Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiDavlat rahbari Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a’zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0