SSV: Toshkentdagi ommaviy sayyor qabulda 161 nafar fuqaroning tibbiyot yonalishidagi muammolari hal etildi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida aholining tibbiyotga oid murojaatlarini organish, muammolarga joyida yechim topish va ularni ijobiy hal qilishga qaratilgan ommaviy sayyor qabul bolib otdi. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati malum qildi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiUnda Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov, Sogliqni saqlash vazirining birinchi orinbosari Bahodir Yusupaliyev hamda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va muassasalari, viloyat sogliqni saqlash boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari mutasaddilari ishtirok etdi.Ochiq muloqotda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davolanishga muhtoj, ogir turmush sharoitida yashayotgan, kam taminlangan, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari mutaxassislar ishtirokida tinglandi.Muloqot doirasida muammolar togridan togri yechimga yonaltirildi. Yani, joylardagi sayyor qabullar va ochiq muloqotlarda aniqlangan bemorlarning har biri xastaligiga qarab ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda respublika tibbiyot muassasalariga shu kunning ozida joylashtirilib, zarur jarrohlik amaliyotlari bajarilishi belgilab olindi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiOmmaviy sayyor qabulda jami 161 nafar fuqaroning murojaati hal etildi. Jumladan, 120 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bolsa, qolgan 41 nafariga rejali ravishda diagnostika va davolanishi uchun imtiyozli yollanmalar berildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0