Chukotkada dunyoda yagona suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi (video)

Chukotkada dunyoda yagona suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Foto: “Rosatom”Stansiya generatorlari Chukotkaning Pevek shahriga ulandi. Generatorlar ishga tushishi bilan shahardagi Yangi yil archasi ham nur bilan bezatildi.“Akademik Lomonosov” Rossiyadagi o‘n birinchi atom stansiyasi bo‘ldi. Keyinchalik u foydalanishdan chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan Bilibin AESning o‘rnini bosadi.Stansiyaning ikki reaktor qurilmasi aholisi 100 minggacha bo‘lgan shaharni elektr bilan ta’minlashga qodir. Kema 13 yil davomida Peterburgdagi “Baltika” zavodida qurilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0