Xorazmda texnologiya instituti tashkil etiladi

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Urganch RANCH texnologiya institutini tashkil etish togrisidagi qarori muhokama uchun joylashtirildi. Foto: OzAQayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va Ozagrotexsanoatxolding tarkibidagi Urganchkormmash aksiyadorlik jamiyatining Urganch shahrida nodavlat talim xizmatlarini korsatuvchi Urganch Ranch texnologiya institutini tashkil etish togrisidagi taklifi maqullanishi mumkin.Quyidagilar institutning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib belgilanadi: mashinasozlik sohasi va respublika iqtisodiyoti real sektori tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnika (avtomobilsozlik, traktorsozlik, qishloq xojaligi mashinasozligi, qishloq xojaligini mexanizatsiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, tarmoqlar uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish) va unga turdosh sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash; respublika mutaxassislarini va yuqori malakali chet ellik, shuningdek, chet elda faoliyat korsatayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish bilan mashinasozlik va boshqa texnik fanlar sohalarida faoliyat korsatuvchi xorijning ilgor oliy talim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlikni yolga qoyish; xorijning ilgor oliy talim muassasalari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik asosida professor-oqituvchilar malakasini oshirish, malaka amaliyotlarini tashkil qilish va tajriba almashish qoshma dasturlarini amalga oshirish; talim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida talabalarning amaliyotlarini bevosita hududda joylashgan yirik ishlab-chiqarish korxonalarida soha mutaxassislari ishtirokida amalga oshiradigan dual talim tizimini joriy etish; ishlab chiqarish bilan bevosita integratsiyani taminlagan holda oquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, talim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish; iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud muammolar va ehtiyojlarni hisobga olgan holda texnika va unga yondosh fanlar sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish. muassis bilan BelarusRossiya universiteti (Belarus Respublikasi) ortasida institutda fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qollash bilan talim jarayonini tashkil etishda hamkorlik qilish boyicha kelishuv imzolangan. Belgilanishicha: institut masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy talim tashkiloti hisoblanadi; institutda talim jarayoni Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda ilgor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, oquv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiriladi; institutda talim jarayoni Ozbekiston Respublikasida mavjud bolgan talim shakllarida (kunduzgi, sirtqi, kechki) ozbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi; institutga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari institut tomonidan mustaqil belgilanadi; bakalavriat talim yonalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Institutning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda institut tomonidan belgilanadi; institutda oqish tolov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; institutning oqish jarayoni Urganchkormmash aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilgan Xorazm viloyati, Urganch shahri Xonqa kochasi 26-uy manzilida tashkil etiladi; institutda talim faoliyati 20202021-oquv yilidan boshlanadi. institut bitiruvchilariga Ozbekiston Respublikasida oliy malumot togrisidagi hujjat sifatida etirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi. Institutga har yili yangi oquv yili boshlanguniga qadar mavjud talab va ehtiyojni hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olib, mehnat bozori konyunkturasining tez ozgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini taminlaydigan yangi bakalavriat talim yonalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat beriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0