Ichki ishlar vaziri orinbosari: Uzogi bilan 2021-yilgacha propiska masalasi hal etiladi

2021-yilga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy va vaqtinchalik propiska qoyish tartibida jiddiy ozgarishlar bolishi kutilmoqda. Bu haqda Ozbekiston Ichki ishlar vaziri orinbosari Doniyor Toshxojayev va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligi Ulugbek Muhamedov Kun.uz nashriga bergan intervyusida aytib otgan. Foto: Gazeta.uzJurnalist tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiskaga qoyish masalasi Sobiq ittifoqdan qolgan tizim ekanligi, tarmoqlarda fuqarolar bundan norozi ekanligi togrisidagi savolga IIV orinbosari Doniyor Toshxojayev ushbu masala ustida ish olib borilayotganini bildirgan. Bu masalani bir kunni ozida hal qilishni ozi notogri bolishini, masala uzoq tahlillarni talab qilishini qayd etgan.Bugungi kunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska masalasi avvalo qonun bilan tartibga solingan. Bu qonunni tartibga solish esa organishlarga asoslangan. Aytib otganingizdek, bu masalada murojaatlar juda kop.Nima uchun Toshkent shahriga propiska yopiq? Biroz izoh bermoqchiman. Propiska yopiq, degan ibora sal noorin, deb hisoblayman. Sababi qonun bilan tartibga solingan 12 ta modda bor. Unga kora kimlar propiskaga otishi belgilab berilgan.Prezidentning 2018-yil 26-dekabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Ozbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi 4079-sonli qarori bilan 2021-yildan respublika hududida personallashtirilgan ID kartalar joriy qilinadi.Hozirda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari organilmoqda. ID kartalarni kiritish chogida propiska masalasini ham soddalashtirish rejalashtirilmoqda, deydi Ulugbek Muhamedov.Doniyor Toshxojayevning takidlashicha, bu masala hozirda Xalq talimi, Sogliqni saqlash, Maktabgacha talim va boshqa vazirliklar bilan ushbu masala organilmoqda. Vazir orinbosarining sozlariga kora propiska ochilsa, millionlab fuqaro Toshkentga keladi va tabiiyki, davlat osha fuqarolari oldidagi majburiyatlarini bajarishi kerak boladi. Yani maktab oquvchilari maktabga, bogcha yoshidagilar bogchaga joylashishi, fuqarolar ishga joylashishi, tibbiy va boshqa xizmatlardan foydalanishi kerak. Vazirliklar esa bu borada imkoniyatlarni organmoqda.Vazir orinbosari bu organishlarning yakuniy muddatini aniq ayta olmadi, lekin eng uzogi 2021-yilgacha, yani ID kartalarga otish paytida bu masala hal bolgan bolishini bildirdi.Savolni aniq berdingiz, propiska tizimi qachon bekor qilinadi? Shu orinda bir narsani eslatib otmoqchiman, bizga propiska tizimini bekor qilish masalasi qoyilgan, lekin qayd qilish masalasi bor. Barcha vazirliklar imkoniyati organib chiqilgach, ID kartalar orqali fuqarolarga yengillik yaratiladi. Bu tizim orqali propiska tizimini tola yoqotish nazarda tutilgan, deydi Ulugbek Muhamedov.Mavzuga doir:Pasportni propiskadan qati nazar istalgan hududdan olish tartibi joriy etilishi mumkinAvvalroq Ozbekiston ekologik partiyasi vakili Ulugbek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning oz hududidagiinspektor royxatidan otishinitaklif qilgan va bu taklifi uchun turli tanqidlarga uchragan edi.Oliy Majlis deputati esa propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilishni taklif qilgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0