guruh tomonidan olib borilgan say-harakatlarga kora Ozbekneftegaz kompaniyasidan 2018-yil va 2019-yilning 1-choragi boyicha jami 23 milliard som qarzdorlik Buxgazsanoat qurilish aksiyadorlik jamiyati foydasiga undirib berilgan.Joriy yilning sentabr, oktabr, noyabr oylari uchun 9 milliard 300 million som miqdorida undirilgan mablaglar ishchi xodimlarga yetkazilgan. Ayni paytda dekabr oyi ish haqi uchun tegishli miqdordagi mablag undirilishi kozda tutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0