Tashqi ishlar vaziri orinbosari Rishton va Sox tumanini boglab turuvchi yol nega yana yopib qoyilganiga oydinlik kiritdi

Ozbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining Zarafshon zali Media hallida Yangi Ozbekiston yangi saylovlar munozara klubining navbatdagi tadbiri bolib otdi. Foto: Xalqaro press klubTadbir davomida Ozbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Ilhom Nematov Rishton va Sox tumanini boglab turuvchi Qirgiziston orqali otgan yol nega yana yopib qoyilgani haqidagi savolga javob qaytardi.Sox masalasi haqiqatan ham juda muhim masala. Qirgiziston bilan 1476 kilometrlik chegaraga egamiz. Shundan 2017-yil 5-sentabrda davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida 1753 kilometrga imzoladik, undan keyin qilgan ishimizda 305 kilometri qolgandi, hozir esa atigi 49 kilometr qolgan, xolos. Faqatgina uni tasdiqlashimiz kerak. Qirgiziston bilan Ozbekiston ortasida 21 ta chegara punkti bor, shundan 14 tasi tolaqonli ishlayapti. Qirgizistonning birgina Dostlik chegara punktidan oddiy kunlari bir sutkada 31 ming odam otyapti, shanbabozor koproq. Oldin 100200 kishi otardi.Ikkinchidan, Sox masalasi. Biz chegaraning ochilishidan bir kun oldin borgandik. Borib aholi bilan gaplashdik, korib chiqdik. Soxda juda katta ish qilingan, osha yerda 80 mingdan ortiq aholi yashaydi, ular bizning fuqarolar, lekin tojik millatiga mansub, etnik tojiklar. Sharoitlari yomon emas, juda yaxshi. Faqatgina bitta muammo yol edi. Biz Qirgiziston tomoni bilan kelishdik, yollar ham ochildi. Oshanda juda katta tantana bilan ochildi, non-tuz berildi, konsertlar qoyildi, tantanali gaplar gapirildi, biz tomondan Fargonaning hokimi, ular tomonidan Batkenning hokimi boldi, diplomatlar bolishdi. Ammo ikki kundan keyin yopib qoyildi. Buning sababi nimadan iborat, ular nimani bizga rokach qilyapti? Qirgiziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining azosi, ularda savdo rejimi bizning chegaradagi rejimlardan farq qiladi. Shuning uchun ham biz chegarani shunga kelishishimiz, moslashishimiz kerak, shu savdo rejimini bir-birimizga moslashtirishimiz lozim, degan bahona bilan berkitib qoyildi.Biz hozirgi kunda muzokara olib boryapmiz. Yangi yildan keyin ular bizga taklif qildi..., mana, 1819-dekabr kunlari uchrashuv qilishimiz kerak edi, lekin saylovlar bilan bolib, bizdagi tadbirlar bilan bolib, biz uchrasholmadik. Yangi yildan keyin uchrashamiz, ularga hozir bitimni berganmiz, nafaqat Sox, balki Shohimardon... Shohimardon ham bizning katta anklav, Shohimardonda bizning 6 ming aholimiz yashaydi, uning 41 kilometr chegarasi bor, uni biz tola rasmiylashtirdik. Shuning uchun hozir ular bilan faqat yol masalasini kelishishimiz kerak. Bitim imzolansa, kelajakda hech qanday muammo bolmaydi, deydi Ilhom Nematov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0