Qumqorgondagi suv omboridan jasadi topilgan oquvchi boyicha Xalq talimi vazirligi malumot berdi

17-dekabr, seshanba kuni Surxondaryo viloyati Qumqorgon tumani Xojamulki mahallasi hududidagi Janubiy-Surxon suv ombori qirgogidan 13 yoshli oquvchining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. Xalq talimi vazirligi mazkur holat boyicha malumot berdi.Mavzuga doir:Qumqorgondagi suv omboridan maktab oquvchisining jasadi topildiXabar berilishicha, Surxondaryo daryosining Qumqorgon tumani Xojamulki mahallasi yonidan oqib otuvchi qismida maktab oquvchisi jasadi topilganligi togrisidagi xabar organilgan.Aniqlanishicha, 2019-yil 12-dekabr kuni soat 17:00 atrofida Qumqorgon tumani Xojamulki mahallasida joylashgan 6-sonli umumtalim maktabining 7-sinf oquvchisi, 2006-yilda tugilgan B.O. ozining sinfdoshi, 2006-yilda tugilgan A.Sh. tomonidan kaltaklangan va Surxondaryo daryosining Xojamulki mahallasi yaqinidan oqib otuvchi qismiga choktirib yuborilgan.Surishtiruvlar natijasida aniqlanishicha, vafot etgan B.O.ning maktabdagi oqishlari qoniqarli bolgan, uning maktab ichki tartib qoidalariga rioya etmasligi boyicha maktab mamuriyati tomonidan ota-onalar yigilishlarida uning onasiga ogzaki bildirish berilgan. Ushbu oquvchining otasi bir necha yillardan buyon Rossiyada ishlayotgani sababli, oquvchi onasi tarbiyasida bolgan.Marhumni kaltaklagan A.Sh. maktabda yaxshi baholarga oqib kelgan va sinfning faol oquvchilaridan bolgan, sinfdoshi B.O. bilan bir-birini mazax qilishi natijasida ozaro tortishib qolgan va ular ortasida janjal kelib chiqqan. Janjalda A.Sh. sinfdoshi boshining orqa qismiga tayoq bilan urgan va uni suvga itarib yuborgan.Surishtiruvlar jarayonida shu maktabning 6-sinf oquvchisi, 2007-yilda tugilgan O.J. ular ortasidagi tortishuvga guvoh bolganligi, biroq voqeaga aralashmaganligi aniqlandi.Hozirda jinoyatni sodir etgan ikki nafar voyaga yetmagan bolaga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qozgatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0