Namanganda saylovchilarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatgan OzLiDeP nomzodi mamuriy javobgarlikka tortildi

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashiga Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Namangan shahridagi 32-Isfarxon saylov okrugidan nomzodi korsatilgan Z.Xojayev saylovoldi tashviqoti tartibini buzgani uchun mamuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. Foto: Bosh prokuraturaMalum qilinishicha, Z.Xojayev 2019-yil 34-dekabr kunlari Namangan shahridagi nomzodi qoyilgan Haqiqat hamda Margilon MFYda yashovchi saylovchilar bilan uchrashib, saylov kuni unga ovoz berishlari uchun ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tekin tarqatib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Z.Xojayevga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 51-5-moddasi bilan mamuriy javobgarlik togrisida ish qozgatilib, toplangan hujjatlar mazmunan korib chiqish uchun Namangan shahar mamuriy sudiga yuborilgan.Namangan shahar mamuriy sudining 2019-yil 20-dekabrdagi qaroriga asosan, Z.Xojayevga Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 51-5-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorida jarima jazosi qollanilgan.Ozbekiston Saylov kodeksining 44-moddasiga kora, deputatlikka nomzodlar tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar korsatish bilan qoshib olib borish taqiqlangan.Avvalroq OzLiDePning Toshkent shahar kengashiga korsatilgan nomzodi saylovchilarga arzon narxda un va yog sotgani uchun javobgarlikka tortilgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0