Moskvadagi Federal xavfsizlik xizmati binosiga hujum uyushtirgan erkakning shaxsi aniqlandi

19-dekabr kuni kechqurun Moskva shahridagi Lubyanskaya maydonida joylashgan FXX binosiga hujum yuz berdi. Foto: BazaDastlab binoga hujum qilganlar soni uch kishi ekanligi aytildi, keyinroq bir kishi hujum qilgani malum qilindi.Hujum chogida yuz bergan otishma oqibatida FXX xodimlaridan biri halok boldi, yana besh kishi yaralandi. Ulardan ikki nafarining jarohati ogir ekanligi aytilmoqda. Jabrlanuvchilardan biri mahalliy aholi vakili, uning jarohati unchalik ogir emas.Otishma Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ananaviy matbuot anjumanidan song yuz berdi. Osha paytda prezident FXX kuniga bagishlangan konsert dasturida, yani Kreml saroyida edi.Meduzaning xabar berishicha, ushbu hujumni 39 yoshli Yevgeniy Manyurov uyushtirgan. U Rossiya davlat adliya universitetida oqigan. Mutaxassisligi boyicha huquqshunos bolgan.U 19-dekabr kuni uydan chiqib ketayotganida onasiga oq otish boyicha musobaqaga ketayotganini aytgan. Onasining takidlashicha, songgi paytlarda Yevgeniy telefon orqali tez-tez qandaydir arablar bilan inglizcha gaplashib turgan. U BAA elchixonasida qorovul bolib ishlagan.Onasining sozlariga kora Yevgeniy bolaligida boks va qol jangiga qiziqqan, ichmagan, chekmagan, ingliz tilini yaxshi bilgan.Yevgeniy oq otish bilan professional darajada shugullangan. Tintuv paytida uning uyidan turli oqotar qurollar topilgan. Qurollarning hujjati ham bolgan.Qayd etilishicha, ushbu hujumga terakt sifatida baho berilmaydi. Rossiya tergov qomitasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimining hayotiga tajovuz qilish moddasi boyicha jinoyat ishi qozgatgan.Mavzuga doir:Moskvadagi Federal xavfsizlik xizmati binosi oldida otishma yuz berdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0