Qashqadaryodagi korxonaning neft-gaz qazib oluvchi uskunasi qarzdorlik evaziga olib qoyildi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan neft-gaz qazish ishlari bilan shugullanuvchi korxonaning neft-gaz ishlab chiqaruvchi asosiy uskunasini qarzdorlik evaziga hatladi. Bu haqda Daryoga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. Foto: MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasiMalum qilinishicha, Koson neft-gaz qidiruv ekspeditsiyasi MChJning soliqdan qarzdorligi 3,3 milliard somga yetgan. Ammo muddat otsa-da, qarzdorlik bartaraf etilmagan. Shu sababli Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 9-dekabrdagi qaroriga asosan Guzor tumani Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga ushbu pul miqdorini undirish haqida ijro hujjati chiqqan. Foto: MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasiQayd etilishicha, ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Koson tuman bolimi ish yurituviga kelib tushgandan song joriy yilning 16-dekabr kuni bolim xodimlari qarzdorlikni undirish maqsadida korxona joylashgan manzilga borib, qarzdorlik evaziga tashkilotning yotoqxona binosi hamda bahosi 3 milliard som turuvchi Uralmash rusumli neft va gaz qazib oluvchi burgulash uskunasini hatlab olgan. Foto: MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasiHozirda bu mol-mulklarni baholash choralari korilmoqda. Kelgusida qarzdor mavjud qarzdorlikni qoplamagan taqdirda, hatlangan mol-mulklarni sotish orqali qarzdorlikni qoplash choralari koriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0