XPK moderatori 16-fevral va Andijon voqealari paytidagi senzura haqida gapirdi

Xalqaro press-klub bosh prodyuseri Gulomjon Samadov 19-dekabr kuni saylovlarni yoritish boyicha Xalqaro matbuot markazida bolib otgan tadbirda 1999-yilning 16-fevrali, 2004-yili Chorsu bozorida roy bergan hodisalar, 2005-yilgi Andijon voqealarini yodga oldi va osha paytdagi vaziyatni bugungi kun bilan solishtirdi, deb xabar beradi Kun.uz. Foto: Facebook / International Press ClubJurnalist sifatida biz 1999-yil voqealari, 2004-yildagi voqealar, 2005-yilgi Andijon voqealarini yoritganmiz. Bazida jim yoritganmiz, bazida yelka qisib qoyganmiz, xolos. Chunki Ozbekistonda bolayotgan voqea toki birinchi rahbarning fikri, kayfiyatiga va ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xulosasiga qaramasdan turib ommaviy axborot vositalarida berilmasdi. Berilsayam bir satr, bir jumla berilardi. Kimning esida bor, 2000-yillarning ortalarida TermizToshkent yonalishidagi samolyot halokatga uchragan, shu haqdayam bir sutkadan keyin qisqagina malumot berilgan, degan Gulom Samadov.Samadovning takidlashicha, jurnalistlarning jamiyatga qanchalik kerak ekanligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yolining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan fojiadan song ham bilingan. Uning aytishicha, hodisa OAV tomonidan juda faol yoritilgan.Osha soniyaning ozida saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda voqeaning tafsilotlari tarqaldi. UzReport telekanali voqea joyidan turib birinchi marta reportaj qildi. Jurnalistlarning u hududga kiritilish-kiritilmasligini boshqa masala. Buning ozining obyektiv-subyektiv sabablari bor. Butun dunyoda shunday, fojia joyiga jurnalistlar sutkalab kiritilmaydi. Lekin hukumat komissiyasi tezkorlik bilan tuzildi, OAVda har soatda bolayotgan ishlar haqida xabardor qilib borildi. Buyam juda katta yutuq, deydi Gulom Samadov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0