Katta adron kollayderning navbatdagi ishga tushirilish muddatlari kechiktirildi

12-dekabr kuni Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazi (CERN) boshqaruv kengashining navbatdagi majlisi bolib otgan edi. Unda Katta adron kollayder rahbariyati tomonidan kollayderning 2021-yilga moljallangan navbatdagi ishga tushirilishi muddatini kechiktirishga qaror qilinganini aytdi. Bu haqda CERN rasmiy saytida xabar paydo boldi. Foto: CERNUnda aytilishicha, kollayderning tamirlash va modernizatsiyalashdan keyingi navbatdagi ishga tushirilishi avval reja qilinganidek 2021-yil fevralida emas, may oyiga kochirilgan. Tezlatkichda umumiy hisob boyicha uchinchi marta eksperiment boshlanishi esa avvalgi rejaga kora 2023-yilda emas, 2024-yilga kochirilgan. 2024-yildan keyingi, 20252027-yillarga moljallangan tanaffus paytida esa, kollayderga yangi qoshimcha uskunalar bilan toldirilishi belgilandi. Xususan, Ota yorqin kollayder (High Luminosity LHC) deb nom olishi belgilangan, yangilangan kollayder 2028-yilda ishga tushiriladigan boldi.Maqolada qayd etilishicha, otgan yil mobaynida, kollayder tezlatkichlarini yangilash boyicha keng miqyosli ishlar bajarilgan va uni uchinchi ishga tushirilishi uchun katta tayyorgarlik korilgan. Shu bilan birga, kollayderni Ota yorqin kollayder loyihasigacha modernizatsiya qilish ishlari ham parallel olib borilmoqda.Rejaga kora, kollayderning modernizatsiyadan keyingi holati (yani HL LHC) hozirgisi butun ish davrida yiqqanidan kora 10 barobar koproq malumot yiga oladigan boladi. Shu tariqa, u orqali elementar zarralar fizikasida yangi yonalishlar ochilishi, xususan, yangi subatom zarralar kashf etilishi va hozirda jumboq bolib turgan kvant hodisalarining mohiyatini tushunishga yol ochilishi mumkin. Olchashlar aniqligi ham keskin ortadi va cheksiz kichik miqdorlarni ham katta aniqlikda olchash mumkin boladi. Bu olamshumul rejalarni amalga oshira oladigan mukammal kollayder yigish uchun esa CERN muhandislariga qoshimcha bir yil kerak bolar ekan.Muzaffar Qosimov

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0