IIV vakili soha xodimlari orasidagi oz joniga qasd qilish holatlari haqida gapirdi

Ichki ishlar vazirligining barcha bolimlarida psixolog lavozimi joriy etilgan. Psixologlar oz rejasiga asosan soha xodimlari bilan navbatma-navbat suhbatlar olib boradi. Vazirlik vakillarining xizmat qilishga qay darajada tayyorligi, muammosi mavjud yoki yoqligini aniqlaydi. Songra rahbariyatga ular haqida axborot beradi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida otkazilgan brifingda malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri. Foto: DaryoVazirlik vakili Aziz Fayziyevning malum qilishicha, psixologlarning asosiy vazifasi xodimlarning ruhiy zoriqishlari, stress holatlarining oldini olish, jamoadagi manaviy-ruhiy muhitni yaxshilash. Psixologlar har bitta sohaviy xizmat bolinmalariga borib, osha yerdagi ruhiy holatni organadi va rahbariyatga oz xulosalarini taqdim qilib boradi. Saf bolinmalaridagi xodimlar qurol bilan xizmatga chiqishgani bois koproq ularning ruhiy holati psixolog nazoratidan otadi. Shuningdek, vazirlikning hamma bolinmalarida ruhiy yengillik xonalari ham tashkil etilgan.Matbuot anjumanida IIV Kadrlar bosh boshqarmasi bolim boshligi Farid Abdiyev ichki ishlar xodimlari orasida oz joniga qasd qilish holatlari haqidagi savolga munosabat bildirdi.Uning sozlariga kora, oz joniga qasd qilish holatlari asosan xizmat faoliyati bilan bogliq bolmagan holatlarda sodir boladi. Oilada, qanaqadir qarzdorlik bolgan holatlarda roy berishi mumkin.Farid Abdiyevning malum qilishicha, xizmatning ish yuklamasidan kelib chiqib, oz joniga qasd qilish holatlari yoki xizmat paytida qanaqadir xizmat quroli bilan oz joniga qasd qilish kamdan-kam bolgan. Oldinlari bu haqda eshitganman, lekin songgi paytlarda bunaqa holatlar kuzatilgani yoq, dedi Farid Abdiyev.Eslatib otamiz, joriy yilning aprel oyi oxirida Toshkent viloyati IIB Jazoni ijro etish boshqarmasi tasarrufidagi 42-sonli manzil koloniya tartibot bolinmasi tezkor vakili 27 yoshli A.A.ning jasadi xizmat kiyimining charm kamariga osilgan holatda topilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0