“Arsenal”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

“Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga yordam berib kelgan Mikel Arteta Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmat xabar berdi. Foto: “Arsenal”37 yoshli Arteta “Arsenal” bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.Ma’lumot uchun, Mikel “Arsenal” safida 2011—2016-yillarda to‘p tepgan. Shundan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlab, “Manchester Siti” murabbiylar shtabida Xosep Gvardiolaning yordamchisi sifatida ish boshlagan.“Arsenal” esa 29-noyabr kuni qoniqarsiz natijalar sabab Unai Emerini ishdan bo‘shatgandi. Uning o‘rniga klubni vaqtincha Frederik Yungberg boshqarib turdi.Qayd etish joiz, London klubi Angliya Premyer Ligasida 17-turdan so‘ng 22 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0