Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Umra ziyoratini ado etdi (video)

Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Umra ziyoratini bajardi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Sooronboy Jeenbekov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulazizning taklifiga binoan 15–17-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lgan.Tashrif doirasida Ar-Riyod qirollik saroyida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan rasmiy uchrashish marosim bo‘lib o‘tgan. Tomonlar tor va kengaytirilgan shaklda muzokaralar o‘tkazib, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan hamda muzakaralar so‘ngida bir qator birimlar imzolangan.Tashrifda davomida Sooronboy Jeenbekov Qirg‘izistonning Ar-Riyod shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etgan va Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshlari bilan uchrashgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0