Foto: Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyevaning Yaponiya imperatori bilan uchrashuvi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi. “Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston—Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.Shavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, “Reyva” deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta’kidladi.Prezident matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazilgan, shuningdek, ular birgalikda suratga ham tushgan. Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0