AQSh Eronda namoyishlar bostirilishiga aloqador mansabdorlar uchun viza cheklovlarini joriy etdi

Vashington Eronda namoyishlarning bostirilishiga aloqador mahalliy mansabdorlar uchun viza cheklovlarini joriy etdi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. Foto: APEronda hukumatga qarshi aksiyalar noyabr oyida boshlangandi. Inson huquqlari himoyachilariga ko‘ra, ularda 300 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan.“Biz tinch namoyishchilarni ta’qib qilish, qo‘lga olish, o‘ldirishga javobgar yoki aloqador eronlik amaldagi va sobiq amaldorlarga nisbatan viza cheklovlarini kiritamiz”, — dedi Pompeo.Shuningdek, cheklovchi choralar eronliklar va qo‘sh fuqarolikka ega shaxslarga nisbatan ayblov hukmlari chiqargan eronlik ikki nafar sudyaga ham qo‘llandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0