Ozbekistonda yangi universitet tashkil etiladi

Ozbekistonda yangi universitet tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining muhokamaga joylashtirilgan TEAM universitetini tashkil etish togrisidagi qarori loyihasida aytiladi. Foto: Google ImagesHujjatda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Business School HUMO Campus masuliyati cheklangan jamiyatining TEAM universitetini tashkil etish togrisidagi taklifi maqullanishi mumkin.Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib belgilanadi: respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek, boshqa sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash; yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish; Ozbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar korxonalari xodimlarining malakasini oshirish, xorijning ilgor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish; talim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish. Business School HUMO Campus MChJ universitetda talim jarayonini tashkil etishga komaklashish boyicha Times Higher Education va/yoki Quacquarelli Symondsning TOP-1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlari bilan bitim tuzadi. Quyidagilar: universitetni Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi filiali bilan tashkil etish; Business School HUMO Campus MChJ tomonidan universitetni rivojlantirish rejalariga muvofiq respublikaning boshqa viloyatlarida universitetning filiallari tashkil etilishi mumkinligi tasdiqlanadi. Belgilab qoyilishicha: universitet masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy talim tashkiloti hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida bolgan pul mablaglari va mol-mulki bilan oz majburiyatlariga javob beradi; universitetda oquv-metodik rahbarlik va talim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda ham taminlanadi; universitetda talim jarayoni universitet tomonidan tasdiqlanadigan va xorijiy hamkorlarning oquv rejalari va dasturlariga muvofiq ingliz, ozbek va boshqa tillarda tashkil etiladi; universitetning talim faoliyati 20202021-oquv yilidan boshlanadi; universitet bitiruvchilariga Ozbekiston Respublikasida oliy malumot togrisidagi hujjat sifatida etirof etiladigan davlat va/yoki xorijiy hamkor namunasidagi diplom beriladi; davlat namunasidagi diplom berilgan taqdirda universitetda talim jarayoni Ozbekiston Respublikasining oliy talim davlat talim standartlari hisobga olingan holda xorijiy hamkorlarning oquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi; universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan otkazish tartibi va qoidalari universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda belgilanadi; universitetda talim raqamli texnologiyalar, masofaviy talim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-oqitish, blended learning va boshqa zamonaviy talim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki talim shaklida amalga oshiriladi; universitetda talim olish tolov-kontrakt asosida, shuningdek, yuridik shaxslarpotensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan talim grantlari, shuningdek, yoshlarni oqitish uchun ajratilgan xayriya mablaglari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar asosida amalga oshiriladi; bakalavriat talim yonalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari hamda tolov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bolgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda universitet tomonidan belgilanadi. Universitet Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik kochasi, 146-uy manzilida, uning Termiz shahridagi filiali esa Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Hakim at-Termiziy kochasi, 13-uy manzilida joylashgan Surxondaryo viloyati yuridik kolleji hududida tashkil etiladi.Universitetga kadrlarga bolgan talab va ehtiyojlarni hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda va chet ellik sheriklar bilan hamkorlikda yangi bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat beriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0