Oliy sudda 19 nafar ayolga nisbatan tayinlangan jazolar qisqartirildi

19-dekabr kuni Oliy sudda otkazilgan ochiq sud majlislarida jazoni otash muassasasida jazo otayotgan 19 nafar ayolning nazorat tartibida bergan shikoyat arizasi korib chiqildi, deb xabar beradi OzA. Foto: OzAOliy sud raisining orinbosari Ikrom Muslimov raisligida otgan ochiq sud majlislarida har bir ayolning nazorat tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil korib chiqildi. Mahkuma ayollarning jazoning asosiy qismini otagani, qilmishidan chin kongildan pushaymonligi, jazoni otash jarayonida ozini ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani etiborga olindi.Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini otagani, qilmishiga iqror va pushaymon bolgani, yoshi hamda Ozbekiston xotin-qizlar qomitasining kafolati xati inobatga olinib, 19 nafar ayolga nisbatan tayinlangan jazolar qonunda belgilangan tartibda qisqartirildi. Bu ayollar qisqartirilgan jazo muddatini otab bolgani sababli sud zalidan qamoqdan ozod etildi va oilasi bagriga qaytarildi. Foto: OzA Foto: OzAEslatib otamiz, 2018-yil 20-iyulda Ozbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qomitasi ortasida memorandum imzolangan. Memorandum doirasida joriy yilning otgan toqqiz oyida jazoni 148 nafar ayolga Xotin-qizlar qomitasi kafilligi asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazo tayinlangan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0