Sodiq Safoyev: 3 yil avval Ozbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi

20-dekabr kuni Ozbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining Zarafshon zali Media hallida Yangi Ozbekiston yangi saylovlar munozara klubining navbatdagi tadbiri bolib otdi. Foto: DaryoYangi Ozbekiston yangi saylovlar mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy ozgarishlar, saylovoldi tashviqotini yakunlash, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantirish istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.Kun.uzning yozishicha, Ozbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi orinbosari Sodiq Safoyev tadbir davomida hozirgi ozgarishlar haqida gapirib otdi.3 yil avval Ozbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi. Davlat oz asosiy funksiyalarini togri bajarmayotgan mamlakatlar safiga kiritilgan edi. Tushunarliki, shunday tahlilning ozi korsatadiki, mamlakatdagi vaziyatni chuqur bilgan hukumat azolari hamda birinchi navbatda, 13 yil davomida bosh vazir bolgan inson albatta bu yerdagi ozgarishlarni boshlamasdan iloji yoq edi. Mamlakatning rivojlanishi konsepsiyasi, falsafasi ozgarishi kerak edi va ilgaridagidek barchamiz marksistik yondashuvdan chiqib avval iqtisod demasdan, shu narsa hamma uchun aniq boldiki, biz birinchi navbatda siyosiy tizimni ozgartirishimiz kerak. Sababi siyosiy tizimni ozgartirmasdan, inson huquqlarini taminlamasdan insonning potensialini royobga chiqarib bolmaydi.Investitsiyalarni olib kelish uchun, kichik biznesni rivojlantirish uchun, ish orinlarini yaratish uchun, mamlakatimizni raqobatbardosh qilish uchun, birinchi navbatda, yangi qonunlar va davlat boshqaruvi tizimi zamonaviy korinishga ega bolishi kerak. Men oylaymanki, mana shu Ozbekiston rivojlanishining paradigmasini tashkil qiladi, deydi Sodiq Safoyev.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0