Bozorchi ayollar ayol emasmi? Bozorchi ayol hikoyasi

Daryo ijtimoiy hayotda oz orniga ega, biroq jamoatchilik etiboridan kopincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda.Soyadagi odamlarloyihasining bu galgi qahramoni ottiz yildan buyon bozorda savdo qilib kelayotgan ayol.Suhbatdoshimizning iltimosiga kora, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bolgan boshqa malumotlar ozgartirildi.Ismim Zulfiya. Yaqinda 62 yoshga kirdim. 30 yildan beri dehqon bozorida savdo qilaman. Foto: DaryoBolaligimdan fermada sut soguvchi bolib ishlaganman. Togrisini aytsam, maktabda oqimaganman. Birinchi sinfdan 3-sinfgacha uch kun borganman xolos. Oqituvchim maktabga kelmaganim uchun sinfdoshlarim ichida meni qattiq urgan. Osha paytlari qora rangli siyoh bolardi. Peroni unga tekkizib yozardik.Kaltak yeganimdan keyinjahl ustida ana shu siyohdonni oqituvchimni boshidan quyib, qochib ketganman. Shu boyi qaytib maktabga bormaganman. U paytda hozirgidek davomat kuchli tekshirilmasdi. Keyin savdoga organdim. Soggan sut-qatiqlarimni bozorga olib kelib, sotib ketardim.Bozor menga kop narsani orgatdiMasalan, osha paytlari rus tilini bilmasdim. Bozorga mabodo ruslar kelib qolsa, narxini qolimda yoki qogozga yozib korsatardim.Keyinchalik oila qurdim, farzandli boldim. Besh-olti yil uyda otirdim. Balki keyin ham uyda otirishim mumkin edi, agar hayotimda yoqotishlar bolmaganida... Birdaniga uch yaqin insonimni ota-onamni, turmush ortogimni tuproqqa qoydim. Yosh edim, kutilmagan yoqotishdan dovdirab, ikki oy bir joyda yotib qoldim. Sogligim yomonlashgandan keyin doktorlar tekshirib, ozingizni chalgiting, biror ish bilan mashgul boling deb maslahat berdi. Xotiralardan qochish, kongil yozish va uch godagimni boqish uchun bozorga chiqdim. Foto: Unsplash.comOdamlarni korib yozilamanHozir bolalarim ertalab meni bozorga tashlab, kechki payt ozlari olib ketishadi. Iloji boricha bir kun ham bozordan qolmaslikka harakat qilaman. Agar uyda qolsam, xotiralar meni yeb qoyadiganday. Bozorga kelib chalgiyman, ogriqlarimni unutganday bolaman.Yoshim otib borsa-da, bolalarim bozorga chiqishimga qarshilik qilishmaydi. Faqat kichkina oglimning jahli chiqadi. Ona, boldi qiling, bunaqa sovuqlarda kochada turmang, kasal bolib qolasiz, deydi. Lekin katta oglim unaqa dema uka, onam qayerda ozini baxtli his qilsa, osha yerda ishlasin, deb yonimni oladi.Bolalarim haqida gapiradigan bolsam, uch farzandim bor. Bir qiz va ikki ogil. Qizim yonimda savdo qiladi. Katta oglim savdogar, mashina olib sotadi. Kelinim esa kiyim-kechak savdosi bilan shugullanadi. Kichkinam kirakash. Barchamiz savdo sohasidamiz.Sahardan bozorda hayot qaynaydiSavdogarlar turli shaharlardan: Baxmal, Namangan, Shohimardondan meva olib kelishadi. Har kuni soat 5:00 da kelib, optomdan yuk olaman. Keyin qorongu tushib, bozor bekilguncha shu yerda turaman.Bilasizmi, sheriklarimning aytishicha, erlari yoshi katta xotin sahardan kelib ish boshlaydi, senlar kech kelasan, deb urishib berarkan.Sotuvchining prinsiplariSotishning har xil usullari bor. Agar toyga yoki qandaydir marosimlar uchun olayotgan bolsa, yaxshi muomala qilsa, ustiga ming som qoyib sotaveraman. Yoki birinchi xaridor bolsa, bay ochish uchun ancha narxidan otib beraman. Agar muomalasi yoqmasa, ancha qimmat aytaman yo umuman sotmayman.Odamlardagi mensimaslik xislatini juda yomon koramanBazi xaridorlar kelib qolini uchida yoki yerdagi korobkani tepib turib, mana bu qancha deb sorashadi. Yomon jahlim chiqadi. Axir yeydigan narsani oyogi bilan tepish yaxshi emas. Ozimizda kop mevalar yoq. Odamlar uzoq viloyatlardan qancha qiynalib olib kelishadi.Bu yil olma kam boldi, shunga yarasha narxi ancha baland. Shuning ortidan ham kop kelishmovchiliklar chiqyapti. Nimaga qimmat sotyapsiz deb urishganlar kop boladi. Gohida iye ozingiz qanchaga oldingiz demaydi-ya deb xafa bolib qolaman.Pul topish uchun bozorga chiqmaymanDokon qilish niyatim bolmagan, doim ochiqdasavdo qilaman. Togri, qishlarda, qahratonlarda tashqarida turish qiyin boladi, lekin kochada sotish har taraflama yaxshi. Ortiqcha xarajatning oldini oladi. Masalan, yaqinda bir sherigim anchagina pul sarflab, akfadan dokon qildi. Lekin hokim kelib bir kunda buzdirvordi. Shuncha pulga kuygani qoldi. Shuning uchun ochiqda sotgan qulay. Hozir bir yarim millionga katta zontik olib kelib tarqatishdi. Arendaga oldik. Endi uni yoyib qoyib sotaveramiz. Foto: DaryoTushum bozorga qarab. Agar yaxshi bolsa, kuniga 80-100 ming som topaman. Bolmadi deganda 50-60 ming som. Agar qancha kop dastmoya qilsangiz, shuncha kop qoladi. Bunisi ham bor.Yana bir gap. Ochigi, bu yerga pul topish uchun chiqmayman. Bolalarim yaxshi topishadi. Ishlashimga hojat yoq. Lekin uyda otirsam siqilib qolaman. Xuddi uy meni yutib ketgandek bolaveradi. Shuning uchun qancha topsam ham bozorga chiqaveraman.Bozorchi ayollar janjalkash boladimi?Ha, aksariyati asabiy, urishqoq boladi. Chunki hayot ularni shunga majbur qilgan. Yonidagilar bilan joy, mol talashib urishadi. Masalan, men on yashik olma olayotgan bolsam, kelib besh yashigini menga berasiz deb talashadi. Shundan keyin janjal chiqib ketadi.Bilasizmi, hech kim janjalkash bolib tugilmaydi, oz-ozidan urishqoq ayolga aylanmaydi. Hammasi tirikchilik qilaman, bolalarimni boqaman deb shu holga tushishadi. Mana yonimdagi ayolning yaqinda eri olamdan otdi. Bolalarini boqish uchun bozorga chiqqan, oson emas. Ular ham ayol! Ular ham baxtli yashashga haqli. Biroq alamlar, qiyinchiliklar ayolni shunaqa qilib qoyadi.Bunda xaridorlarning ham hissasi katta boladi. Masalan, hozir ikkita yosh qiz kelib, olma narxini soradi. Aytsam, Tavba, uyalmasdan 15 ming deyishini qaranglar, qollarini ogzilariga tiqvopti, deb piching qilib ketishdi. Jahlim chiqdi. Lekin indamadim.Togri, gohidabu yil olma kam boldi-da, shuning uchun hozir qimmat deb aytganlar ham boladi. Afsuski, tushunadiganlar oramizda juda kam-da. Ana shu piching, qattiq gaplar odamni shunaqa asabiy va urishqoq qilib qoyadi.Hayotimdan mamnunmanBolalarim bor, hammasi oz yolini topgan. Oilam tinch, ishim bor. Har kuni ishdan keyin nabiralarimga nimadir olib boraman. Xursand qilaman. Hayotimdan mamnunman.Yangi kelayotgan yildan ham niyatlarim kop. Oglimning kichik farzandiga sunnat toy qilishimiz kerak. Toyni otkazib olgandan keyin nasib qilsa Hajga borish niyatim bor.Xonzodabegim Azamova suhbatlashdi.Avvalgi soyadagi odamlar:Ozbekiston fuqaroligini olsam, mendan baxtli odam bolmasdi. Konduktor ayol hikoyasiOnamga qasd qilib, hayotimni barbod qildim. Adashgan qiz hikoyasiDavlat idoralarining hadeb tekshiraverishi yoqmaydi. Etikdoz hikoyasiAravakashlik qilib, qizimni ToshMIda oqitdim. Aravakash amaki hikoyasiTushimda marhum erim tinmay olovda yonardi. Gulchi ayol hikoyasiMusorga tashlab yuborilgan 34 million somni topib berganman.Chiqindi yiguvchi amaki hikoyasiModellar boylarga jazman boladimi?Modelqiz hikoyasiTarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va gosht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi. Qassob yigit hikoyasiTilanchilar taksida, oqituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz. Kirakash yigit hikoyasiPul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas! Ofitsiantlik qilayotgan Ozbekiston chempionining hikoyasiBoy olsa olsin, kambagal olmasin. Gorkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasiMenga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bolishni xohlayman. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasiOzbekiston olikxonalarida murdalar sotilmaydi! Morg xodimining hikoyasiOfitsiantlar qopol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman. Ofitsiant yigit hikoyasiNovvoy bolib koz nurimni yoqotyapman. Novvoy yigit hikoyasi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0