Xalqaro kosmik stansiyaga parvozi omadsiz bo‘lgan Starliner kemasi 48 soat ichida Yerga qaytarildi

Starliner kosmik kemasi 48 soat ichida Yerga qaytarildi. Bu haqda Boeing kompaniyasining kosmik dasturlar bo‘yicha vitse-prezidenti Jim Chilton xabar berdi, deb yozmoqda Meduza. Foto: SpaceBoeing tomonidan astronavtlarni Xalqaro kosmik stansiyaga jo‘natish uchun ishlab chiqilgan Starliner kemasi uchirilganidan so‘ng, 20-dekabr, juma kuni kosmik stansiyaga yaqinlashish uchun zarur orbitaga kira olmagan.NASA rahbari Jim Brayndenstaynning so‘zlariga ko‘ra, Starliner’ning vaqtni hisoblash tizimida muammo yuzaga kelgan va kema kerakli orbitaga chiqqani haqida vaqtidan oldin qaror qilgan.Atlas V raketasi bilan uchirilgan Starliner eltuvchi raketadan ajralganidan keyin uning dvigateli kerakli orbitaga chiqish uchun yetarli impuls bera olmagan.Kema Xalqaro kosmik stansiyaga 280 kilogramm yukni olib chiqishi kerak edi. Bu Starliner’ning kosmosga birinchi parvozi bo‘lib, uning bortida ekipaj bo‘lmagan. Kemaning uchirilishi va XKS bilan bog‘lanishi 2020-yilga rejalashtirilgan sinov missiyasi oldidan so‘nggi tekshirish bo‘lishi kerak edi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0