Qarshida 50 nafar qorbobo bayram tadbirlariga start berdi (video)

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahridagi 32 metrli eng baland bayram archasi atrofida to‘plangan 50 nafar qorbobo bayram tadbirlarini boshlab berdi. Bu haqda “Novosti Kashkadaryi” xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, bayram tadbirlari 10-yanvarga qadar davom etadi. Tadbirlarning boshlanishini ko‘rish uchun shahar aholisi va mehmonlari tashrif buyurdi.Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi asosiy Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona qarshisidagi maydonga o‘rnatilgan. Shuningdek, Tashkent City xiyobonida ham bayram archasi o‘rnatilgan. Namanganda esa O‘zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi o‘rnatildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0