DTM jurnalist bergan savol uchun Gazeta.uz nashridan 200 mln som undirmoqchi. Huquqshunos bu holatni sharmandalik deb atadi

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev DTM matbuot anjumanida bergan savoli uchun jurnalistdan 200 million som undirmoqchiligi togrisidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Foto: Gazeta.uz4-dekabr kuni Gazeta.uzda maqola elon qilingan. Unda AOKAda talim sifatini oshirish, malaka talablariga muvofiq oqituvchilarni tanlash, oqitish usullarini takomillashtirishga bagishlangan matbuot anjumani otkazilgani bayon qilingan. Anjumanda 3-oktabr kuni Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimovning korsatmasi bilan DTM tegishli hokimliklar va vazirliklar bilan birgalikda Sirdaryo viloyatidagi maktab direktorlari, viloyat xalq talimi boshqarmasi hamda tuman (shahar) xalq talimi bolimi xodimlarining rahbarlik qobiliyati va boshqaruv mahorati, metodistlar va oqituvchilarning tegishli fan va davlat tili boyicha bilimlarini aniqlash maqsadida 715-oktabr kunlari test sinovlari otkazilgani aytilgan.Ushbu test natijalarida viloyatdagi 12261 nafar pedagog va maktab direktorlarining 66 foizi qoniqarsiz baho olgani malum qilingan.Matbuot anjumanida ishtirok etgan Gazeta.uz kolumnisti Komil Jalilov Xalq talimi vazirining birinchi orinbosari Alisher Umarovga ushbu testdan namunalar oqib eshittirib, ularning galiz tuzilgani oqituvchi va maktab direktorining yarmidan kopi test sinovlaridan ota olmaganiga sabab bolgan bolishi mumkinligini aytgan.Alisher Umarov esa test savollari DTM bazasidan, abituriyentlar universitetlarga kirish uchun topshiradigan testlardan olinganini, DTM esa bu testlarni maktab darsliklari asosida tuzishini bildirgan.DTM esa Gazeta.uz kolumnisti oqib eshittirgan testlar notogri va DTM bazasida yoqligini aytmoqda va nashrni yolgon malumot tarqatganlikda ayblab sudga berib, DTM obrosiga putur yetkazganligi uchun 200 million som manaviy zarar undirish niyatida.OAVni sudga berib bolmaydi, OAVni sudga bergan davlat tashkiloti tugatilsin demoqchi emasman. OAVni ham sudga berish mumkin va bu juda unaqa yomon ish emas. Telefon yoki boshqa yollar bilan bosim qilgandan kora bu ota demokratik yol. Kim haq bolsa, sudda yutib chiqsin, deydi voqeaga munosabat bildirgan huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.Uning aytishicha, davlat tashkiloti OAVni faqat ota favqulodda vaziyatlardagina sudga berishi kerak. Yani sudga berishga sabab bolgan holat ota ogir oqibatlarni keltirib chiqargan bolishi lozim. Qolgan vaziyatlarda shunchaki nashr bilan boglanib, raddiya berishni sorashi yoki oz rasmiy sahifalarida munosabat bildirishi kerak.Sud xarajatlari, uzoq davom etadigan sud jarayonlarida DTMdan qatnashadigan vakillarning ish haqi, transport xarajatlari va h.k. chiqimlarning ozi sudga berish foydadan kora zarar ekanligini anglatadi. Albatta, DTM bularni oylamaydi, chunki davlat budjetidan hamda abituriyentlardan olinadigan tolovlardan, yani xalq pulidan kun koradi, deydi u.Shuningdek, davlat tashkilotining OAVdan manaviy zarar sorashini-ku mutlaqo hazm qilib bolmaydi. Bu ota kulgili va sharmandali holat. Yana qaytaraman, ozi xalq pulidan kun korsanglar, yana xalqdan manaviy zarar undirishni talab qilishga uyalmaysizlarmi? DTM tijorat tashkiloti emas-ku, OAVda chiqqan xabar tufayli foydadan quruq qolgan bolsa.Xorijda davlat tashkilotlari OAVni sudga bersa (bunaqasi kam uchraydi), ramziy 1 dollar talab qiladi. Chunki davlat tashkilotining maqsadi sud orqali faqat haqiqatni aniqlashtirish boladi, xalqdan pul shilish emas.Agar davlat tashkilotining rahbari yoki biror vakilining shani va qadr-qimmati toptalgan bolsa, unda osha mansabdor tashkilot nomidan emas, oz nomidan sudga bersa hamda manaviy zarar talab qilsa, togri tushunish mumkin. Ammo rasman davlat tashkiloti nomidan OAVdan 200 million som talab qilsa, bu sharmandalik.Uyaling, Majit Karimov, uyaling..., degan Xushnudbek Xudoyberdiyev.Uning qoshimcha qilishicha, DTM bilan sudlashish boyicha kamtarona tajribasi bor. Ular otgan yili Kun.uz nashrini ham ota kulgili asoslar bilan sudga berishgan va 50 million som manaviy zarar sorashgandi. Oshanda sudda Kun.uz nomidan vakil bolib qatnashgandim. Sud yakuni boyicha DTM bir tiyin ham ololmagan, deya eslab otgan u.DTM direktoriga sudga berish togrisida kim aql orgatyapti bilmadim-u, lekin arzimagan vaj uchun OAV bilan sudlashib yurguncha oldingizda turgan minglab muammolarni hal qilsanglar bolmaydimi? Mana, 2019-yil tugadi, lekin haligacha kelgusi yilda qaysi yonalishda qaysi fanlardan savollar tushishi aniq emas.Yoki otgan yilgi testlarda telefon aloqasini tutadigan qurilmalar ishlagani yoq, abituriyentlar test payti bemalol internetda otirishdi. Sinash uchun ozim pavilyonlarga borib, tekshirib korganimda ham ichkarida telefonim ishlaganini yaxshi bilasizlar. OAV va jurnalistlar bilan sudlashguncha asosiy vazifalaringizni qilsangiz bolmaydimi?, deya oz munosabatini yakunlagan Xushnudbek.Huquqshunos oz fikrining songida Gazeta.uz hamda uning kolumnisti Komil Jalilovga sud jarayonlarida huquqshunos sifatida beminnat yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0