Twitter asoschisi Facebook asoschisiga obunani namoyishkorona bekor qildi

Twitter asoschisi Jek Dorsi Facebook asoschilaridan biri Mark Sukerberg akkauntiga obunani hammaga obunachilari koradigan qilib bekor qildi, deb yozmoqda Gazeta.ru. Foto: Ferra.ruUndan buning sababi soralganda Twitter matbuot xizmati otgan yili ikki IT yetakchilari ortasida kelishmovchilikka sabab bolgan hayvon echki emojisini yuborgan.Qayd etilishicha, otgan yili echki haqiqatdan ham ularning ortalariga sovuqchilik tushishiga sabab bolgan. Shu yilning yanvar oyida Twitter asoschisi intervyu berib, unda Facebook rahbari bilan eng esda qolarli uchrashuvi haqida gapirib bergan. Uning aytishicha, Sukerberg oz qollari bilab echkini oldirgan va undan kechki taom tayyorlanib, dasturxonga tortilgan.Gap shundaki, 2011-yilda Mark Sukerberg uyushtirgan chellenj doirasida faqat oz qoli bilan oldirgan hayvonlar goshtini yeyishni boshlagan. Ozining bunday tutgan yolini istemol qiladigan goshtga nisbatan minnatdorchilik hissini sezishi uchun qilishi bilan izohlagan.Bu yili faqat ozim oldirgan hayvonning goshtini istemol qilishga qaror qilganimdan beri deyarli vegetarianga aylandim, degan u.Biroq, Dorsi uning bunday ishtiyoqini ijobiy baholamadi. Uning aytishicha, Sukerberg echkini lazerli topponcha bilan oldirgan, song uni qassobga bergan. Tushlikka oldirilgan echkidan tayyorlangan gosht qoyilgan, lekin u negadir sovuq bolgan. Twitter asoschisi shu kuni faqat salat yeganini eslagan.Biroq, xabarda aytilishicha, Jek oldirilgan echki uchun shuncha yildan buyon gina saqlayotgani ehtimoli yuqori emas.Dorsining Sukerbergga obunani bekor qilish qarori mafkuraviy qarashga ega bolishi mumkin. Ular songgi paytlarda muhim ijtimoiy masalalarda ochiqchasiga qarama-qarshi pozitsiyani egallamoqda.Oktabr oyida Dorsi Twitter barcha siyosiy reklamalarni taqiqlashini elon qilgan. Facebookda esa aksincha, ular bunga aralashmasliklari, siyosiy mazmundagi matnlarni namoyish etishda davom etishlari va hatto ularni tekshirib otirmasliklari aytilgan. Sukerberg bu yondashuvni soz erkinligini rivojlantirish istagi bilan izohlagan.Shuningdek, shu oyda Dorsi Sukerbergni tanqid qildi va Twitter hech qachon uning Libra kriptovalyutasini qollab-quvvatlamasligini aytgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0