Qonli Rossiya. 19-dekabr Birinchi chechen urushi boshlangan kun

19-dekabr Birinchi chechen urushi boshlangan kun hisoblanadi. Rossiyaning yangi tarixidagi eng qonli epizodlar bolmish Chechen urushlari haligacha dunyoni dahshatga solib keladi. Daryo kolumnisti Nurbek Alimov bu urush sabablari va boshlanishi xususida soz yuritadi.Urush shabbodasiSSSRda Qayta qurish siyosati boshlanishi bilan, Sovet Ittifoqining turli respublikalarida, shu jumladan, Chechen-Ingushetiyada millatchilik harakatlari faollashdi. Shunday tashkilotlardan biri 1990-yilda asos solingan Chechen xalqining umumjahon kongressi (ChXUK) bolib, u oz oldiga Chechenistonni SSSR tarkibidan chiqarib, mustaqil chechen davlati yaratishni maqsad qilgan edi. ChXUKni Sovet harbiy-havo kuchlarining sobiq generali Johar Dudayev boshqargan. Foto: Wikipedia1991-yil 8-iyun kuni ChXUKning II sessiyasida Dudayev Checheniston Respublikasini (Noxchi-cho) elon qildi. Shu bilan respublikada Chechen-Ingush ASSR rahbari Doku Zavgayev va Johar Dudayevlar boshchiligidagi ikki tomonlama hokimiyat hukmronlik qila boshladi.1991-yil iyul oyida ChXUKning II kongressi Checheniston Respublikasi (Noxchi-Cho) RSFSR va SSSR tarkibidan chiqqanini elon qildi.1991-yil 1921-avgustda Moskvada bolgan voqealar paytida (Avgust tontarishi) Chechen-Ingush ASSR rahbariyati, bazi manbalarga kora, GKChPni qollab-quvvatlagan; boshqa manbalarga kora, Zavgayev Moskvadagi voqealarga aralashmagan. Bu vaziyatni baholab, 1991-yil 6-sentabrda Dudayev Rossiyani mustamlakachilik siyosatida ayblab, respublika davlat tuzilmalari tarqatib yuborilganini elon qildi. Xuddi shu kuni Dudayev tarafdorlari Oliy Kengash binosi, televizion markaz va Radio uyiga bostirib kirdi. 40 dan ortiq deputat kaltaklandi, Grozniy shahar kengashi raisi Vitaliy Kutsenko derazadan uloqtirilib oldirildi.1991-yil 27-oktabrda respublikada ayirmachilar nazorati ostida prezident va parlament saylovi bolib otdi. Dudayev respublika prezidenti etib saylandi. Dudayevning muxoliflari saylov natijalari soxtalashtirilganini elon qildi. 2-noyabrda RSFSR Xalq deputatlari V qurultoyida saylov noqonuniy deb elon qilindi. Keyinchalik xuddi shu fikrni Konstitutsiyaviy sud raisi V. D. Zorkin ham aytdi.Favqulodda holat1991-yil 7-noyabrda Rossiya prezidenti Boris Yelsin Chechen-Ingush Respublikasida favqulodda holat joriy etish togrisida qaror imzoladi.Prezident favqulodda holat joriy etish togrisidagi farmoni elon qilingandan song Dudayev tarafdorlari Ichki ishlar vazirligi, KGB binolari, harbiy qismlar, temir yol va havo yollarini tosib qoydi. Oxir-oqibat favqulodda holat bekor qilindi. 11-noyabr kuni Chechen-Ingush Respublikasida favqulodda holat joriy etish togrisidagi qaror majlisda qizgin muhokamadan song Rossiya parlamenti tomonidan maqullanmadi. Johar Dudayev.Foto: WikipediaChecheniston oppozitsiyasining yetakchilari Dudayevni mamlakat suverenitetining himoyachisi sifatida qollab-quvvatlashini bildirdi.SSSR parchalanib ketganidan keyin Dudayev Checheniston Rossiyadan butunlay chiqib ketishini elon qiladi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining harbiy qism va bolinmalari respublikadan chiqarilishi 1992-yil iyuniga qadar yakunlandi.Iyun oyida Rossiya mudofaa vaziri Pavel Grachyov dudayevchilarga respublikada mavjud qurol va oq-dorining yarmini topshirishni buyurdi. Uning sozlariga kora, bu zarur qadam edi, chunki topshirilgan qurolning katta qismini allaqachon dudayevchilar egallab olgan, askarlar va poyezdlar yetishmasligi tufayli qolgan qismini olishning ham imkoni bolmagan.Mustaqil ChechenistonDudayevchilarning Grozniydagi galabasi Chechen-Ingush ASSRning qulashiga olib keldi. Malgobek, Nazran va sobiq Chechen-Ingush Respublikasining va Sunjenskiy tumani Ingushetiya Respublikasini tashkil etdi. Qonuniy ravishda Chechen-Ingush Respublikasi 1993-yil 9-yanvarda faoliyatini toxtatdi. Checheniston va Ingushetiya ortasidagi aniq chegara 2018-yilgacha demarkatsiya qilinmadi.1992-yil noyabr oyida ingush-osetin mojarosi paytida rus qoshini Shimoliy Osetiyaning Prigorodniy tumaniga yuborildi. Shu sababli Moskva va Checheniston ortasidagi munosabat keskin yomonlashdi. Shu bilan birga, Rossiya oliy qomondonligi chechen muammosini kuch va zoravonlik bilan hal etishni taklif qildi, ammo keyin Yegor Gaydarning urinishlari bilan Chechenistonga qoshin kiritilishiga yol qoyilmadi. Foto: WikipediaNatijada Checheniston deyarli mustaqil bolib oldi, ammo qonuniy ravishda biror mamlakat uni mustaqil deb tan olmadi. Respublikaning davlat ramzlari bayrogi, gerbi va madhiyasi, vakolatli organlari prezidenti, parlamenti, hukumati va dunyoviy sudlari mavjud edi. Qurolli kuchlarni tashkil etish, milliy pul birligi naxara joriy etilishi rejalangandi. 12-martda qabul qilingan konstitutsiyada IChR (Ichkeriya Chechen Respublikasi) mustaqil dunyoviy davlat deb tariflangan, uning hukumati Rossiya bilan federal shartnoma imzolashdan bosh tortgan edi.19921993-yillarda Chechenistonda 600 dan ortiq qasddan qotillik sodir etildi. 1993-yil davomida Shimoliy Kavkaz temir yolining Grozniy filialida 11,5 milliard rubl qiymatidagi 4 ming vagon va konteynerlarni talon-toroj qilish bilan 559 poyezdga hujum qilindi. 1994-yilning sakkiz oyida 120 qurolli hujum uyushtirildi, natijada 1 156 vagon va 527 konteyner talon-toroj qilindi. Yoqotishlar 11 milliard rubldan oshdi. 19921994-yillarda qurolli hujumlar natijasida 26 temir yol ishchisi halok boldi. Mavjud vaziyat Rossiya hukumatini 1994-yil oktabridan Checheniston hududida harakatni toxtatish togrisida qaror qabul qilishga majbur etdi.Garovga olish va qul savdosi respublikada gullab-yashnadi 1992-yildan beri Chechenistonda 1 790 kishi ogirlandi va noqonuniy hibsga olindi. Bundan tashqari shu davr mobaynida chechen harbiy dala komandirlari Shamil Basayev va Salman Raduyevlar bir necha bor terroristik hujumlar uyushtirib, hattoki tugruqxonadagi ayollar va bolalarni ham garovga olgan epizodlar bolib otdi.Dudayev yakkahokim1993-yil bahorida IChRda Dudayev va parlament ortasidagi qarama-qarshiliklar keskin kuchaydi. 17-aprelda Dudayev parlament, konstitutsiyaviy sud va Ichki ishlar vazirligi tarqatib yuborilishini elon qildi. 4-iyunda qurollangan dudayevchilar, xususan, Shamil Basayev boshchiligida Grozniy shahar kengashi binosi tortib olib, unda parlament va konstitutsion sud majlislarini otkazdi; Shunday qilib, IChRda davlat tontarishi sodir boldi. Otgan yili qabul qilingan konstitutsiya ozgartirildi, respublikada Dudayevning shaxsiy hokimiyat rejimi ornatildi. Bu 1994-yil avgustgacha qonunchilik vakolatlari parlamentga qaytarilgunga qadar davom etdi.Urush ichidagi fuqarolar urushi1993-yil 4-iyunda davlat tontarishidan song Grozniydagi ayirmachi hukumat nazorat qilmaydigan Chechenistonning shimoliy hududlarida Dudayev rejimi bilan qurolli kurashni boshlagan aksildudayevchi muxolifat paydo boldi. Birinchi muxolifat tashkiloti Milliy najot qomitasi edi. Ular bir necha qurolli harakatni amalga oshirdi, ammo tez orada maglubiyatga uchrab, tarqalib ketdi.Uning orniga Checheniston hududida yagona qonuniy hokimiyatni elon qilgan Umar Avturxonov boshchiligidagi Checheniston Respublikasining muvaqqat kengashi (ChRMK) tayinlandi. ChRMK Rossiya hukumati tomonidan tan olindi. Moskva unga har tomonlama yordam korsatdi. Foto: Wikipedia1994-yil yozidan Chechenistonda Dudayevga sodiq qoshinlar va Muvaqqat kengashning Rossiya norasmiy qollab-quvvatlagan muxolif kuchlari ortasida harbiy harakatlar boshlandi. Dudayev otryadlari muxolifat boshqaradigan Nadterechniy va Urus-Martan tumanlarida hujumkor operatsiyalar otkazdi. Ikki tomon katta yoqotishlarga uchradi. Janglarda tanklar, artilleriya va minomyotlar ishlatildi.Tomonlarning kuchlari taxminan teng edi. Ularning hech biri bu kurashda ustun kela olmadi.26-noyabr kuni muxolifat uchinchi marotaba Grozniyga bostirib kirdi. Shu bilan birga, Dudayev tarafdorlari federal kontrrazvedka xizmati bilan shartnoma asosida muxolifat tomonida jang qilgan bir qator rus harbiy xizmatchilarini qolga oldi.Dekabr ortalarida Rossiya federal qoshinlari Grozniy atroflarini oqqa tuta boshladi. 19-dekabrda shahar markaziga birinchi bomba zarbasi berildi. Shu bilan Birinchi chechen urushi boshlanib ketdi.UrushGrozniy janub tomondan himoyasiz qolishiga qaramay, shaharga hujum 1994-yil 31-dekabrda boshlandi. Kocha janglarida ota himoyasiz bolgan 250 ga yaqin Rossiya qurolli kuchlarining zirhli mashinalari shaharga kirdi. Rus harbiy kuchlari safidagi askarlar yaxshi oqitilmagan, turli bolinmalar ortasida ozaro hamkorlik va muvofiqlashtirish yolga qoyilmagan edi. Askarlar jangovar tajribaga ega emas edi. Rossiya qoshinida cheklangan miqdorda shaharning 70-yillardagi eski rejalari va aviasuratlari bor edi xolos. Aloqa vositalari yopiq aloqa uskunalari bilan jihozlanmagani, dushmanga ozaro xabarlarni eshitib turishga imkon berdi. Qoshinlarga faqat sanoat binolarini egallash, maydonlarni va fuqarolar uylariga bostirib kirish mumkin emasligi buyurildi.Garbiy kuchlar guruhi sharqda toxtab, qarshilikka uchrab, orqaga chekindi. 1995-yil 2-yanvargacha hech qanday chora korilmadi. General Pulikovskiy qomondonligi ostidagi 131-motooqchi brigadaning 1 va 2-batalyonlari (300 dan ortiq odam) shimoliy yonalishda, 81-motooqchi polk batalyoni va tank rotasi temir yol stantsiyasiga va prezident saroyiga yetib keldi. Federal kuchlar chechenlar tomonidan qurshovga olindi rasmiy malumotlarga kora, 131-brigadaning yoqotishlari 85 kishi bolgan, 72 kishi bedarak yoqolgan. 20 ta tank yoq qilingan, brigada komandiri polkovnik I. A. Savin oldirilgan, 100 dan ortiq askar asir olingan. 81-kuchaytirilgan gvardiya batalyoni ham katta yoqotishlarga duch keldi 1-yanvar holatiga kora bu batalyonda boshlangich askarlar sonining 30 foizi qolgan edi xolos. Foto: WikipediaGeneral Roxlin qomondonligi ostidagi shimoli-sharqiy guruh separatistik bolinmalar bilan janglarda maglubiyatga uchradi. Shunga qaramay, Roxlin chekinish togrisida buyruq bermadi.1995-yil 7-yanvarda Shimoli-sharq va Shimol guruhlari general Roxlin qomondonligi ostida birlashdi, Ivan Babichev esa Garb guruhning qomondoni boldi.Rossiya armiyasi taktikani ozgartirdi endi zirhli transport vositalarini ommaviy ishlatish orniga, ular artilleriya va samolyotlar tomonidan qollab-quvvatlanadigan manyovrli desant guruhlaridan foydalana boshladi. Grozniy kochalarida shafqatsiz janglar bolib otdi.Ikki guruh prezident saroyi tomon siljib, 9-yanvarga qadar Neft instituti va Grozniy aeroportini egallab oldi. 19-yanvarga kelib bu guruhlar Grozniy markazida yigilib, prezident saroyini ishgol etdi. Chechen ayirmachi bolinmalari Sunja daryosining narigi tomoniga qarab chekindi va Minutka maydonida mudofaaga kirishdi. Muvaffaqiyatli hujumga qaramay, rus harbiylari shaharning atigi uchdan bir qismini nazorat qilar edi xolos.Fevral oyi boshiga kelib rus harbiylari soni 70 ming kishiga yetkazildi. Birlashgan qoshinning yangi qomondoni general Anatoliy Kulikov edi.Janub guruhi 1995-yil 3-fevralda tuzildi. U Grozniy shahrini janubdan tosib qoyish rejasini amalga oshira boshladi. 9-fevralga kelib rus qoshinlari Rostov Boku federal magistralining chegarasigacha yetib bordi.Sulh va yakun13-fevral kuni Ingushetiyaning Slepsovskaya qishlogida Rossiya qoshinlari komandiri Anatoliy Kulikov va IChR qurolli kuchlari bosh shtabi boshligi Aslan Masxadov ortasida vaqtincha sulh tuzish togrisida muzokara bolib otdi. Tomonlar harbiy asirlar royxatini almashadi. Ikkala tomonga ham shahar kochalarida olik va yaradorlarni olib ketish imkoniyati berildi. Biroq sulh ikki tomondan ham buzildi.20-fevralda shaharda (ayniqsa janubiy qismida) kocha janglari davom etdi. Qollab-quvvatlashdan mahrum bolgan chechen qoshinlari asta-sekin shahardan chiqib keta boshladi.Nihoyat, 1995-yil 6-martda Checheniston harbiy dala qomondoni Shamil Basayevning jangarilar otryadi Grozniyning ayirmachilar nazoratidagi songgi tumani bolmish Chernorechyedan chekindi va shahar Rossiya qurolli kuchlari nazorati ostiga otdi.Grozniyda Salambek Xajiyev va Umar Avturxonov boshchiligidagi rossiyaparast mamuriyat tuzildi.Bu vaqtga kelib shaharning katta qismi xarobaga aylanib ulgurgan edi.NatijaUrush Xasavyurt bitimi imzolanishi va rus qoshini olib chiqilishi bilan yakun topdi. Checheniston yana amalda mustaqil boldi, ammo de-yure dunyoning biror mamlakati buni tan olmadi.Buzilgan uylar va qishloqlar tiklanmadi, iqtisodiyot jinoiy yollar bilan ishladi. Sobiq deputat Konstantin Borovoyning sozlariga kora, Birinchi chechen urushi paytida Mudofaa vazirligining qurilish shartnomalari boyicha pora summasi shartnoma miqdorining 80 foizigacha yetdi. Etnik tozalash va janglar tufayli Chechenistonning chechen millatiga mansub bolmagan aholisi mamlakatni tark etdi yoki oldirildi. Foto: WikipediaRossiya qoshini shtab-kvartirasi harbiy harakatlar tugaganidan keyin elon qilgan malumotlariga kora, urush oqibatida Rossiya qurolli kuchlarining yoqotishlari quyidagicha: 4 103 kishi olgan, 1 231 kishi bedarak yoqolgan va asirga olingan, 19 794 kishi yaralangan. General-polkovnik G. F. Krivosheyev boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchilar toplagan yangi malumotlarga kora federal kuchlarning yoqotishlari: 5 042 olgan, 690 kishi bedarak yoqolgan, 17 892 kishi yaralangan. Askar onalari qomitasi malumotiga kora, urushda kamida 14 ming kishi halok bolgan. Shuni yodda tutish kerakki, Askar onalari malumotlarida shartnoma boyicha xizmatchilar va maxsus bolinmalarning harbiy xizmatchilarining yoqotishlari hisobga olinmagan, unga faqat armiyaga yangi chaqiriluvchilarning yoqotishlari kiritilgan.Rossiya malumotlariga kora, jangarilarning yoqotishlari 17 391 kishini tashkil qildi. Chechen bolinmalari shtab boshligi (keyinchalik IChR prezidenti) Aslan Masxadovning sozlariga kora, chechenlar tomonidan 3 mingga yaqin odam halok bolgan. Memorial inson huquqlarini himoya qilish tashkilotiga kora, jangarilarning yoqotishlari 2 700 kishidan oshmaydi, tinch aholi qurbonlari soni esa 50 ming kishiga yetadi.Bu bilan Chechenistonda urush tugamadi. Keyinchalik respublikada boshlangan inqiroz va vahhobiylik oqimining osishi kelajakda Dogiston bosib olinishiga, Ikkinchi chechen urushi boshlanishiga olib keldi. Bu endi boshqa mavzu...Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini aks ettiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0