BMT Saudiya Arabistoni neft obyektlariga hujum qilganlarni hozirgacha aniqlay olmadi

BMT Saudiya Arabistoni neft obyektlariga hujum uyushtirganlarni aniqlagani yo‘q va bu boradagi o‘rganishlar davom etmoqda. Bu haqda xalqaro tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Dikarlo Xavfsizlik kengashining Eron bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. Foto: Reuters“Dastlabki tahlillarimizdan kelib chiqib, kotibiyat uchuvchisiz uchish qurilmalari yoki biz qo‘lga kiritgan komponentlar Eronga tegishli bo‘lganini tasdiqlay olmaydi. Ekspertlarimiz neft obyektlariga yo‘llangan qanotli raketalar qoldiqlarini o‘rganishda davom etmoqda”, — dedi Dikarlo.Saudiya Arabistoni neft zavodlariga dronlar hujumi sentabrda amalga oshirilgan va buning uchun javobgarlikni xusiylar zimmasiga olgandi. AQSh rasmiylari Eronni hujumga aloqadorlikda ayblamoqda.Mavzuga doir: Yamanlik isyonchilarning dronlari Saudiya neft obyektlariga so‘nggi 10 yildagi eng katta hujumni amalga oshirdi. Mamlakatda neft qazib olish ikki barobar qisqardi

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0