Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

2017-yildan boshlab dam olish kunlarini tartibga solish an’anasi boshlangandi. Natijada o‘tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olgan edi. Foto: “Daryo”Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, 2019-yilgi tartibga ko‘ra oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo‘lmaydi, 3 kun ketma-ket bo‘ladi, xolos.Haftasiga 5? kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi: 31-dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni); 1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami); 2-yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni). Izoh: 28-dekabr (shanba) hamda 4-yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.Haftasiga 6? kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi: 1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami); 2-yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni). Izoh: 30 va 31-dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.Quyidagi suratda yangi yil bayrami arafasidagi ish va dam olish kunlari haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. Foto: Xushnudbek Xudoyberdiyev

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0