Fargonada Janubiy Koreya uslubida qurilgan ikkinchi bogcha ish boshladi

Fargona viloyatining Uchkoprik tumanida Janubiy Koreya uslubida qurilgan bolalar bogchasining ikkinchisi ish boshladi. Bu haqda Daryoga tuman hokimligi axborot xizmati malum qilmoqda. Foto: Uchkoprik tuman hokimligi axborot xizmatiTumanning Mullazoir qishlogida ish boshlagan 160 orinli bogcha 6 milliard 810 million som mablag evaziga qurilgan bolib, bogcha xonalari milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oqishga qiziqishni uygotuvchi oquv-metodik, didaktik oyinlar va oyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan jihozlangan. Foto: Uchkoprik tuman hokimligi axborot xizmati Bogchaning tashqi tomonida esa bolalar uchun oyin va sport maydonchalari, yozgi ayvonchalar zamon talabi darajasida qurib bitkazildi, deydi tuman maktabgacha talim bolimi mudiri Gulchehra Hamidova. Ushbu maskan zarur mebel va oyinchoqlar toplami, korgazmali vositalar bilan toliq taminlangan. Foto: Uchkoprik tuman hokimligi axborot xizmatiMalum qilinishicha, bogchada rus va ingliz tilida talim-tarbiya beriladi.Qayd etilishicha, mazkur qishloqda ilgari bolalar bogchasi bolmagan. Viloyatda Janubiy Koreya uslubida qurilgan bogchalar soni hozirda 2 tani tashkil etadi.Ayni paytda tumandagi mavjud bogcha yoshidagi 18 318 nafar bolaning 8 468 nafari maktabgacha talimga qamrab olingan. Hozirgi kunda tumanda 90 ta maktabgacha talim tashkiloti faoliyat yuritadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0