Dorilar narxini barqarorlashtiramiz

Biz aholini ijtimoiy ahamiyatga ega, yuqori samarali xavfsiz dori-darmon va tibbiy vositalar bilan arzon narxlarda taminlash, qalbakilashtirilgan va sifatsiz dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoyish tarafdorimiz. Nafaqat hayotiy zarur medikamentlar aylanmasi va sifati, balki chakana savdoga tushuvchi barcha dorilar ustidan qatiy davlat va jamoatchilik nazoratini ornatishni taklif qilamiz.Shu maqsadda biz dorilarning yagona elektron bazasini shakllantirishni va unda barcha dorilarning nomi, narxi, ishlab chiqaruvchisi va savdoga chiqaruvchisi, chet eldan keltirilgan dori-darmonlar uchun esa import qiluvchining malumotlarini korsatadigan elektron tizimni tatbiq qilamiz. Bu tizim bilan dorilarning narxini barqarorlashtiramiz va sifatini taminlaymiz. Biz, shuningdek, umumiy sogliqni saqlash xarajatlarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish uchun xarajatlar ulushini 9,6 foizdan 15 foizgacha oshirish choralarini koramiz.Tibbiy faoliyat ustidan davlat-sanitariya nazoratini kuchaytiramiz. Shuningdek, dorilarni shifokor retsepti asosida berilishini yolga qoyamiz hamda dorilar reklamasini cheklashga qaratilgan qonunlarni qabul qilish tashabbusi bilan chiqamiz.Biz uchun barqaror rivojlanishning yana bir muhim sharti, bu milliy farmatsevtika sanoatini qollab-quvvatlash sanaladi. Bu boradagi ustuvor vazifamiz farmatsevtika sanoatining tezkor rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish,farmatsevtikerkin iqtisodiy zonalarning ish samaradorligini oshirish, dorivor osimliklarning sanoat plantatsiyalarini yaratish va ularni chuqur qayta ishlashni tashkillashtirish, dori vositalari va biologik faol qoshimchalarni ishlab chiqarishni ragbatlantirishga yonaltirilgan.Biz sogliqni saqlash sohasining xususiy sektorini barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biri sifatida etirof etish bilan birga, sogliqni saqlashning davlat sektorini mustahkamlash, sohada yuqori malakali xorijiy mutaxassislar sonini oshirish va xorijiy investitsiyalarni kengaytirish, kadrlar malakasini oshirish va tayyorlashni samarali tizimini shakllantirish, tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirishga keng etibor qaratamiz. Kelgusi besh yillikda sogliqni saqlash boyicha davlat xarajatlarini umumiy davlat xarajatlariga nisbatan 15,4 foizdan 17 foizga hamda har 1000 kishiga xizmat korsatuvchi shifokorlar sonini 2,45 nafardan 5 nafarga, shifoxona muassasalari sonini esa 1135tadan1250tagaoshirish ushbu yonalishdagi asosiy vazifalarimiz hisoblanadi.Bizning ustuvor vazifamiz zamonaviy, yuqoritexnologiyali, samarali tez tibbiy yordam xizmatini shakllantirish choralarini korish. Biz shoshilinch tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligi xalqaro etirof etilgan talablarga mos bolishi, uni boshqarishning axborot tizimini joriy qilish vamoddiy-texnikabazasini mustahkamlash tarafdorimiz.Sogliqni saqlash boyicha islohotlarni davom ettirish va yuqori darajaga kotarish orqali bolalar olimi korsatkichini har 1000 nafar tugilgan chaqaloqqa 2017-yildagi 18tadan10tagacha, onalar olimikoeffitsentini(har 100 000 tirik tugilgan chaqaloqqa nisbatan) esa 19,7dan15tagachakamaytirish kelgusi besh yillikdagi muhim vazifamiz hisoblanadi.Aqlli tibbiyot tizimini shakllantirish, tibbiyot sohasiga zamonaviy AKTlarni keng joriy etish,aholini xavfsiz dori-darmon vositalari bilan taminlash, ushbu yonalishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish boyicha tasirchan qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish choralarini koramiz.Ozbekiston Adolat SDPmatbuot xizmatiReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0