Microsoft bosh direktori yil odami deb topildi

Microsoft bosh direktori Satya Nadella Financial Times nashri versiyasi bo‘yicha yil odami bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar bermoqda. Foto: MicrosoftU kompaniyaga texnologik yetakchi maqomini qaytarishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Oldinlari Apple va Google Microsoft’dan bu borada o‘zib ketgandi.Nadella ushbu lavozimni deyarli 6 yildan beri egallab kelyapti. Bu vaqt mobaynida aksiyadorlarning umumiy daromadi 1 trillion dollardan oshdi.Financial Times Nadellaning yutuqlaridan biri sifatida Microsoft uchun 2019-yil xotirjamlik bilan o‘tganini qayd etdi — kompaniya gazetalar sarlavhalarida deyarli ko‘rinmadi.“Hozirda Microsoft iste’molchilarga emas, korxonalarga texnologiyalar sotishga e’tibor qaratgan, shu bois, ko‘pincha sahna ortida qolmoqda”, — deyiladi maqolada.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0