Ozbekiston va Ukraina ozaro hamkorlikni yana rivojlantirishga kirishdi

19-dekabr kuni Ozbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Ilhom Nematov Toshkentga ishchi tashrif bilan kelgan Ukrainaning Iqtisodiy rivojlanish, savdo va qishloq xojaligi vazirining orinbosari Taras Kachka bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligiTomonlar Ozbekiston va Ukraina ortasida barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.Takidlanishicha, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida etibor qaratilgan. 2019-yilning yanvarnoyabr oylarida ikki mamlakat ortasidagi savdo aylanmasi 348,7 million dollarni tashkil etgan.Tomonlar hamkorlikni kengaytirishga, jumladan, biznes va iqtisodiy tuzilmalar ortasida ozaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.Suhbat chogida turizm, madaniy va gumanitar sohalardagi aloqalarni faollashtirish, xususan, Ozbekiston va Ukraina tibbiy talim muassasalari ortasida togridan-togri aloqalarni ornatish boyicha takliflar korib chiqildi.Mavzuga doir:Ozbekiston Ukraina bozoriga kokat yetkazib berish boyicha yetakchiga aylandiEslatib otamiz, 2018-yilda Ozbekiston va Ukraina savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boyicha OzbekistonUkraina hukumatlararo komissiyasining majlisini yilning uchinchi choragida tashkil etishga kelishib olgandi. Biroq uchrashuv amalga oshmagan edi. Hukumatlararo komissiyaning bundan oldingi yigilishi 2007-yili Kiyevda bolib otgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0